Manbashunoslik
‘zbek xalqining shakllanishiga oid manbalar
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
11.5. 0 ‘zbek xalqining shakllanishiga oid manbalar
11.5.1. 0 ‘zbek xalqining shakllanishiga oid manbalar umumiy xususiyatlari O'zbek xalqining shakllanish masalasi yaxshi o ‘rganilmagan, yechimini topm agan ilmiy m uam m ola rdan biri. Masalani bir m anba bilan, bir tadqiqotchi, u garcha fan mirishkori bo'Iganda ham , ycchib berolmaydi. Buning uchun uzoq o 'tm ishdan qolgan va turli tillarda, qadimgi eron, yunon, rim, xitoy, arab, fors va turkiy tillarda yozilgan qo'lyozm a va toshga, yog'ochga, sopolga va boshqa buyumlarga bitilgan yozuvlarni o 'q iy olad ig an mutaxassis — m a n b a s h u n o s , arxeolog, e t n o g r a f va antropolog olim, adabiyotshunos (folklorshunos), tilshunos va geograf olimlar birgalashib, bir ilmiy jam oa bo'lib ishlashlari zarur bo'ladi. Afsuski, bizga shunday hamkorlik yetishmay turibdi. Lekin, bu ishni o'zbek olimlari 113 yechib berishlari kerak. Vaholanki, muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov juda t o ‘g‘ri aytganlaridek, «Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-u nasabini, o'zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi»1. Demak, bu — xalq talabi, Vatan talabi. 0 ‘zbeklarning xalq b o ‘lib shakllanishiga oid biron alohida m anba y o ‘q. Bu masalaga oid m a ’lum otlar tarixiy, geografik, lingvistik va xalq og‘zaki adabiyotiga oid asarlarning barchasida mavjud. Lekin, ularni sinchkovlik bilan bittalab terib olish kerak b o ‘ladi. Ularni Tabariy va arab geografiya o lim la r in in g asa rla rid a , N i z o m u d d i n S h o m iy va S h a r a f u d d i n Ali Y a z d i y n i n g « Z a f a r n o m a » s i d a , J u v a y n i y va Rashiduddinning yuqorida tilga olib o ‘tilgan asarlarida, «Nusratnoma» va «Abdullanoma»da va X—XVI asrda yozilgan barcha asarlarda uchratish mumkin. XV asr oxiri va XVI asr boshida ikki azim daryo — Am udaryo bilan Sirdaryo oralig‘ida joylashgan ko‘hna mamlakatimizga qo'shni Dashti qipchoqdan 20 dan ortiq qavm: qo'n g'irot, naym an, ming, d o ‘rm on va boshqa qavm lar k o ‘chib kelib, mahalliy turkiyzabon xalq tarkibiga q o ‘shildilar. «Tarixi Abulxayrxoniy», «Abdullanoma» va «M aktuboti Allomiy» (XVI asr) kitoblarida keltirilgan m a ’lumotlarga qaraganda, o'zbek xalqi tarkibiga kirgan qavmlar soni 92 taga yetgan. Bu haqda m a ’lumot beruvchi u c h ta - to ‘rtta asarni misol tariqasida tilga olib o'tam iz. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling