Manbashunoslik va tarixshunoslik
Davlat muassasalarining ish yuritish xujjatlari
Download 2.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat muassasalarining ish yuritish xujjatlari.
Sovet davrida ijtimoiy davirda xayotda sodir bo‘lgan xodisalar, turli tarmoqlarda erishganlar yutuqlar xamda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar markaziy va maxalliy davlat muassasalarining ish yuritish xujjatlarida o‘z aksini topgan. Respublika vazirliklar va vazirliklarga tenglashtirilgan muassasalar, viloyat, shaxar va rayonlarning boshqaruv organlari xujjatlarida u yoki bu soxada, u yoki bu mintaqada ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar o‘z ifodasini topgan. Qisman nashr qilingan. Asosiy qismi esa markaziy va viloyat davlat arxivlarida saqlanayotgan oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari xamda davlat muassasalarining ish yurituvchi xujjatlari eng muxim tarixiy manbalar qatoriga kiradi. Xisobotlar, ma’lumotnomalar, maktublar va boshqa xildagi xujjatlardan iborat bu mansabalarsiz sovet davri tarixining to‘liq manzarasini yaratish mumkin emas. Siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari xujjatlari. Sovet davrida O‘zbekistonda yagona partiya O‘zbekiston kommunistik partiyasi faoliyat ko‘rsatgan, xolos. Boshqa siyosiy partiyalar Oktyabr to‘ntarishidan keyingi dastlabki yillardayoq ta’qiqlab qo‘ygan edi. O‘zbekiston kompartiyasi respublika xalqi manfaatlari savot bilan ximoya qilgan mustaqil siyosiy partiya bo‘lmasdan KPSS ning bir bo‘lagi xisoblanardi. SHu sababdan O‘zbekiston kommunistlari KPSS Markaziy organlari qabul qilgan qaror va ko‘rsatmalarni so‘zsiz bajarishga majbur edilar. SHuni eslatib qo‘yish kerakki, KPSS amalda xokimiyatni o‘z qo‘lida to‘plab olgan davlatning oliy organlaridan xam yuqorida turgan tashkilot bo‘lgan. Demak, sovet jamiyatida, shu jumladan O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosat bevosita kommunistik partiyaning ko‘rsatmalaridan kelib chiqar edi. SHunday ekan, sovet davri tarixini to‘g‘ri yoritish uchun KPSS va uning O‘zbekistondagi filiali-O‘zbekiston Kompartiyasi xujjatlarini e’tibordan chetda chetda qoldirmaslik kerak. KPSS va O‘zkompartiyaning xujjatlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. KPSS va O‘zkompartiyaning s’ezdlarida, konferensiyalarida, markaziy va maxalliy komitetlarning plenumlarida qabul qilingan xujjatlar partiya dasturi, qarorlar, murojaatnomalar va boshqalar bu davr tarixini teranroq o‘rganish imkonini beradi. Sovet davri O‘zbekistonda kasaba uyushmalari yoshlar ittifoqi, xotin-qizlar qo‘mitalari, turli ijodiy va kasbiy uyushmalar (teatr xodimlari uyushmasi, yozuvchilar ittifoqi, sport jamiyatlari, rassomlar uyushmalari va xakozo)lar faoliyat ko‘rsatar edi. Bundan qa’tiy nazar, jamoat tashkilotlarining s’ezdlari, konferensiyalari va yig‘ilishlarida qabul qilgan qarorlar, ularning dastur va murojatnomalari ijtimoiy xayotning turli qirralarini yoritishda muxim o‘rin tutadi. Ammo bu uyushmalar xujjatlaridan tanqidiy ruxda foydalanish maqsadga 43 muvofiqdir, chunki ularning ko‘pida mazkur tashkilot va uyushmaning faoliyatiga ba’zan ortiqcha baxo beriladi. Siyosiy partiyalar jamoat tashkilotlarining ayrim xujjatlari nashr qilingan. Rus tilida nashr qilingan «Turkiston kompartiyasining s’ezdlari va Markaziy komitet plenumlari revolyusiyalari», «O‘zbekiston kompartiyasi s’ezdlarining qarorlari», «O‘zbekiston Kompartiyasi fakt va raqamlarda», «O‘zbekiston komsomoli s’ezdlari qarorlari» nomli to‘plamlar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling