Manbashunoslik va tarixshunoslik
Download 2.59 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Tarixiy manbalarning umumiy tavsifi
IV.1 Fan dasturi IV.2 Ishchi fan dastiri IV.3 Tarqatma materiallar IV.4 Testlar IV.5 Fan bo`yicha baholash mezonlari IV.6 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 4 I. O`QUV MATERIALLAR M a` r u z a m a t n l a r i 5 MAVZU-1: KIRISH. MANBASHUNOSLIK FANINING PREDMETI. MAQSAD VA VAZIFALARI. Reja 1. Tarixiy manbalarning umumiy tavsifi. 2. Manbashunoslik fanining maqsad va vazifalari. 1. Tarixiy manbalarning umumiy tavsifi. Tarixiy manba deganda biz o‘tmishdan qolgan xamda jamiyat xayotining ayrim bosqichi yoki tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklarni tushunamiz. Tarixiy manbalar qatoriga qadimgi odamlarning manzilgoxlari, qadimgi shaharlar, qal’alar va ularning xarobalari, sug‘orish inshoatlari, qoldiqlari, ajdodlarimizning mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, zeb-ziynatlar, tangalar, qoyatosh sur’atlari, petrogliflar, yozma xujjatlar va boshqalar kiradi. Tarixiy manbalar insonlarning ijtimoiy faoliyati davomida yaratiladi va o‘tmish xodisalarini o‘zida aks ettiradi. Tarixiy manbalarning mavjudligi tarix fani rivojlanishining asosiy shartidir. Tarixiy manbalarsiz tarixni o‘rganish mumkin emas. Xozirgi zamon tarix fanida tarixiy manbalarni shartli ravishda quyidagi 7 asosiy guruhga bo‘linadi. 1. ASHYOVIY MANBALAR. Ashyoviy manbalarga qadimgi odamlarning manzilgohlari, binolar, turli inshoatlar, mehnat qurollari va turli buyumlar kiradi. Ashyoviy manbalarni qidirib topish va o‘rganish bilan asosan arxeologiya fani shug‘ullanadi. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling