Manbashunoslik


«Mujmal at-tavorix va qisas»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

4.4.4. «Mujmal at-tavorix va qisas»
Muallifi nom a’lum bo'lgan “ Mujmal at-tavorix va qisas” (“Tarixlar va 
qissalar majmuasi”) nomli bu asar ixcham tarzda yozilgan umumiy tarixga
168


oiddir. Unda qadim zamonlardan (islomiyatdan awal o'tgan Eron podshohlari 
zamonidan to o'g'uzlar tarafidan Sulton Sanjarning asir olinishi (1153) va 
Nishopurning vayron etilishigacha bo'lgan davr ichida Eronda va qisman 
O'zbekistonda yuz beigan ijtimoiy-siyosiy voqealar hikoya qilinadi.
Asar 1153-yildan keyin yaratilgan. Kitobning ilmiy qimmati shundaki, 
unda turkiy xalqlar, ularning kelib chiqishi haqidagi rivoyatlar, turklaming 
vatanlaridan biri lssiqko‘1 haqida boshqa m anbalarda uchramaydigan 
m a ’lum otlar keitirilgan.
“ Mujmal at-tavorix va qisas”ning yagona qo'lyozm a nusxasi Parij 
Milliy kutubxonasining qadimiy forsiy kitoblar fondida, 62-raqam ostida 
saqlanmoqda. U ning matni 1939-yilda eronlik Malik ush-shuaro Bahor 
tom onida n chop etilgan.
4. 4.5. «Zayn al-axbor»
“Zayn al-axbor” ( “Tarixlar bezagi” ) nomli kitob muallifi XI asrning 
yirik tarixchisi Gardiziydir. Uning to'la ismi Abu Said Abulhay ibn Zahhok 
ibn M ahm ud Gardiziy, G'a zniga (Afg'oniston) tobe bo'lgan va uning 
sharqiy tarafida joylashgan Gardiz qishlog'ida tug'ilgan. U o'z zamonidayoq 
shuhrat topgan olimdir. Bu esa uning “Zayn al-axbor” nomli asari tufayli 
b o 'l d i . K ito b 10 4 9 — 1 0 5 0 -y illa r o r a s id a y o z ib t a m o m l a n g a n va 
G'aznaviylardan Sulton Abdurashidga (1049—1053) taqdim etilgan.
“ Zayn a l-a xbor” , asosan qadim za m onla rdan (islomiyatdan aw al 
o'tgan qadimgi Eron podshohlari zam onidan) to 1041-yilgacha, y a ’ni 
G'aznaviylardan Sulton Mavdud (1041 — 1050) bilan Sulton M u h am m ad
(1030—1031, ikkinchi m arta 1041) o'rtasida, y a ’ni 1041 -yili Dinovarda 
bo'lgan urushgacha Xurosonda bo'lib o'tgan voqealar haqida hikoya qiladi. 
Asarda ayniqsa Xurosonning arab istilosidan 1041-yilgacha bo'lgan tarixi 
boshqa asarlarga nisbatan kengroq yoritilgan.
Gardiziy ushbu asarini yozishda as-Sallomiyning “ Kitob fi axbor vuloti 
X uroson” , al-Jayhoniyning “Ajoyib al-buldon” , shuningdek ibn Muqaffa, 
ibn Xalliqonning asarlaridan ham foydalangan.
“ Zayn al-axbor” rumliklarning madaniyati (dar m a ’rifati rumiyon), 
turli xalqlarning diniy marosimlari va yil hisoblari, M ovarounnahrning 
turkiy aholisi va Hindiston haqida, degan boblardan iborat. Asarning 
turli xalqlarning (m usulm on, yahudiylar, xristian va boshqalarning) diniy 
marosimlari va yil hisoblari ham da Hindiston haqidagi boblari Abu 
Rayhon Beruniy asarlari, O 'rta Osiyo va O'zbekistonning turkiy aholisi 
haqidagi bobi esa qisman ibn Xurdodbeh, Jayhoniy va Ibn Muqaffa 
asarlariga tayanib yozilgan.
169


Gardiziyning “Zayn al-axbor” asari Xuroson va M ovarounnahrning 
arablar istilosidan to XI asrning o ‘rtaiarigacha b o ‘lgan siyosiy tarixini 
0
‘rganishda muhim o ‘rin tutadi.
“Zayn al-axbor” asarining forscha matni eronlik Mirzo M uham m ad 
Qazviniy 1937-yili, M uh am m ad Nozim 1928-yili ham da Said Nafisiy 
tom onidan 1954-yili chop etilgan edi. 1969-yili T ehronda asarning t o ‘la 
nashri amalga oshirildi. Uning turkiy xalqlar haqidagi bobi rus tilida 
V.V.Bartold tom onidan 1900-yili nashr qilingan.
Kitobning 0 ‘zbekistonga a loqador qismi A.K.A rends to m o n id a n
ruschaga qilingan tarjimasi 1991 -yili L.M.Epifanova tom onidan nashrga 
tayyorlanib, Toshkentda chop etildi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling