Manbashunoslik


Xoja H o fiz id d in Buxoriy — Xoja M uham m ad P o rso n in g haqiqiy n o m i, 1 4 19-yili vafot


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

1 Xoja H o fiz id d in Buxoriy — Xoja M uham m ad P o rso n in g haqiqiy n o m i, 1 4 19-yili vafot 
etgan.
82


8.2.12 . «Matlab ut-tolibin»
«M atlab ut-tolibin» («H aqiqat izlovchilam ing m aqsadi») Tojiddinning 
o ‘g ‘li A bu labbos M u h am m ad T olib to m o n id a n 166 3/64-yili yozib 
tam om langan. U n d a m ashhur Juyboriy xojalardan xoja M u ham m ad
Islom, xoja S a’d, xoja Tojiddin H asan, xoja A bdurahim (1575—1629), 
Abdixoja (1577—1607) va M uham m ad Yusufxoja (1595— 1652)larning 
hayoti va ijtim oiy-siyosiy faoliyati bayon etilgan.
« M a tla b u t-to lib in » faq at b io g rafik a sa r b o 'lib q o lm a y , u n d a
m am lakatning siyosiy va ijtim oiy-iqtisodiy ahvoliga oid ham da Buxoro 
xonligi bilan H indiston o ‘rtasida m unosabatlarga tegishli o ‘ta m uhim
m a ’lu m o tla r m avjud. S h u n in g u c h u n ham u n d a n V .L .V y atkin va 
P.P .Ivanov Juyboriy xojalarning yer-suvi va m ol-m ulkini tadqiq etishda 
asosiy m anbalardan biri sifatida foydalanishgan.
M uham m ad Tolib haqida quyidagilar m a’lum. A sarda uchragan b a ’zi 
m a’lum otlarga qaraganda, otasi 1608-yili vafot etganida u 39 yoshda 
b o lg a n . Shuni e ’tiborga olinadigan bo ‘lsa, muallifning tu g ‘ilgan yili 1569- 
yil b o ‘lib chiqadi. U xoja Tojiddin H asanning ikkinchi o ‘g ‘li b o ‘lib, 
ham m a vaqt otasi bilan birga Buxoroda istiqom at qilgan. 1623-yili ota- 
bola Balxga borganlar. M uham m ad Tolibning ham xo‘jaligi katta bo'lgan. 
Otasidan olgan ulushidan tashqari, 1632— 1633-yillari befarzand xolasining 
yer-suvi va boshqa mulki ham unga berilgan. M ulk otasi tirikligida 400 
ming tangaga baholangan.
«M atlab ut-tolibin» tarkibi a n ’anaga binoan m uqaddim a, xotim a va 
sakkiz bobdan iborat.
M uqaddim ada a n ’anaviy fotiha va h am d -u sanolardan keyin, m azkur 
asarni yozishda m uallif o ‘z oldiga q o ‘ygan vazifalar haqida so ‘z yuritiladi 
va asar m undarijasi keltiriladi.
Asarning eng qim m atli m a ’lum otlar mavjud qismi - uning IV—V III 
boblaridir.
T o ‘r tin c h i b o b d a x o ja S a ’d n in g k a r o m a tla r i, m o l- m u lk i va 
xizm atkorlari, XVI asrning 80-yillarida mavjud siyosiy vaziyat haqida 
m uhim m a ’lu m otlar keltiriladi. A ytishlaricha, xoja S a’dning Buxoro, 
Miyonqol, Sam arqand, Savron, Turkiston, Axsikat, Nasaf, Hisor, Term iz, 
Q ubodiyon, Balx, Badaxshon, H irot, Marv, M urg‘ob, M ehna, M ashhad, 
C horjo'y va A ndxud viloyatlarida katta m ol-m ulki, yer-suvi, k o ‘p sonli 
m o l-q o ‘ylari, d o ‘konlari, ham m om lari, sardobalari va qullari b o ‘lgan. 
M asalan, hazrat eshonning tilga olingan viloyatlarda 20 0 0 juft gov1 ekin 
yeri, 2500 bosh q o ‘yi, 1500 oti, 12 ham m om i, lOta sardobasi, ko 'p lab 
bozorlari, savdo d o ‘konlari va ustaxonalari, 100 nafar quli va boshqa
83


boyliklari b o ‘lgan. U ning h a r b ir viloyatda g‘alla om borlari bo'lgan. Faqat 
Buxoroyi sharifning bir o'zid a shunday om borlardan to 'rtta si qurilgan 
bo'lib, ularning har birida 100 m an n 2 g 'alla saqlangan. Xoja S a’dning 
yillik darom adi 60.000 tangaga barobar bo'lgan. H azrat xojaning m ol- 
m ulkini k o 'p sonli va turli lavozimdagi sarkor, vakil, daftardor, sohibi 
xiroj, kerak yaroq, bakovul, qozi, dorug'a, m irishkor kabi m ansabdorlar 
boshqarib turganlar.
T o 'rtin c h i b o b d a k eltirilg an siyosiy v o q ealar ich id a A b du llax on
soniyning Andijon va X orazm ustiga XVI asr 80-yillarida qilgan harbiy 
yurishlari, A bdullaxon bilan O 'zbek sulton o'rtasidagi kelishm ovchiliklar, 
Shayboniy qo'shinlarining Issiqko'l viloyati ustiga qilgan harbiy yurishi 
haqidagi m a ’lum otlar o 'ta m uhim dir.
Y ana shu bobda bayon qilingan voqealar ichida S am arqand hokim i 
Shayboniyzoda Ibodulla Sulton, Abdullaxon soniyning inisining o'ldirilishi 
sabablari haqida aytilgan fikrlar z o 'r aham iyatga egadir. «Abdullanom a» 
m uallifining so'zlariga qaraganda, Ibodulia sultonning o'lim iga uning 
shariat qoidalarini buzganligi, y a’ni ram azonning birinchi kuni ro 'za 
tutm ay, ichkilik ichganligi sabab bo'lgan. Lekin, 1586-yili Buxoro va 
S am arqandda bo'lib o 'tg a n voqealarni chuqurroq tahlil etadigan bo'lsak, 
bu faqat bir bahona, sababi esa tam o m an boshqacha bo'lgan. M asalan, 
«M atlab ut-tolibin»da keltirilgan m a ’lum otlarga qaraganda, XVI asrning 
80-yillari boshida Shayboniy sultonlar, xususan Ibodulla sulton bilan 
A bdullaxon o 'rta sid a m uno sab atlar b ir q adar buzilib qolgan. Bunga 
A bdullaxonning 1583-yili A ndijon ustiga, Isfandiyor sultonga qarshi 
q o 's h in to rtg a n i sab ab b o 'lg a n . A sard a k eltirilg an m a ’lu m o tla rg a
qaraganda, 1586-yilning 3 avgust kuni Toshkent hokim i D o'stim sulton, 
A ndijon hokim i Isfan d iy o r sulton va H iso r hokim i O 'z b ek x o n , va 
Sam arqand hokim i Ibodulla sultonning elchilari Sam arqandga to 'p lan ib
kengash o'tkazganlar va gapni bir yerga qo'yib Abdullaxon soniyga qarshi 
harbiy-siyosiy ittifoq tuzganlar. O radan k o 'p vaqt o'tm ay , Ibodulla sulton 
A b d u lla x o n n in g y o 'q lig id a n fo y d a la n ib , S a m a rq a n d te v a ra g id a g i 
tum anlarni bosdi va talon-taroj qildi.
«M atlab ut-tolibin» m uallifi yana quyidagilarni yozadi; «(Ibodulla) 
sulton ram azon oyi boshlarida qattiq ichib mast bo'lgani sababdan M irzo 
A bdurahim kechasi maxfiy ravishda uning xonasiga kirdi va x an jarzarb i

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling