Manbashunoslik


Filipp Nazarovning esdaliklari


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

10.2.11. Filipp Nazarovning esdaliklari
Filipp N azarovning hayotiga oid m a ’lu m o tlar ju d a kam , 1789-yili 
O m sk s h a h r id a O siy o b ilim y u r tin i tu g a tib , 1 8 0 4 -y ili T o b o lsk
guberniyasidagi Irtish chizig'idagi C harlakovsk chegara postiga taijim on 
bo'lib xizm atga kirgan. U ndan keyin xizm at yuzasidan boshqa chegara 
punktlariga ham borib ishlagan. Q o 'q o n g a jo 'n a b ketishi (1813) oldidan 
«Alohida Sibir polki»da tarjim on b o 'lib xizm at qilgan.
1813-yili G 'a rb iy Sibir general-gubernatori G lazem ann in g maxsus 
topshirig'i bilan Peterburgdan yurtiga qaytishda y o 'ld a, Petropavlovsk 
(Shim oliy Q ozog'iston)da o'ldirilgan Q o 'q o n xonining elchisi bilan bog'liq 
janjalni tinchitish uchun Q o'qonga yuborildi. Shu bilan birga uning xotira 
yo zuv larid an m a ’lum b o 'lish ic h a , unga Q o 'q o n g a S ibir orqali olib 
boriladigan yo'llar, yo'l ustidagi shahar va qishloqlar, xonlikning iqtisodiy 
va siyosiy ahvoli, uning m udofaa salohiyatini kuzatish ham yuklatilgan.
Filipp N azarov Q o 'q o n g a sibirlik rus savdogarlari karvoniga qo'shilib, 
1813-yil 16-m ay kuni jo 'n a b ketdi. K arvon Q o zog'iston cho 'llari va 
Janubiy Q ozog'istondagi Suzoq va C him kent orqali Toshkentga, undan
1813-yil oktabr oyi boshlarida Q o 'qonga kirib bordi. U Q o 'q o n d a bir yil 
atrofida turdi va 1814-yilning avgust oyida, Q o 'q o n xoni Um arxon (1810—
105


1822)ning elchisi bilan birga Petropavlovsk shahriga qaytib ketdi.
Filipp Nazarov bir yil mobaynida xonlik poytaxti Q o 'q o n d a n tashqari
Marg'ilon, Andijon, N a m a ngan, Yangiqo‘rg‘on va X o ‘jand shaharlarida 
bo ‘ldi va bu shaharlar, ularning xalqi ham da mashg‘uloti haqida qimmatli 
m a ’lum otlar t o ‘pladi.
Filipp N azaro v n in g esdaliklari « Ф и л и п п Н а заров : З а п и с к и о 
некоторых народах и землях С редней Азии» nom i bilan ikki m arta 
1821 va 1968-yillari nashr etilgan.
Rossiya harbiylari O 'rta Osiyo xonliklarini g'arb tarafdan, Astraxan, 
Kaspiy v aO ro l dengizi orqali ham taftish qildilar. N.N.M uravyov (1819— 
1926), G .l.D a n ilev sk iy (1842—1843) va A .N . Butakov (1848—1849) 
ekspeditsiyalari shunday maqsadlarga xizmat qilgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling