Manbashunoslik va tarixshunoslik
MAVZU-3: ARAB YOZUVIDAGI (Arab, fors, turkiy tillardagi )
Download 2.59 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Arab manbalari
MAVZU-3:
ARAB YOZUVIDAGI (Arab, fors, turkiy tillardagi ) MANBALARI Reja 1. Arab tilidagi yozma manbalar. 2. Forsiy tilda arab yozuvida yozilgan dastlabki manbalar. 3. Arab yozuvidagi turkiy yozma meros. 1. Arab manbalari. Ilk o‘rta asrlar tarixiga oid arab tilidagi manbalarni shartli ravishda 2 guruxga bo‘lish mumkin. Birinchi guruxga sayyoxlar va jug‘rofik olimlarning asarlari, ikkinchi guruxga esa tarixiy asarlar kiradi. IX asr arab jug‘rofik olimi al-YA’kubiy o‘zining "Kitob al- buldon" asarida Eron, Movarounnaxr, Xuroson va Seyistonda xukmronlik qilgan podshoxlar xaqida ma’lumotlar beradi. Ilk o‘rta asrlarda yurtimiz ga tashrif buyurgan sayyoxlarning asarlari ayniqsa, muxim axamiyatga egadir. Masalan, ibn Fadlan (X asr) "Risola" nomli asarida o‘z sayyoxatlari davomida yaqindan tanishgan mamalakatlar va ularning xalqlari xaqida qiziqarli ma’lumotlar yozib qoldirgan. SHu jumladan u O‘rta Osiyo xalqlari masalan xazarlar xaqida e’tiborga loyiq axborotlar yozib qoldirgan. Ibn al-Fakix (X asr) "Kitob axbor a l-buldon" nomli asarida Balx, Samarqand singari shaxarlar xaqida ma’lumotlar beradi. Ibn Xurdodbekning (IX-X asrlar) "Kitob misolik ul-manolik" asarlarida sug‘d shaxarlari Samarqand, Kushoniya, Samarqand atrofida joylashgan shaxarlar, Ustrushona, SHaxriston, Qadimgi SHosh, Isfijob, xaqida ularga olib boradigan yo‘llar to‘g‘risida Movarounnaxr shaxarlaridagi pul muomalasi, bu erda istiqomat qilgan turkiy qabilalar xususida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Eron jug‘rofik olimi va sayyox al-Istaxriy (IX-X asrlar) «Kitob maosilik ul-mavorix» ------nomli asarida musulmon mamlakatlari, shu jumladan O‘rta Osiyoning chegaralari, iqlimi, ma’muriy bo‘linishi, shaxarlari axolisi va uning mashg‘ulotlari, mashxur kishilari, savdo-sotiqning axvoli va boshqa masalalar bayon etilgan Ibn Xavkal esa (X esr) Movarounnaxrni xar tomonlama tavsiflab, o‘zining "Kitob surat al-arz" kitobiga bu o‘lkaning xaritasini ilova qiladi. Xaritada Jayxun daryosi, Buxoro, Samarqand, SHosh, Isfijob singari shaxarlar, Ustrushona va Xorazm viloyatlari tasviri tushirilgan. YUqorida nomi tilga olingan al-YA’kubiy nafaqat jug‘rofiya, balki tarix ilmi soxasida xam qalam tebratgan olim xisoblanadi. Uning «Tarix» asari SHarq mamlakatlari, shu jumladan O‘rta Osiyoning VII- IX asrlardagi tarixi bo‘yicha muxim manbalardan biridir. Y irik arab tarixchisi Madoiniy V-IX asrlarning "Kitob al-magoziy" xamda Xuroson xokimlari Asad ibn Abdullox va Nasr ibn Sayyorga bag‘ishlangan asarlari arablar istilosi va VII I asrning birinchi yarmidagi siyosiy tarix bo‘yicha muxim manbalardan biri xisoblanadi. Madoniyning mazkur asarlari bizgacha etib kelmagan, lekin ayrim parchalari Balazuriy va Tabariy kitoblarida saqlanib kolgan. 18 IX asrda yashab o‘tgan eronlik yirik tarixchi va jug‘rofik olim Balazuriyning "Kitob futux al-buldon" asari arab istilolari tarixi bo‘yicha eng yaxshi manbalardan biri xisoblanadi. Balazuriy "Kitob ansob al-sharif" nomli asarining xam muallifidir. Yirik ensiklopedist olim Tabariy asli eronlik bo‘lib, ilo xiyot, xadis, tafsir, fikx va tarix soxasida 10 dan ortiq asar yoz gan. Biz uchun uning "Tarix ar-rusul va ul-muluk" asari muximdir. Bu asar umumiy tarix tipida yozilgan bo‘lib o‘zining mukammalligi va faktik materiallarga boyligi bilan ajralib turadi. Asarda "olamning yaratilishidan" to 912 yilga qadar SHarq mamlakatlari, shu jumladan O‘rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar xikoya qilinadi. Arab manbalari yurtimizning ilk o‘rta asrlar tarixini o‘zida nisbatan to‘liqroq aks etgan muxim manbadir. Ulardan tanqidiy foydalanish bu davr tarixini o‘rganish uchun g‘oyat muximdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling