Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

4.4 .1 2 . «Tarixi guzida»
“Tarixi guzida” (“ Saylangan tarix”) asari muallifi Hamdulloh Qazviniy 
bo'lib, u X III asrso'nggi choragi va XIV asrning birinchi yarmida yashab 
o'tgan yirik geograf va tarixshunos olimdir. U ning to'liq ismi Hamdulloh 
ibn Abubakr ibn Ahmad ibn Nasr Mustavfiy Qazviniy bo'lib, kelib chiqishi
179


b o 'y ic h a arab va 1281-yili E ro n O zarbayjonining Qazvin sh ah rid a 
tug‘ilgan.
Hamdulloh Qazviniy Rashiduddin davrida Qazvin, Abhar va Zanjon 
viloyatlarining moliya ishlarini boshqargan. Rashiduddin qatl etilgandan 
so‘ng, uning o'g'li G ‘iyosuddin M uham m ad (1327— 1336-yillarda Elxoniy 
Abu Sa’idning vaziri b o ‘lgan)ning xizmatida bo'lgan. Tarixchi 1350-yili 
vafot etgan.
Hamdulloh Qazviniy “ Z afarnom a” , “Tarixi guzida” ham da “ N uzhat 
ul-qulub” nomli asarlar muallifidir.
“Tarixi guzida” umumiy tarix y o ‘nalishida yozilgan asar b o ‘lib, unda 
qadim zam onlardan to 1330-yilgacha Eron va qisman, 0 ‘rta Osiyoda 
bo'lib o ‘tgan voqealar bayon etilgan. Hamdulloh Qazviniy vafotidan keyin 
o'g'li Zaynuddin tom onida n asar davom ettirilgan va unga 1392-yilgacha 
E ronda b o i i b o ‘tgan voqealar qo'shilgan. Kitobning asosiy qismi hoji 
G 'iyosuddin M uham m adga bag'ishlangan. Asar m uqaddim a-fotiha va 
olti bobdan iborat: 1) Payg‘am barlar va avliyolar; 2) islomiyatdan avval 
o ‘tgan Eron podshohlari; 3) M uham m ad Payg‘ambar, xalifayi roshidin, 
umaviylar va Abbosiylar tarixi; 4) Abbosiylar davrida Eron, Afg‘oniston 
va 0 ‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan Safforiylar, Somoniylar, G'aznaviylar, 
G ‘uriylar, Daylamiylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, m o ‘g‘ullarva boshqa 
sulolalar tarixi; 5) Islomiyat davrida o ‘tgan shayxlar, olimlar va shoirlar; 
6) Qazvin shahrining tarixi.
“Tarixi guzida” Eron, 0 ‘rta Osiyo ham da 0 ‘zbekistonning X II I— 
XIV asrning birinchi yarmidagi tarixini o'rganishda muhim ahamiyat 
kasb etadi.
1910-yili ingliz sharqshunosi E.Braun tom onidan matn va qisqartirilgan 
inglizcha tarjimasi hamda 1960-yili Abdulhusayn Navoiy asar matnini 
nashr qilgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling