Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

4.4.3. «Chor maqola»
“ C h o r m aqola” nomi bilan m ashhur bo'lgan bu qiziqarli asar muallifi 
Nizomiy Aruziy Samarqandiydir. Uning o 'z ismi Najm uddin Ahmad 
ibn U m a r ibn Ali bo'lib, asli samarqandlikdir. Otasi bir vaqtlar Saljuqiy 
Alp Arslon xizmatida bo'lgan. Bo'lg'usi olim IX asrning 90-yillarida 
tu g 'ilg a n , 1116—1 1 19-yillari S u lto n S a n ja r (1 118—1157) saroyida 
Nishopurda hayot kechirdi, so'ngra G u r va Bomiyonda (Afg'onistonning 
m arkaziy qism ida joylashgan viloyatlar) hukm surgan Shansabiylar 
xizmatiga kirdi va umrining oxirigacha o'sha yerda yashadi.
167


“ C h o r m aqola” ilmiy, etik-didaktik mavzuda yozilgan asar b o ‘lib, 
“ M ajm a’ ul-g‘aroyib” ( “Ajoyibotlar m ajmuasi”) nomi bilan ham ataladi. 
Asar 1156— 1157-yillarda bitilgan bo'lib, to 'rt qism dan iborat:
Dabir (kotib)lar va dabirlik haqida;
S h e’riyat ilmi va shoirlarning qadr-qimm ati haqida;
Sayyoralar haqidagi ilm va munajjimlik haqida;
Tibb (meditsina) va tabiblik xususida.
Birinchi qismda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar o ‘rtasidagi 1141- 
yilning 9-sentabrida Samarqand atrofida bo'lgan urush, Qoraxitoylar bilan 
Xorazm, shuningdek, Sulton M ahm ud G 'aznaviy bilan M ovarounnahr 
hukmdori Qoraxoniy Bug'raxon M u h am m ad (1033— 1056-yillar atrofida 
vafot etgan) o'rtasidagi siyosiy munosabatlar, qoraxitoylar istilosi arafasida 
Buxoro sadrlarining u m u m iy ahvoli h a q id a qisqa, lekin q im m a tli 
m a ’lum otlar keltirilgan.
“ C h o r m aqola” ning ikkinchi qismida ham m uhim m a ’lumotlarni 
uchratam iz. M ashhur forsiyzabon shoirlar Rudakiy (taxm .8 6 0 -9 4 1 ) , 
Farruhiy (1038-yili vafot etgan), Firdavsiy (taxminan 940— 1020— 1030- 
yillar orasi)larning hayotiga oid, shuningdek, Bodhizning tabiiy sharoiti, 
masalan u yerda bo'lgan 1000 ga yaqin koriz, uzum ning 120 ta navi, 
Qoraxoniylar davrida M ovarounnahrning adabiy va madaniy hayotiga 
oid axborotlar shular jumlasidandir.
Uchinchi qismda Abu Rayhon Beruniy va U m a r Hayyomning (taxm. 
1048—1123) hayoti (Nizomiy Aruziy Samarqandiy u bilan yaqindan tanish 
bo'lgan) bilan bog'liq m a ’lum otlar berilgan.
To'rtinchi qismda o'zbekistonlik buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn 
Sinoning (980—1037) Buxoro va Xorazmdagi ilmiy faoliyati bilan bog'liq 
m a ’lumotlarni uchratamiz.
Xullas, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning ushbu asari O'zbekiston- 
ning X—XI asrlardagi ijtimoiy-siyosiy va m adaniy hayotini o'rganishda 
m uhim ahamiyatga ega bo'lgan m anbalardan biri hisoblanadi.
“ C h o r m aqola”ning forsiy matni 1910 va 1955— 1957-yillarda eronlik 
sharqshunos olimlar Mirzo M uham m ad Qazviniy ham da M uham m ad 
M u ’in tom onidan chop qilingan. Asar ingliz tiliga 1921 -yili va 1963-yili 
rus tiliga tarjima qilingan. Sharqshunos M ah m u d Hasaniy uni o'z bek 
tiliga tarjima qilib chop ettirgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling