Manbashunoslik va tarixshunoslik


Mustaqillik davriga oid boshqa manbalar


Download 2.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/134
Sana22.10.2023
Hajmi2.59 Mb.
#1716106
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   134
Mustaqillik davriga oid boshqa manbalar. 
 
O‘zbekiston tarixi, xususan mustaqilik davri tarixini o‘rganishda prezident I.A. 
Karimovning asarlari nafaqat metodologik asos balki asosiy manbalaridan biri 
bo‘lib xizmat qiladi. I.A.Karimovning kitoblari, nutq va ma’ruzalarida 
respublikamiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari turli soxalarda erishgan 
yutuqlari va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, mavjud muammolar va ularni echish 
yo‘llari o‘z aksini topgan. Prezident asarlari respublikamiz xalq xo‘jaligi 
taraqqiyoti, siyosiy va ijtimoiy xayotiga doir boy materiallar, ishonchli fakt va 
raqamlar mavjud. 
Xalq xo‘jaligining ayrim sohalari rivojlanishiga doir ma’lumotlar respublika 
vazirliklariga tegishli xujjatlarda, «O‘zistiqbolstat» bosh boshqarmasi to‘plagan 
materiallarda o‘z aksini topgan. Mazkur manbalardagi fakt va raqamlarni 
sinchkovlik bilan o‘rganish, ularni taqqoslash, boshqa manbalar bilan solishtirish 
respublikamizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti tendensiyalarini aniqlash 
imkoniyatini beradi. 
O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni 
o‘rganish uchun mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar va 
jamoat tashkilotlarining xujjatlari muxum rol o‘ynaydi. XDP, «Fidokorlar», 
«Vatan taraqiyoti», «Adolat», «O‘zLDP» kabi partiyalarning xarakatlari va 
darsturlari, ularning maromnomalari, quriltoy va boshqa anjumanlarda qabul 
qilingan rezolyusiya va qarorlari ularning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va faoliyati 
yo‘nalishi xaqida respublikamizning ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan o‘rni 
to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkoniyatni beradi. Kasaba uyushmalari, 
«Kamolot» yoshlar jamg‘armasi, kasbiy va ijodiy uyushmalar xujjat va materiallari 
mamlakatdagi ijtimoiy jarayonlar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Mustaqillik davri matbuot saxifalarida xam o‘z aksini topgan. Informatsiya 
zamoni bo‘lgan xozirgi davrda jamiyatda sodir bo‘layotgan barcha o‘zgarishlar 
gazeta va jurnallarda o‘z ifodasini topgan. Mustaqillikka erishgandan so‘ng, 
O‘zbekistonda matbuot organlarining soni keskin ko‘paydi. Sovet davrida tashkil 
etilgan gazeta va jurnallar bilan bir qatorda «Xalq so‘zi», «Narodnoe slovo», 
«Jamiyat va boshqaruv», «Oila va jamiyat». «Fidokor», «Adolat», 
«Andijonnoma», «Iqtisodiyot va hayot» singari o‘nlab yangi nashrlar chiqa 
boshladi. Gazeta va jurnalarda ijtimoiy xayotning turli qirralari o‘z aksini 
topmoqda. SHunday ekan, mustaqqillik davri tarixini o‘rganishda davriy matbuot 
materiallaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ammo gazeta va 


48 
jurnallarda e’lon qilingan materiallar, fakt va raqamlarni boshqa manbalardagi 
ma’lumotlar bilan taqqoslash foydadan xoli emas.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro xamjamiyat bilan teng xuquqlik asosida 
xamkorlik qilmoqda, faol tashqi siyosat yurgizmoqda. Respublikamiz tashqi 
siyosatini o‘rganishda O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama va 
ko‘p tomonlama shartnomalari matni diplomatik muqotiba, xorijdagi elchi va
konsullarimizning axborotlari, tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklari 
xujjatlari muxim axamiyatga egadir. Prezident I.A.Karimov hamda Respublikamiz 
delegatsiyalarining chet ellarga safarlari to‘g‘risidagi xisobotlar ham tashqi siyosiy 
faoliyat xususida muxim manbalar qatoriga kiradi. 
SHunday qilib, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tarixi juda ko‘p manbalarda 
o‘z aksini topgan. Bu manbalardan kompleks tarzda foydalanish istiqlol davri 
tarixini chuqur o‘rganish imkoniyatini beradi.


49 

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling