Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

5 .2 .8 . «Vaqoyi’»
“Vaqoyi” ’ («Voqealar») Zahiriddin M u h a m m a d B obum ing jahonga 
“ B oburnom a” nomi bilan m ashhur bo'lgan shoh asarining asl nomidir. 
M uallif asarda o'z ining o 'n ikki yoshida F arg'ona viloyati podshohi, deb 
ko'tarilgan vaqtidan boshlab, hayotining oxiriga q adar b o'lib o 'tg an
voqealarni yilma-yil bayon qilgan. D unyoda mavjud asarning barcha 
q o 'ly o z m a la rid a bir n ec h a yil, xususan 1509—1518, 1521 — 1524-yil 
voqealari bayoni tushib qolgan.
Bobur F arg'ona viloyati hokimi Tem uriy U m a r Shayx Mirzoning 
(1461 — 1494) to 'n g 'ic h o'g'li, 1483-yilning 14-fevralida Andijon shahrida 
tug'ilgan. U 1494-yilning 5-iyunida, hijriy hisobda o 'n ikki yoshida halok 
bo'lgan otasi o 'm ig a Farg'ona taxtiga o'tqaziladi. Lekin oradan k o'p 
vaqt o'tm ay, mamlakatda avj olgan o'zaro kurash natijasida mag'lubiyatga 
uchrab, Farg'onani tashlab chiqishga majbur bo'ladi.
Uning 1497— 1500-yiIlarda Sam arqand taxti uchun olib borgan kurashi 
ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Bobur 1504-yilga q adar Farg'ona va S am arqand uchun kurashdi, 
a m m o T e m u riy la r o 'z a r o birlasha olm a d ila r. N a tija d a , u tajribali 
Shayboniyxon bilan bo'lgan janglarda mag'lubiyatga uchrab, o 'z yurtini 
tark etib, om ad va baxt izlab Kobulga yo'l oldi. Kobulni egallagan Bobur 
o 'z mavqeini asta-sekin m ustahkam lab bordi.
1511-yilning kuzida Bobur Ozarbayjon va Eron podshohi Shoh Ismoil 
Safaviyning (1502—1524) harbiy yo rd a m ig a tayanib, S a m a rq a n d n i 
uchinchi bor egallashga muvatTaq bo'ldi. A m m o, uning o 'z xalqi e ’tiqodi
sunniy mazhabni inkor etib, kishilarga shialar kiyimida ko'rinishi, 
aholini undan ixlosini qaytardi. Bu safargi Boburning bobo meros poytaxt 
Samarqanddagi hukmronligi bir yilga ham yetmadi.
1512-yilning bahorida Ko'li Malik (Xayrobod bilan Qorako'l orasida 
joylashgan mavze’) degan joyda bo'lib o 'tgan jangda Shayboniylardan 
U b a y d u i l a x o n , M u h a m m a d T e m u r S u l t o n , J o n i b c k S u l t o n va 
boshqalarning birlashgan kuchlari uning qo'shinlarini to r-m o r kcltirdi.
Bobur Hisori shodm on tom onga chekindi va qariyb ikki yil mobaynida 
o 'sha viloyatda kun kechirdi va 1514-yili yana Kobulga qaytdi.
U 1514— 1525-yillar orasida Shimoliy Hindistonga, uni bo'ysundirish 
maqsadida besh marta qo'shin tortadi, lekin faqat so'nggi yurishi (1525) 
natijasida boy va ulkan mamlakatni egalladi. Bobur tarixda yangi saltanatga
191


asos soldi. Uning davlati g ‘arbda yanglish Buyuk m o'g'ullar nomi bilan 
m ashhur b o ‘lib ketgan, aslida esa bu Hindistondagi Tem uriylar yoki 
Boburiylar davlatidir.
Bobur 1530-yilning 26-dekabrida Hindistondagi povtaxt Agra shahrida 
vafot etdi. A m m o uning vasiyatiga k o ‘ra, keyineha uning xoki Kobul 
shahridagi o ‘zi asos solib obod qilgan bog'ga k o ‘mildi. Uning qabr toshi 
k e y in e h a chevarasi N u r i d d i n M u h a m m a d J a h o n g i r (1 6 0 5 —1627) 
tom onidan o ‘rnatilgan.
Bobur iste’dodli qalam sohibi sifatida ikki devon — she’rlar majmuasi, aruz 
ilmiga oid risola, islom qonunshunosligi masalalariga bag'ishlangan “Mubayyin” 
nomli masnaviysi, Ubaydulla Xoja Ahroming “Volidiya” risolasining turkiy 
taijimasi, musiqa va harbiy ishga oid risolalari muallifi, maxsus yangi alifbo 
“Xatti Boburiy” ixtirochisi hamda “Vaqoyi”’ asarining ijodkoridir.
“Vaqoyi” ’ metnuar-xotira tipidagi asar b o ‘lib, o'zining bayon uslubi 
bilan “T e m u r tu z u k la r i” ni eslatadi. K ito b d a F a rg 'o n a , T o s h k e n t, 
Samarqand, Hisori shodm on, C hag'oniyon, Kobul, Xuroson poytaxti 
Hirot hamda Shimoliy Hindistonning XV asr ikkinchi yarmi va XVI asr 
birinchi o'ttiz yilligidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli batafsil yoritilgan. Asar 
mazmunini shartli uch qismga bo'lish mumkin:
1. Farg'ona va M ovarounnahr voqealari davri (1494—1504);
2. Kobul va Xuroson voqealari davri (1504—1525);
3. Hindiston voqealari davri (1525—1530).
Siyosiy voqealar bayonidan tashqari, asar geografik ham da etnografik 
m a ’lum o tlarg a boy. U n d a n F a r g 'o n a n i n g t u r k - m o ‘g ‘ul qabilalari, 
ko'chm anchi o'z beklar qo'shini tuzilishi, M ovarounnahr, Xuroson va 
Hindiston xalqlarining urf-odatlari, hayvonoti, nabototi, parrandalari va 
boshqalar to'g'risida tafsilotlar ham o 'rin olgan.
“Vaqoyi” ’ asari asl matni uch marta, birinchi marta 1857-yili Qozonda 
N.I.Ilminskiy tom onidan Buxoro qo'lyozmasi va ikki marta 1905 va 
1970-yillari Angliyaning poytaxti L ondon shahrida A.Beverij xonim 
tom onidan Haydarobod qo'lyozmasi asosida chop qilingan edi.
1995— 
1996-yilIari yapon olimi Eyji M anu “Vaqoyi” ’ asari matnini 
to'rtta turkiy va uchta forsiy qo'lyozmalari asosida tuzib, unga mukammal 
ko'rsatkichlarni alohida jild sifatida ilova qildi. Bu tadqiqotchi keyineha 
yapon tilida tarjima va ko'rsatkichlarni ikki jildda chop etdi.
Kirill-rus alifbosida 1948— 1949-yillari ikki jildda S.M irzayev va 
P.Shamsiyev tom onidan birinchi bor va 1960-yili bir jild sifatida chop 
qilingan edi. M. Salye tom onidan rus tiliga tarjima qiiinib, 1958, 1993- 
yillari Toshkentda bosib chiqarildi.
192


2002-yili S.Hasanov tomonidan P.Shamsiyev, S.Mirzayevva Eyji Manu 
nashrlari asosida “Vaqoyi” ’ asar m atnini chop etildi. A m m o, bular va 
boshqa nashrlar ushbu jahonga m ashhur asarning asl nusxasining ilmiy 
akademik nashri emas.
Garchi “Vaqoyi” ’ asl nusxa matni ilmiy asosda tiklanmagan b o ‘lsa- 
da, uni tarjim a qilish, o 'rg a n ish hali asar t o ‘la tu g a m a sd a n oldin 
boshlangan edi.
Ilk marta “Vaqoyi” ’ asarini fors tiliga tarjima qila boshlagan va bir 
qismini tarjima qilgan shaxs Boburning safdoshi va sadri Shayx Zayn 
Xavofiy (vaf. 1534-y.) edi.
Asarbutunlay tugam asdan turib, u n d a n bir nusxani Bobur ko'chirtirib 
iMovarounnahrga jo'n atg an edi.
“Vaqoyi” ’ bilan tasodifan tanishgan Boburning chevarasi Sulton Salim, 
b o ‘lg‘usi J a h o n g ir otalig'i, m a ’naviy ustozi Q u tb iddin M u h a m m a d
Beklarbegi o ‘g ‘li Behruzxon Navrangxondir. LI Mirzo Poyanda Hasan 
G'aznaviydan asarni fors tiliga tarjima qildira boshlaydi. A m m o, tarjimon 
vafot etgach, M u h am m ad Quli Hisoriyni bu ishga jalb etib, 1586-yili 
tarjima nihoyasiga yetadi.
Uchinchi m arta “Vaqoyi’” ni fors tiliga tarjima qilish tashabbuskori 
Boburning nabirasi Jaloliddin M u h a m m a d Akbar (1556—1605) edi. U 
asarni Bayramxon o ‘g ‘li Abdurahimxonga tarjima qildirib, uning ko'plab 
nusxalarini nafis m o'jaz rasmlar bilan bezattirgan. Forsiy tildagi ushbu 
uchchala tarjima asl m atnni tiklashda katta ilmiy ahamiyatga ega.
“Vaqoyi” ’ asari G ‘arb olimlari ichida m ashhur va juda katta o b ro ‘- 
e ’tiborga molik. Asar ingliz tiliga uch m arta 1826, 1921 va 1990-yillari 
t o ‘la tarjima qilingan bo'lsa, uning ixcham va qisqartirilgan nashrlari o ‘n 
beshdan ziyoddir. Aytish m umkinki, so'nggi ikki yuz yil davomida ingliz 
sharqshunoslari “Vaqoyi” ’ asarini ju d a jiddiy o'rganm oqdalar va maxsus 
Boburshunoslik ilmiy yo ‘nalishiga asos solganlar.
Asarning forsiy toshbosma matni ham mavjud. Kitob yana ikki marta 
fransuz tiliga, nemis, turk, rus, yapon, hind, urdu, turk, qozoq tillariga 
tarjima qilingan.
U m u m an , sharq tarixiga oid asarlar ichida “Vaqoyi” ’ yuksak mavqega 
ega. Shunday tarixiy obida t o 'g ’risida S.Azimjonova tom onidan rus tilida 
uchta kitob chop etilgan b o ‘lsa-da, o'z bek tilidagi tadqiqotlar, asosan 
filologik yo'nalishda amalga oshirilgan.
“Vaqoyi'” birinchi galda tarixiy manba va u boshqa soha mutaxassislari 
uchun ham bcbaho obida va ibratli namunadir.
193



Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling