Manbashunoslik


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Elchi va sayyohlarning asosiy maqsadi nima ?
2. Elchi va sayyohlar esdaiiklarida qanday masalalar yoritiladi?
3. Elchi va sayyoh esdaliklarining tarixni о ‘rganishdagi ilmiy ahamiyati nimada ?
_________________________
**
1 1 -M A V Z U . M A N B A S H U N O S L I K T A R IX I VA 
M U A M M O L A R I
Darsning mazmuni: 
Ushbu darsda manbashunoslik fanining paydo 
b o ‘lishi, tarixi, o ‘ziga xos xususiyatlari, yurtimiz manbashunoslari faoliyati 
ham da zamonaviy muam m olari yoritiladi.
Reja:
1. M a n b a s h u n o s lik fa n in in g pay d o b o 'li s h i , tarixi, o ‘ziga xos 
xususiyatlari.
2. 0 ‘zbekistondagi manbashunoslik fani tarixi.
3. Zamonaviy manbashunoslik muammolari.
4. Manbashunoslikka oid adabiyotlar tahlili.
5. O 'zbek xalqining shakllanishiga oid manbalar.
Asosiy tushunchalar: 
voqea, hodisa, tarixchi, voqealar bayoni, talqin, 
afsonaviy bayon, o ‘rta asr, yangi zam on, germenevtika, zam on, tamoyil, 
sharh, nashr, tabdil.
1 1 .1 .Manbashunoslik fanining paydo bo‘lishi, tarixi, o ‘ziga xos 
xususiyatlari
Mutaxassislar tarixiy manbashunuslikni maxsus fan sohasi sifatida
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida shakllangan deb hisoblaydilar. Ayni 
shu davrdan boshlab o ‘quv yurtlarida ushbu fan o ‘qitila boshlanadi ham da 
tarixchi olimlar tom o n id a n o ‘quv qo'llanm alari, darsliklar yaratiladi. 
Tarixiy tadqiqotlarda manbalarga oid maxsus qismlar paydo b o la d i. 
Am m o zamonaviy tarixiy manbashunoslik ildizlari juda qadim zamonlarda
108


paydo b o ‘gan edi. Manbashunuslik fan sohasi sifatida o ‘z tarixiga ega 
b o ‘lib, unda nazariy va amaliy masalalar ham da manbashunoslikni o'qitish 
masalalari o ‘rganiladi.
Manbashunoslikning fan sohasi sifatida shakllanishi uchun tarix ilmi 
taraqqiy etishi va tarixchilarning m anbalar ustida ishlashi, taj'ribalarini 
umumlashtirishi zaruredi. Qadimgi zam on tarixchilari voqea, hodisalarni 
qissa, afsona, rivoyat sifatida bayon etar edilar. Bunga misol sifatida 
Abulqosim Firdavsiyning “ S h o h n o m a ” , p a y g 'a m b a rla r t o ‘g ‘risidagi 
k o ‘plab qissa va rivoyatlarni misol qilib ko ‘rsatish mum kin.
Ilk o ‘rta asr tarixchilari (V—VIII asrlar) barcha yozm a m a tn yoki 
og'zaki xabarlarni m anba sifatida qabul qilganlar. Misol tariqasida Abu 
Jafar Tabariyning “Tarix ar-rusul v a - l- m u lu k ” asarini misol sifatida 
k o ‘rsatish m u m k in . U n d a tarixchi turli shaxslar va m a n b a la rd a g i 
m a ’lumotlarni tanqidiy tahlilsiz aynan keltirganini ko‘ramiz.
0 ‘rta asr tarixchisi o ‘zi guvohi b o ‘lm agan voqea va hodisalarni 
boshqalar m a ’lumotlariga asoslanob qabul qilish yoki rad etishi m um kin 
bo'lgan. Lekin biz aksariyat tarixiy asarlarda muallif awalgi tarixchilar 
asarlaridagi m a ’lumotlarni aynan bayon etishini kuzatamiz. Lekin b a ’zi 
tarixchilar, xususan Abu Rayhon Beruniy boshqa shaxslar m a ’lumotiga 
ta n q id iy m u n o s a b a td a b o 'lg an in i uning “ Osol u l-b o q iy a ” asa ridan 
ko‘rishimiz mumkin. Bu davr tarixchilari o'zi guvohi bo'lmagan voqealarni 
bayon etishda boshqalar fikriga tayanishga, ular asarlardagi m a ’lumotlarni 
o ‘z asarlarida aynan qaytarishga majbur bo'lganlar. Lekin muarrix o ‘zi 
guvohi b o ‘lgan voqea, hodisalarni yoritishda o ‘zining jam iyatda tutgan 
mavqeiga qarab ish ko‘rganlar. Tarixchi o ‘z davrida yuz bergan voqealarni 
xolis yoritishga harakat qilgan. Bu zam onda tarixnavislik va badiiy adabiyot 
o'rtasida juda yaqinlik, o ‘xshashlikni kuzatish mumkin.
Yevropada Uyg'onish davrida, yani XIV -XV asriarda mutafakkirlarda 
tarixchilar a n ’anasiga ishonch susayadi. Insonparvarlar qadimgi dunyo 
a n ’analarini davom ettirar ekanlar, o ‘tmishdagi m atnlarga keyineha 
kiritilgan o ‘zgarishIar, to ‘ldiiishlar va buzishlarga duch kelganlar. Natijada, 
o ‘tm ishning buyuyk shaxslsri asarlari m atnlarini o'g a n ish n in g yangi 
tamoyillari majmuasi paydo b o ‘ldi. Asar m atnini qayta-qayta o ‘qish 
jarayonida uni tushunish va talqin etish malakasi hosil bo'ldi.
U yg‘onish davrida tarixchi, muallif shaxsi, uning o ‘z asariga, u nda 
bayon etilgan voqealarga shaxsiy munosabatini ifoda etilishi nam oyon 
b o ‘ladi. T arixc hnavislar qalim gi m a tn la rn i so'nggi sh a rh , izo h va 
hoshiyalarga ajrata boshladilar.
Ayni shu davrda tarixiy asarlar tarixiy m anba va tarixiy q o ‘llanma,
109


darsliklarga ajratildi. Tarixiy m anba deb eng ishonchli shaxslar tom onidan 
birinchi darajali qimmatli m a ’lum otlarga ega yodgorliklar hisoblandi. 
U l a r q a to rig a qad im g i z a m o n va o ‘rta asrla r m ualliflari asarlari 
qo'lyozmalari ham d a qadimgi hujjatlarning asl nushalari kiritildi. Barcha 
boshqa qayta bayonlar tarixiy qo'llanm a, darslik, sharh hisoblanib, ularda 
ilk manbadagi m a ’lum otlarning o ‘zgarishi mumkinligini e ’tiborga olgan 
holda, qadimgi q o ‘lyozmalarga nisbatan ularni ikkinch darajali yoki 
yordamchi m anba deb ataldi.
Uyg‘onish davrida tarixiy manbaga tanqidiy m unosabatda b o ‘lish, 
uning yaratilgan vaqti, yili va muallifini aniqlashga katta e ’tiborqaratildi.
XVI11—XIX asrlarda Evropa mamlakatlaridagi milliy o ‘zlikni anglash 
ularning o ‘z xalqi tarixini, tarixiy manbalarni jiddiy va m a ’lum tartib va 
tamoyil asosida o ‘rganishga olib keldi. Tarixshunoslikka oid m u h im
tadqiqotlar amalga oshirilib, ularda m anbashunoslik masalalari ham
yo ritilg a n . Misol ta riq a sid a F . K . D a l m o n n i n g “ G e r m a n i y a tarixi 
manbashunosligi” (nemis tilida, 1830) asarini ko'rsatish mumkin. Bu 
davrdagi tarixiy manbashunoslik asosan tarixiy manbalarni yig'ish, tanlash, 
tavsif e ’tish va tadqiq etish tamoyillarini nazarda tutgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling