Turkiyzabon xalq, Oʻzbekiston Respublikasi
Download 384.87 Kb.
|
Oʻzbeklar
Oʻzbeklar — turkiyzabon xalq, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Oʻzbeklar nafaqat Oʻzbekiston, balki Oʻrta Osiyodagi eng koʻp sonli xalqdir. Oʻzbekistonda (30 million), Tojikistonda (1,700 mingdan koʻproq), Qirgʻizistonda (1 million kishi), Qozogʻistonda (600 minghan kishi), Turkmanistonda (900 mingdan koʻproq) kishi yashaydi. Bundan tashqari, Afgʻonistonda (3 million kishi), Rossiyada (300 ming kishi), Saudiya Arabistonida (550—600 ming kishi), Xitoyda (15 ming kishi, 2010-yil), Turkiya, Olmoniya, AQShda ham oʻzbeklar yashaydi. Oʻzbeklar oʻzbek tilida soʻzlashadilar. Dini — sunniy musulmonlar. Oʻzbeklar etnogenezi[tahrir | manbasini tahrirlash] Gʻarbiy turklar tangasi. Shoxi tegin. 679 yil, Toxariston Shoxi tegin tangasi. VII asr, Toxariston Oʻzbeklar Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlari — Movarounnahrda, Xorazm va Shimoliy Afg'onistonda shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hozirgi Oʻzbekiston hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanib kelgan mahalliy sugʻdiylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar, fargʻonaliklar, koʻchmanchi va sak-massaget kabi qadimgi sharqiy eroniy tillarida sʻozlashuvchi guruhlar va har xil turkiy uru’glar tashkil etgan.[16][17]. Shuningdek, miloddan avvalgi II asrdan boshlab avvalgi Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan turkiy qabilalar ham oʻzbeklar etnik tarixida ishtirok etganligi tarixdan maʼlum. Keyingi yillarda Oʻzbekiston hududida olib borilgan arxeologik va antropologik tadqiqotlar natijasida Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida soʻnggi jez davridayoq yuqorida nomlari zikr etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi sodir boʻlganligi va assimilyatsiya jarayoni natijasida antik davrga kelib, oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon tarkib topganligi hamda oʻzbek xalqiga xos antropologik tipning makon va zamoni aniqlangan. Maʼlumki, miloddan avvalgi 3-asr da Sirdaryoning oʻrta oqimida turkiy va sugʻdiylar ittifoqi asosida Qangʻ davlati tashkil topgan edi. Qangʻ davlati davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi xalqlarning iqtisodiy siyosiy va etnomadaniy aloqalarining tobora rivojlanib borishi natijasida turkiy tilli etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat shakllandi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat Qovunchi madaniyati nomini olgan. Antropolog olimlarning taʼkidlashlaricha aynan shu davrlarga kelib, Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi antropologik tipi (qiyofasi) toʻliq shakllangan. Hunlar Xorazmda milodiy III asrda paydo boʻlgan. Baʼzi tadqiqotchilar hun tilini turkiy deb tasniflaydilar. Oʻzbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda milodiy 4—5-asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Oltoydan va Sharqiy Turkistondan siljigan xioniylar, kidariylar va eftaliylardir. Kidariylar tarkibida turkiy qatlam boʻlgan.[23] Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga faol taʼsir oʻtkazgan turkiy etnik komponentlar asosan Turk xoqonligi (6—8-asrlar) davrida Oʻrta Osiyoning markaziy mintaqalari (Toshkent, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari, Fargʻona vodiysi) va Xorazmga kelib joylashib, maʼlum bir tarixiy davr mobaynida, bu etnik komponentning aksariyat qismi oʻtroqlashdi. Turk xoqonligi davrida kirib kelgan turkiy komponentlar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etnik madaniy munosabatlarning rivoji hududdagi etnik jarayonlar taraqqiyotiga katta taʼsir oʻtkazdi. Ushbu turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy xoʻjalik anʼanalari bilan jadal uygʻunlashuvi yuz berdi. Bu davr turkiy-sugʻdiy simbiozni hal qiluvchi bosqichlaridan biri boʻlgan. Varhuman saroyi devoriy rasmlarida tasvirlangan turkiy zodagonlar, Samarqand, 650 yil 8-asrdan arab va ajam (arab boʻlmagan Yaqin va Oʻrta Sharq) xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta taʼsir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida maʼlum bir oʻzgarishlar boʻlgan boʻlsada, Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida qolib, arablar (7—8-asrlar) hukmronligi ostida yashaganlar. Umuman olganda, 9-asrdan boshlab Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va, oʻz navbatida, sugʻdiylar va boshqalar mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Etnograf olim K.Shoniyozovning qayd etishicha, 9—10-asrlarda tigʻiz etnogenetik jarayon natijasida koʻplab turkiy qabila va elatlarning oʻtroq hayotga oʻtishi jadal davom etgan. Bu asrlarda Sirdaryoning shimolida, Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega boʻlgan. Tabiiyki, bu kuchli etnik qatlam asosining aksariyat koʻpchiligini oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslar tashkil qilgan.Manbalarda koʻp sonli turk-soʻgʻdiy nikohlari va oilaviy aloqalar qayd etilgan. Gʻarbiy Turk xogonligi hukmdori Ton-yabgu xoqon (618-630) davrida Samarqand hukmdori bilan oilaviy munosabatlar oʻrnatildi - Ton-yabgu xoqon unga qizini berdi. 711-yil 27-aprelda tuzilgan nikoh shartnomasiga koʻra, Turkiylar vakili Oʻt-tegin va soʻgʻdiy Dugʻdgoncha oʻrtasidagi nikoh qayd etilgan. Shunday qilib, qadimgi Soʻgʻdda oʻtroq aholisining bir qismini, eroniyzabon Suʻgʻdiylar bilan bir qatorda turkiyzabon aholi tashkil qila boshlagan. Turkiy-soʻgʻdiy madaniy aloqalar kuchli bolgan. Muʻg hujjatlarining soʻgʻdiycha matnlarida turkiy tildan kirib kelgan soʻzlar mavjud: yttuku - „joʻnatish“, „elchixona“; bediz va boshqalar. Mashhur sharqshunos M. Andreevning soʻzlariga koʻra, sugʻd tilidan baʼzi soʻzlar oʻzbek tilida uchraydi, masalan, kup - koʻp (oʻzbekcha koʻp), katta - katta (oʻzbekcha katta), kalta - qisqa yoki yosh (oʻzbekcha kalta).[25] Oʻzbeklarning Turk xoqonligi davridagi tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Lev Gumilyov, Sergey Klyashtorniy, Dmitriy Savinov, Leonid Kyzlasov, Igor Kyzlasov, Olga Smirnova, Larisa Baratova, Nasimxon Rahmon, Shamsiddin Kamoliddinov). Oʻzbeklarning shakllanish jarayoni Samarqand shahridagi Qoraxoniylar sulolasining qarorgohi, 11-13 asr boshlari, hozigi Afrosiyob xarobalari Qoraxoniylar davrida (10—12-asrlar) Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga oʻtishi munosabati bilan oʻzbek xalqi etnogenezining yakuniy bosqichi boshlandi. Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati doirasida hozirgi oʻzbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Movarounnahr va unga tutashgan mintaqalarda yashovchi koʻchmanchi turkiyzabon aholi: qarluq, chigil, yagʻmo, tuxsi, xalach, argʻin, oʻgʻuz, qipchoq, uz, qangʻli singari urugʻlar oʻzlarini bir xalq sifatida anglay boshlaganlar. Umuman olganda, 11 — 12-asrning 1-yarmida oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan.[26] 10 asrga kelib Qoraxoniylar davlatida qadimiy turkiy yozma matnlar anʼanalarini davom ettirgan holda adabiy til rivojlandi. 10 asr rasmiy qoraxoniylar tili qadimgi qarluk lahjalari grammatik tizimiga asoslangan edi.[27][28] 13-asr boshlarida Chingizxon istilosi davrida moʻgʻul qoʻshinlari tarkibida koʻp sonli turkiy etnoslar ham kirib keldi. 15-asrga qadar esa ushbu etnoslarning deyarli koʻp qismida mahalliy aholi bilan aralashuv jarayoni sodir boʻldi va ular shakllangan oʻzbek elatining keyingi taraqqiyotida malum darajada iz qoldirdilar. Chigʻatoy ulusi tilining rivojlanishi hamda keyinchalik Amir Temur va temuriylar davrida yuz bergan yuksak iqtisodiy va madaniy taraqqiyot natijasida Movarounnahrda adabiy til takomillashib, bu til ilmiy adabiyotlarda „turkiy“ yoki „chigʻatoy turk“ tili deb nomlangan. Movarounnar va Xurosonni bir davlatga birlashtirgan Amir Temur turkiy adabiy tilni rivojlantirishga alohida eʼtibor bergan. 1391-yilda Toʻxtamishga qarshi yurish paytida Temur Oltin Shokiy togʻining yonida chigʻatoy tilidagi va arab tilida matnini oʻz ichiga olgan yozuvni yozishga buyurdi. Asl nusxada, xususan, shunday yozilgan edi:... Turonning sultoni Temurbek uch yuz ming cherik birla islom uchun Tuktamish hon bulgʻar xoniga yuridi...[29] Ayniqsa, taraqqiy etgan oʻzbek adabiy tili Alisher Navoiy davrida eng yuqori nuqtaga koʻtarildi. Ammo xalqning jonli tili koʻp dialektli boʻlib, adabiy til shakllanishida uchta asosiy sheva — qarluq, qipchoq va oʻgʻuz dialektlari asos boʻlgan. Maʼlumki, shakllangan oʻzbek elatining Amir Temur va temuriylar davridagi etnik tarixi va etnomadaniy taraqqiyotiga barlos, jaloyir, qavchin, arlot, qipchoq kabi etnik guruhlar ham faol taʼsir qilgan. Yarim koʻchmanchi oʻzbeklarning yetakchisi Shayboniyxonning oʻzbek tilining rivojlanishiga hissa qoʻshgan. Uning Oʻrta Osiyo turkiy adabiy tilida yozilgan sheʼrlar toʻplami hozirda Istanbuldagi Topkapi qoʻlyozmalar toʻplamida saqlanmoqda. Uning falsafiy va diniy asarining qoʻlyozmasi: 1508-yilda Oʻrta Osiyo turkiy adabiy tilida yozilgan „Bahr ul-Xudo“ Londonda saqlanadi. Shayboniyxon 1507-yilda Xurosonni qoʻlga kiritgandan koʻp oʻtmay Oʻrta Osiyo turkiy - chigʻatoy tilida „Risola-yi maorif-i Shayboniy“ nomli nasriy asar yozgan va uning oʻgʻli Muhammad Temurga bagʻishlangan (qoʻlyozma Istanbulda saqlanmoqda).[30] Oʻzbeklarning 9-16 asrlardagi tarixi bilan qator olimlar shugʻullangan va koʻplab kitob va maqolalar eʼlon qilishgan. Masalan V.Bartold, Boris Kochnev, Elena Davidovich, Aleksandr Bernshtam, M.Masson, Solih Mutallibov, L.Rempel, Nina Nemtseva, Yuriy Buryakov, A.Anorboev, Sh.Kamoliddinov, Ahmadali Asqarov, Khudoyberdi Doniyorov, Mutal Ermatov, Mavlon Vaxobov, Karim Shoniyozovlar chuqur tadqiqotlar olib borisgan. Etnonim Oʻzbek etnonimining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta tahminlar mavjud. Shaxsiy ism sifatida oʻzbek soʻzining birinchi eslatilishi XII asrga toʻgʻri keladi. Oʻzbek soʻzi Turkiy qabilalari orasida Movarounnahrda XIII asr moʻgʻullar kelguniga qadar paydo boʻlgan. XII asr arab tarixchisi Usoma ibn Munqiz „Taʼlim kitobida“ Saljuqiylar davrida 1115—1116-yildagi yoʻlboshlovchilaridan biri amir Oʻzbek degan Mosul hukmdori boʻlganligini taʼkidlaydi Tarixchi Rashiduddinning yozishicha, Tabrizda hukmronlik qilgan Eldegiziylar sulolasining soʻnggi vakili Oʻzbek Muzaffar (1210—1225) boʻlgan 1221-yilda Afgʻonistondagi Xorazmshoh Jalol ad-din qoʻshinlarining yetakchilaridan biri Jahon Paxlavon Oʻzbek Tayi edi. Tarixchi Mutal Ermatov oʻzbek soʻzi „Oʻzlar“ urugʻi nomidan kelib chiqqan deb taxmin qilgan. Tarix fanlari doktori, professor R. G. Mukminova oʻzbeklarning etnik ismini Oʻzbek xon nomi bilan bogʻlashga qarshi qoʻshimcha dalillar keltirgan. Sharofiddin Ali Yazdiy Oʻzbek xon davridan ancha oldin 1289-yilgi voqealar haqida xabar berib, Tabriz viloyatidagi oʻzbek qoʻshinlarining yurishini eslatib oʻtadi.[35] Boshqa tarixchilarning fikricha, XIV asrning 60chi yillarida, Dashti qipchoq hududida oʻzbeklar deb nomlangan koʻchmanchi turkiy qabilalarining ittifoqi tuzildi. XIV asrning 60-yillarida „oʻzbek“ etnonimi sharqiy Dashti-Qipchoqning butun turkiy aholisi uchun jamoaviy nomga aylandi. „Oʻzbek“ etnonimi Amir Temur davrida Movarounnahrga kirib kelgan. Buyuk shoir Alisher Navoiy (1441—1501) yozgan asarlarida „oʻzbek“ etnonimini Xuroson va Movarounnahrda tilga olgan.[36] Shohu toju xil’atekim, men tomosha qilgʻali, Uzbakim boshida qalpoq, egnida shirdogʻi bas.[37] Mazmuni: Shoh toj va xil’atli men tomosha qilamanmi, menga boshiga qalpoq (doʻppi), egniga yaktak kiygan oʻzbegimning oʻzi boʻlsa bas Osiyo xaritasida oʻzbeklar yurti Buxoro tasvirlangan. Nemis xaritashunosi Johann Baptist Homann 1730-yil Oʻzbeklar etnik tarixida 15-asr oxiri 16-asrlar ham muhim davr hisoblanadi. Ushbu bosqichda Oʻrta, Osiyoga mangʻit, qoʻngʻirot, nayman, nukus, uygʻur, qiyot, olchin, saroy, qatagʻon, qushchi, doʻrmon, kenagas, qirq, yuz, ming, bahrin va boshqalar Dashti Qipchoq oʻzbek etnik guruhlarining navbatdagi toʻlqini kirib keldi va mahalliy oʻtroq xalq bilan aralashdi. Natijada Movarounnahr aholisining etnik qiyofasida ularning alomatlari faollashgan. Oʻzbek askarining portreti, 1557—1564-yillar[38] Dashti Qipchoqdan 2 daryo (Amudaryo va Sirdaryo) oraligʻi va Xorazmga kelib oʻrnashgan etnik guruhlar „oʻzbek“ nomi ostida mahalliy aholi etnik rang-barangligini birmuncha koʻpaytirgan boʻlsalar hamki, lekin uning etnik tarkibini tubdan oʻzgartirib yubormagan. Ushbu etnoslar shakllangan oʻzbek xalqining tarkibiga kelib qoʻshilgan navbatdagi etnik komponent edi, xolos. Ular Movarounnahr va Xorazm aholisining turmush tarziga, anʼanalariga, madaniyatiga, xoʻjalik faoliyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan yangi tipdagi madaniy qatlam hosil qilgan. Ayniqsa, Zarafshon vodiysi va Oʻzbekistonning janubiy mintaqalari aholisi orasida bu nisbat kuchli seziladi. Mahalliy aholiga ular „oʻzbek“ nomini berishgan va bu nom Movarounnahr va unga qoʻshni viloyatlar aholisi uchun rasmiy ravishda umumiy nom boʻlib qolgan. Oʻz oʻrnida aytib oʻtish lozimki, oʻzbek etnonimining kelib chiqishi boʻyicha fanda yakdil fikr mavjud emas. Ayrim mualliflar (G.Vamberi, G.Xovors, M.P. Pelo) Dashti Qipchoqda koʻchib yurgan turk-moʻgʻul qabilalarning bir qismi oʻzlarini erkin tutganliklari sababli „oʻzbek“, yaʼni „oʻz-oʻziga bek“ deb atagan desalar, boshqalar (P.P.Ivanov, A.Yu.Yakubovskiy, Xilda Xrsxem) „oʻzbek“ etnonimini Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxon Sulton Muhammad (14-asr) nomi bilan bogʻlaydi, boshqa yana bir guruh olimlar esa (V.V. Grigoryev, A.A. Semyonov va boshqa Ahmedovlar) oʻzbek nomi Oq Oʻrda (Dashti Qipchoqning sharqiy qismi)da koʻchib yurgan turkmoʻgʻul qabilalariga taalluqli boʻlgan degan fikrni bildiradilar. Didier Robert de Vaugondy tomoidan 1753-yilda tuzilgan xaritada oʻzbeklar nomi qayd etilgan Temuriylar saltanati oʻrnida dastlab 16-asr boshlarida vujudga kelgan Buxoro va Xiva xonliklari, 18-asr boshlaridan Qoʻqon xonligining vujudga kelishi natijasida yagona tarixiy makonda yashagan xalqlar siyosiy jihatdan turli davlatlar tasarrufiga tushib qolgan boʻlsada, bu holat oʻzbek elati birligiga jiddiy putur yetkaza olmagan. Siyosiy chegaralar boʻlishiga qaramasdan 3 davlat tarkibidagi aholi oʻzaro doimiy etnik, iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlib kelganlar. Oʻzbeklarning 92 urugʻi Tarixiy manbalarda keltirilgan 92 oʻzbek urugʻlari nafaqat Oʻzbekiston hududida, balki butun Oʻrta Osiyo hududlarida tarqalgan. Bu 92 oʻzbek urugʻlariga moʻgʻullar istilosidan oldingi va istilo davrida hamda shayboniylar davrida kelgan etnik guruhlar ham kiradi[39]. Shuningdek, Oʻrta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan chigʻil, yagʻmo, usun, tuxsi, xalach va boshqalar turkiy etnik guruhlar ham 92 oʻzbek elati tarkibiga kirgan[40]. Oʻzbek millatining shakllanishi Oʻrta Osiyo xalqlarining 19-asr 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi tarixiy taqdiri va taraqqiyot bosqichlari chor Rossiyasining mustamlakachiligi davri bilan bogʻliq. Tarixchi M.Vaxobovning taʼkidlashicha, oʻzbeklar millat sifatida 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida, yaʼni kapitalistik munosabatlarning mintaqaga kirib borishi bilan shakllana boshlagan.[41] 19 asrning ikkinchi yarmida oʻzbek millatining shakllanish jarayoni boshlandi, bu modernizatsiya, jadidchilik va axborot aloqalarining kuchayishi, millat haqidagi yangi gʻoyalarning paydo boʻlishida namoyon boʻldi. Turkistonning islohotchi maʼrifatchilari jadidlar millat gʻoyasining yorqin soʻzlovchilariga aylanishdi. Jadidlarning eng koʻzga koʻringanlaridan biri Behbudiy edi. Behbudiy oʻz asarlarida turkiy til atamasini oʻzbek tilining sinonimi sifatida ishlatgan va „oʻzbek tilida Turkiston aholisining aksariyati gapiradi“ deb taʼkidlagan.[42] Turkchilik gʻoyalari samarqandlik jadid hoji Muin Shukrullaevga (1883—1942) taʼsir koʻrsatdi, u 20-asrning boshlarida oʻzini Turkiston turki deb xisoblagan, „turkiy til“ va „oʻzbek tili“ atamalarini sinonim sifatida ishlatgan.[43] Keyinchalik mintaqada Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi bilan Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilib, 5 ta milliy respublikalar tashkil etildi. Shu bilan shakllangan elatlar taraqqiy etayotgan tarixiy makon sunʼiy ravishda boʻlib yuborildi. Mintaqa xalqlarining assimilyatsiya, konsolidatsiya jarayonlariga jiddiy taʼsir oʻtkazilishi va keyinchalik „sovet xalqi“ nomli yagona etnik birlikni yaratish haqidagi nazariyani amalga oshirilishi borasidagi olib borilgan siyosat ham oʻzbeklarning milliy etnik qiyofasiga, mentalitetiga raxna sola olmadi[44]. Diktator Iosif Stalin sotsialistik davlatlar millatlar sifatida burjua tuzumi homiyligida emas, balki Sovet hokimiyati homiyligida shakllangan deb hisoblar edi.[45] Stalin barcha sotsialistik millatlar istisnosiz Sovet Ittifoqi davrida shakllangan deb hisoblar edi. 21-asrda sotsiolog Alisher Ilxamov Stalinning ushbu gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi va oʻzbeklar Sovet hokimiyati davrida millat sifatida shakllanganligini taʼkidladi.[46] Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash] Oʻzbek xalqining rivojlanish jarayoni Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan sanadan boshlab yangicha mazmun kasb etdi. Tarixiy tomirlaridan kuch olgan oʻzbek milliy madaniyati, tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi oʻziga xos uygʻonish va yangilanish padlasiga qadam qoʻydi. Oʻʻzbeklarning moddiy va maʼnaviy madaniyati oʻziga xos va boydir. Uning eng yaxshi tomonlari anʼanaga aylanib, hozirgacha saqlanib kelmoqda. Oʻzbeklarning qadimiy ajdodlari tabiiy sharoitdan kelib chiqib sugʻorma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik kabi oʻziga xos xoʻjalik-madaniy tiplarni yaratganlar. Xoʻjalik-madaniy tiplarning ushbu yoʻnalishlari, oʻz navbatida, tevarak-atrofdagi tabiiy muhit bilangina emas, balki muayyan etnoslarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji darajasi bilan ham belgilanadi. Oʻzbeklarning koʻp qirrali dehqonchilik anʼanalari asrlar osha toʻplangan tajribaga tayanadi. Download 384.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling