Manbashunoslik va tarixshunoslik
Mustaqillik davriga oid boshqa manbalar
Download 2.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqillik davriga oid boshqa manbalar.
O‘zbekiston tarixi, xususan mustaqilik davri tarixini o‘rganishda prezident I.A. Karimovning asarlari nafaqat metodologik asos balki asosiy manbalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. I.A.Karimovning kitoblari, nutq va ma’ruzalarida respublikamiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari turli soxalarda erishgan yutuqlari va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, mavjud muammolar va ularni echish yo‘llari o‘z aksini topgan. Prezident asarlari respublikamiz xalq xo‘jaligi taraqqiyoti, siyosiy va ijtimoiy xayotiga doir boy materiallar, ishonchli fakt va raqamlar mavjud. Xalq xo‘jaligining ayrim sohalari rivojlanishiga doir ma’lumotlar respublika vazirliklariga tegishli xujjatlarda, «O‘zistiqbolstat» bosh boshqarmasi to‘plagan materiallarda o‘z aksini topgan. Mazkur manbalardagi fakt va raqamlarni sinchkovlik bilan o‘rganish, ularni taqqoslash, boshqa manbalar bilan solishtirish respublikamizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti tendensiyalarini aniqlash imkoniyatini beradi. O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni o‘rganish uchun mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining xujjatlari muxum rol o‘ynaydi. XDP, «Fidokorlar», «Vatan taraqiyoti», «Adolat», «O‘zLDP» kabi partiyalarning xarakatlari va darsturlari, ularning maromnomalari, quriltoy va boshqa anjumanlarda qabul qilingan rezolyusiya va qarorlari ularning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va faoliyati yo‘nalishi xaqida respublikamizning ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkoniyatni beradi. Kasaba uyushmalari, «Kamolot» yoshlar jamg‘armasi, kasbiy va ijodiy uyushmalar xujjat va materiallari mamlakatdagi ijtimoiy jarayonlar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi. Mustaqillik davri matbuot saxifalarida xam o‘z aksini topgan. Informatsiya zamoni bo‘lgan xozirgi davrda jamiyatda sodir bo‘layotgan barcha o‘zgarishlar gazeta va jurnallarda o‘z ifodasini topgan. Mustaqillikka erishgandan so‘ng, O‘zbekistonda matbuot organlarining soni keskin ko‘paydi. Sovet davrida tashkil etilgan gazeta va jurnallar bilan bir qatorda «Xalq so‘zi», «Narodnoe slovo», «Jamiyat va boshqaruv», «Oila va jamiyat». «Fidokor», «Adolat», «Andijonnoma», «Iqtisodiyot va hayot» singari o‘nlab yangi nashrlar chiqa boshladi. Gazeta va jurnalarda ijtimoiy xayotning turli qirralari o‘z aksini topmoqda. SHunday ekan, mustaqqillik davri tarixini o‘rganishda davriy matbuot materiallaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ammo gazeta va 48 jurnallarda e’lon qilingan materiallar, fakt va raqamlarni boshqa manbalardagi ma’lumotlar bilan taqqoslash foydadan xoli emas. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro xamjamiyat bilan teng xuquqlik asosida xamkorlik qilmoqda, faol tashqi siyosat yurgizmoqda. Respublikamiz tashqi siyosatini o‘rganishda O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalari matni diplomatik muqotiba, xorijdagi elchi va konsullarimizning axborotlari, tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklari xujjatlari muxim axamiyatga egadir. Prezident I.A.Karimov hamda Respublikamiz delegatsiyalarining chet ellarga safarlari to‘g‘risidagi xisobotlar ham tashqi siyosiy faoliyat xususida muxim manbalar qatoriga kiradi. SHunday qilib, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tarixi juda ko‘p manbalarda o‘z aksini topgan. Bu manbalardan kompleks tarzda foydalanish istiqlol davri tarixini chuqur o‘rganish imkoniyatini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling