Turkiyzabon xalq, Oʻzbekiston Respublikasi
Download 384.87 Kb.
|
Oʻzbeklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chorvachiligi
Dehqonchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dehqonchilik — oʻzbeklarning qadimiy mashgʻulotlaridan biridir. Ming yillar davomida dehqonchilik xoʻjaligini yuritish borasida koʻplab tajriba va usullar hamda fenologik (oʻsimliklar va hayvonot dunyosidagi mavsumiy oʻzgarishlar) kuzatishlar toʻplangan. Dehqonchilik borasidagi tajribalari uzluksiz holda ajdodlardan avlodlarga oʻtib bordi. Yogʻingarchilikning kam boʻlishi, issiq havo iqlimi Oʻzbekiston hududida murakkab sugʻorish tizimi vositasida mahsuldor sugʻorma dehqonchilikning keng tarqalishiga olib keldi. Ilmiy tadqiqotlardan koʻrinadiki, sugʻorma dehqonchilik miloddan avvalgi 3-asrda Xorazm, Zarafshon vohalari hamda Fargʻona vodiysida magistral kanallar qurish, har xil suv bogʻlash, taqsimlash va suv chiqarish inshootlarini barpo qilish orqali rivojlangan. Oʻzbek dehqonlari arpa, bugʻdoy, tariq, noʻxat, yasmiq, sabzi, paxta, bodom, oʻrik, zigʻirpoya, bugʻdoy kabi ziroatchilik mahsulotlarini qadimdanoq yetishtirganlar. Sugʻorma dehqonchilik xoʻjaliklari, asosan, qadimiy vohalarda Xorazm, Buxoro, Samarqand, Toshkent vohalarida, Qashqadaryo va Surxondaryo havzalarida, Fargʻona vodiysida joylashgan. Toshkent vohasi, Fargʻona va Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo va Surxondaryo togʻ etagi mintaqasida, asosan, bahorgi ekinlar yetishtirilgan. Mahalliy dehqonlar madaniy-etnik anʼanalar asosida dalachilik, polizchilik va bogʻdorchilik sohalarida turli usul va yoʻllarni ishlab chiqqanlar. Koʻp asrlar davomida turli chorvador etnik guruhlarning oʻtroqlashuvi natijasida ular mahalliy aholidan dehqonchilik tajribalarini oʻzlashtirdilar va oʻzlarining etnik va madaniy xoʻjalik xususiyatlari bilan oʻziga xos tarzda dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Shu asosda dehqonchilikning 2 turini ajratib koʻrsatish mumkin: sunʼiy sugʻorishga asoslangan intensiv dehqonchilik xoʻjaligi; asosan, chorvachilik bilan qoʻshib olib boriluvchi ekstensiv lalmikor dehqonchilik xoʻjaligi. Chorvachiligi[tahrir | manbasini tahrirlash] Oʻzbeklar xoʻjalik faoliyatining asosiy va qadimiy turlaridan biri — chorvachilikdir. Boshqa mintaqalar aholisining chorvachiligi bilan koʻpgina oʻxshash jihatlari boʻlsada, oʻzbek etnik guruhlarining har birida uy hayvonlarini boqishda oʻziga xos usul va jihatlari boʻlgan. Shu bilan birgalikda, hatto bir elat istiqomat qiladigan hududda ham chorvachilik xoʻjaligini yuritishdagi tabiiy-geografik sharoitlardan kelib chiqib hamda qoʻshni xalqlarning taʼsiri yoki ijtimoiy-iqtisodiy sabablar natijasida xilma-xil usullardan foydalanganlar. Odatda, oʻtroq aholida chorva boqish qoʻra yoki qoʻrayaylov tizimi, yarim oʻtroq aholida haydovyaylov tizimi, koʻchmanchi aholida haydov tizimi ustun turgan. Oʻ. uchun 20-asr boshlariga qadar chorvachilikning qoʻrayaylov va haydovyaylov tizimi ustuvor boʻlgan. Qoʻy, echki va boshqalar chorva hayvonlari chorvachilik xoʻjaligining asosini tashkil qilgan. Oʻzbek chorvachiligida qoʻylarning „hisori“, „qorakoʻl“ nasllarini boqishga ayniqsa koʻp eʼtibor qaratilgan. Qoʻychilik, asosan, sotishga moʻljallangan. Qoʻy juni ham bozorga chiqarilgan. Jaydari qoramollardan hoʻkiz alohida goʻsht uchun va ish kuchi sifatida parvarish qilingan. Oʻzbeklarda qadimgi davrlardan yilqichilik juda rivojlangan. Mahalliy aholi, ayniqsa, laqay, qorabayir zotli otlarni parvarish qilganlar. Dasht zonasida yashovchi oʻzbeklar tuyachilik bilan ham shugʻullanishgan. Hunarmandchilik[tahrir | manbasini tahrirlash] Hunarmandchilik oʻzbeklar orasida qadimdan keng rivojlanganligi arxeologik tadqiqotlardan maʼlum. Hunarmandchilikning rivoji shaharlarning nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy, balki siyosiy va madaniy markazlarga aylana boshlaganligi bilan chambarchas bogʻliqdir. Oʻzbek hunarmandlari koʻplab teri va jundan, yogʻoch va metalldan, xilma-xil buyumlar yasab, paxta va ipakdan turli matolar toʻqib, kiyim-kechaklarni bozorlarda sotishgan. Oʻzbek hunarmandchiligining temirchilik, degrezlik, misgarlik, zargarlik, duradgorlik, aravasozlik, yogʻoch oʻymakorligi, ganchkorlik, marmar oʻymakorligi, kulolchilik kabi keng tarqalgan tarmoqlari hamda toʻqimachilik, ipakchilik, kashtadoʻzlik, zardoʻzlik, doʻppidoʻzlik kabi uyroʻzgʻor kasbkorliklari taraqqiy etgan. Meʼmorchilik[tahrir | manbasini tahrirlash] Mir Arab madrasasi. Shayboniylar davri, 1530-chi yillar Oʻzbeklarning anʼanaviy turar joylari qadimdan oʻzigʻa xos boʻlib, ular yashagan mintaqaning tabiiy-geografik sharoiti bilan bogʻliq boʻlgan. Turar joylar barpo etishda qurilish konstruksiyasi va uslubi, rejasi va bezaklari bilan Fargʻona, Buxoro, Xiva va Shahrisabz meʼmorlik yoʻnalishlari mashhur boʻlib kelgan. Uy-joy qurilishida oʻzbeklarda qadimiy uylar, odatda, koʻcha va qoʻshni tomoni devor bilan oʻralgan hovlilardan iborat boʻlgan. Barcha turar joy va xoʻjalik xonalarining derazalari ichkari tomonga qaratilgan. Hovli 2 qismga — bolalar va ayollar uchun ichkari hovli hamda nomahram erkaklar va mehmonlar uchun mehmonxona tarzida hashamatli xonalardan iborat tashqari hovliga boʻlingan. Hunarmandlarning uylarida doʻkon va shogirdlar yashaydigan xonalar ham tashqarida joylashgan. Eng koʻp tarqalgan 2 xonali uy variantlaridan biri sifatida dahliz va katta uydan iborat boʻlgan uylarni koʻrsatish mumkin. Bunday uy-joylar, odatda, oldi aivonli va ayvonsiz qilib qurilgan. Aholi oʻrtasida anʼanaviy paxsa va sinchli uylar bilan birga gʻishtli uylar va ularni naqshinkor ganchli bezaklar bilan qurish ham mavjud boʻlgan. Oʻzbeklarda doimiy uy-joylar 10-asrga qadar, asosan, tosh, paxsa yoki xom gʻishtdan qurilgan. Loy asosiy qurilish materiali hisoblangan. Pishgan gʻisht qadimdan qoʻllanilib kelinsada, keng miqyosda undan uyjoy qurish 9-asrdan boshlandi. Buxoro va Xivada hovli eshiklariga jez yoki temirdan yasalgan bolgʻa yoki halqasimon boldoq osilgan. Eski tipdagi uylarning xonalari va derazalari ayvonga qaragan. Eshiklar ichkariga, darchalar tashqariga ochilgan. Deraza yoki eshikning yuqori qismiga yorugʻlik tushadigan tuynuk qoʻyilgan va unga yogʻoch yoki ganchdan yasalgan panjara oʻrnatilgan. Uyga kiradigan joyda eshik oldida toʻgʻri burchakli peshtoq (poygak) boʻlib, unga poyabzal yechib qoʻyilgan. Eshik oldidagi burchakda suv quyiladigan (oqizadigan) maxsus joy (obrez, adan, tashnob) joylashgan boʻlib, unga Buxoro va Samarqandda marmar tosh, Fargʻona vodiysida va Toshkentda pishiq gʻisht, Xivada maxsus sopol terilgan. Odatda, uylarning tarhi oila aʼzolarining soniga qarab bir necha uy (xona), dahliz va ayvondan iborat boʻlgan. Hovlida esa xoʻjalik uchun omborxona, hojatxona va molxona boʻlgan. Shaharlarda yoki aholi zich joylashgan qishloqlarda mehmonxona, odatda, 2-qavatda — boloxonada joylashgan. Ayniqsa, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urgut shahrilarida juda shinam mehmonxonalar qurilgan. Bu kabi mehmonxonalardan toʻy hashamlarda, motam marosimlarida ham keng foydalanilgan. Bundan tashqari, qish paytlari mehmonxonalarda mahalla erkaklari toʻplanishib gapgashtaklar oʻtkazganlar. Hozirgi kunga kelib zamonaviy uylarning qurilishi ancha takomillashgan boʻlib, uylarning qurilishidagi milliy anʼanalar zamonaviy koʻrinishlar bilan oʻzaro uygʻunlashgan. Bugungi uylar muayyan reja asosida turli qulayliklar bilan qurilmoqda[47]. Milliy kiyimlari[tahrir | manbasini tahrirlash] Milliy kiyimdagi oʻzbek yigiti (1845—1847) Oʻzbeklarning milliy kiyimlari ham koʻp asrlik tarixga ega boʻlib, anʼanaviy turmush tarzi, tabiiy-geografik muhit va xoʻjalik madaniy anʼanalar bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻzbeklarda asosiy milliy kiyimlar: erkaklarda oq yoki malla boʻzdan tikilgan koʻylak, yaktak, toʻn, belbogʻ, salla, maxsi, kavush, etik; ayollarda — roʻmol, keng koʻylak, uzun lozim, nimcha, kaltacha, maxsi, kavush. Bosh kiyimlardan — doʻppi, kuloh, islomiyat davridan boshlab uning ustidan salla oʻralgan, aslzodalarning bosh kiyimlari zarli va kumush iplar bilan bezatilgan, peshona qismiga turli olmos, qimmatbaho toshlardan yasalgan toʻgʻnogʻichlar qadalgan. Qish faslida kuloh yoki badavlat kishilar moʻynali telpaklar kiyishgan. Oʻzbeklar orasida eng koʻp tarqalgan yengil bosh kiyimi doʻppidir. Doʻppi, asosan, baxmal, sidirgʻa shoyi, satin qabi matolarga ip, ipak, zar bilan kashta tikib tayyorlangan. Oʻzbekistonda Chust, Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz doʻppilari keng tarqalgan. Toshkent doʻppisi sidirgʻa koʻk baxmalga tikilgan. Oyoq kiyimlari tag charmi yumshoq boʻlgan uzun, qoʻnjli, poshnasiz, kavush bilan kiyiladigan maxsi, oʻziga toʻq odamlar orasida esa uch qismi qayrilgan baland poshnali etik kiyish urf boʻlgan. Ayollar bosh kiyim sifatida, asosan, roʻmol oʻragan. Yoshi va mavqeiga, oilaviy ahvoliga qarab doka roʻmol, shol roʻmol, gʻijim roʻmol va boshqalar xil roʻmollar oʻralgan (oʻralish usuli ham turlicha boʻlgan). Qizlar uchun qulay bosh kiyimi doʻppi hisoblangan. Toshkentda iroqi chorgul, Samarqandda yoʻrmadoʻzi, Andijonda munchoq gulli, Buxoroda zardoʻzi, Qashqadaryo, Surxondaryoda iroqi doʻppilar mashhur. Bosh kiyimlar ustidan chiroyli naqshlar bilan bezatilgan tilla qoshlar, boʻyinga boʻyintumor, zebigardon, qoʻlga bilaguzuk, uzuk, burunga buloqi va boshqalar taqinchoqlar taqilgan. Ayollar odmi gaz mollardan tikilgan qomatga yopishib, koʻylak etagidan bir oz yuqoriroq turadigan avraastarli paxtalik choponlar ham kiyishgan. 19-asrning 80-yillarigacha kiyimlar toʻgʻri bichimli shaklni saqlagan. Kiyim shakllarining yoʻlyoʻl, sidirgʻa va gulli mahalliy matolardan tayyorlangan, oldi, etagi, yeng uchi, yoqasi gulli jiyak bilan hoshiyalangan koʻrinishlari keng urf boʻlgan. 19-asrning 20—30-yillarida kiyim bichimi oʻzaro bir-biriga yaqin boʻlgan 2 yoʻnalishda oʻzgarib bordi. 20-asrning boshlaridan boshlab oʻzbeklar oʻrtasida yevropacha kiyimlarni kiyish urfga kirdi. Milliy kiyimga yevropaliklar kiyimi xususiyatlarining kiritilishi milliy koʻylakni shim bilan ayollar koʻylaklarini nimcha bilan kiyilishiga olib keldi. Bu tarixan hayot sharoitining oʻzgarishi va ommaviy sanoat ishlab chiqarishining hunarmandchilikdan ustunligi tufayli sodir boʻldi. Milliy bichimdagi kiyimlar qomatga qarab tikila boshlandi, ayol koʻylaklari torayib va kaltalashib bordi, oldinroq yuzaga kelgan koketkali (koʻkrak burma) va qaytarma yoqali koʻylaklar hayotga muqim kirib bordi, yengi kaltalashdi. 20-asrning 50—60-yillaridan boshlab erkaklar kiyimini toʻgʻri yelkali qomatga moslangan pidjak, keng shimlar, ayollar koʻylagini toʻgʻri yelkali erkin kesma lif, etakka tomon kengaygan yubka kiyish rasm boʻla boshlagan. Biroq, oʻzbeklar orasida yevropacha kiyimlar bilan birga milliy kiyim ham urfdan qolmadi. Uning oʻziga xosligi shaklida va milliy mato koloritida namoyon boʻldi. Bu jihatdan ayollarning keng yozgi koʻylagi va erkaklar yaktagi diqqatga sazovor. Keksa odamlar orasida toʻnning kundalik kiyim sifatida saqlanib qolishi anʼanaviy tus oldi. Taomlar Anʼanaviy palov va manti Oʻzbeklarning taom tayyorlash anʼanasi va madaniyati koʻp asrlik tarixga ega boʻlib, milliy taomlarni tayyorlashda azaldan turli xil goʻsht, oʻsimlik mahsulotlaridan keng foydalanganlar. Oʻzbeklar kundalik ovqat sifatida bugʻdoy, arpa, guruch, noʻxat, mosh, zigʻir, kunjut kabi don, sabzi, piyoz, sholgʻom kabi sabzavotlar, qovun, tarvuz kabi poliz mahsulotlarini keng isteʼmol qilganlar. Azaldan milliy taomlarni tayyorlash uchun chorva — qoʻy, qoramol, echki yogʻlari, kunjut, zigʻir va sariyogʻ (sut mahsulotlaridan olingan), paxta yogʻi ishlatilib kelinadi. Ovqatlanishda, ayniqsa shaharliklarning asosiy taomlari sut mahsulotlaridan: qatiq, suzma, tvorog yoki chakki (zardobi olingan qatiq), qaymoq va boshqalardan iborat. Taomga juda koʻp zira va zirk ishlatiladi. Goʻshtli, sabzavot va yormali quyuq taomlar zaʼfaron, kashnich qoʻshib tayyorlanadi. Umuman, oʻzbek milliy taomlari oʻzining lazzatliligi, kaloriyaliligi va servitaminligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, palov, norin, shoʻrva, kabob, mastava, shavla, moshxoʻrda, moshkichiri, chuchvara, shilpildoq va boshqalar keng tarqalgan. Baʼzi quyuq taomlar (palov) tayyorlashning oʻnlab usullari mavjud. Norin tayyorlash ham oʻzbek pazandachiligida alohida oʻrin tutadi. Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida non yopishda kunjut, arpabodiyon, sedanani keng qoʻllaydilar. Dini[tahrir | manbasini tahrirlash] Oʻzbeklarning Oʻrta Osiyoda yashagan qadimiy ajdodlari tangrichilik, shomonlik, zardushtiylik, buddaviylik, moniylik kabi dinlarga eʼtiqod qilganlar. Bu diniy eʼtiqodlarning ayrimlari Oʻrta Osiyoda islom dini yoyilgunicha (8-asrgacha) saqlangan. Hozirda aksariyat oʻzbeklarning dini islom dini boʻlib, uning sunniylik mazhabi Oʻzbekiston hududida 10-asrdan soʻng hukmron mavqega ega boʻlgan. Imom al-Buxoriy maqbarasi, Samarqand yaqiniga Urf-odatlari Sovet markasida oʻzbek cholgʻu asboblari Oʻzbeklarning urf-odatlari, marosimlari va bayramlari rangbarang hamda oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, bir necha ming yillar mobaynida shakllanib kelgan. Anʼanaviy urf-odatlar va marosimlar oʻzbek xalqining etnogenezida ishtirok etgan dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan voha va choʻl aholisiga xos elementlarni oʻziga singdirgan turli qabila va etnik guruhlarning etnomadaniy tajribalarining murakkab qoʻshilishi jarayonida shakllangan. Masalan, bola tugʻilishi (chilla, beshik kerti), sunnat toʻyi, nikoh va motam marosimlarida Oʻrta Osiyo xalqlariga xos umumiy oʻxshashliklar mavjud. Oʻzbeklarda jamoa munosabatlariga oid urf-odatlarni shaharda mahalla, qishloqda qishloq jamoasi aks ettirgan, ularning faoliyatida erkaklar va bolalar qatnashgan. Oʻtmishda barcha udumlar, marosimlar qishloq va shaharda mahalla jamoalarining tashabbusi bilan oʻtkazilgan. Jumladan hashar keng tarqalgan. Hasharning bir necha turi mavjud: jamoa ishlarini bajarishda, qoʻni-qoʻshnichilik va qavm-qarindoshlik doirasida oʻtkaziladigan hashar va boshqalar Jamoa hashari bilan uyjoy, koʻprik qurish va taʼmirlash, ariq-zovurlar qazish, ularni loyqadan tozalab turish; masjid qurish va taʼmirlash, mozorlarni tozalash va boshqalar ishlar bajarilgan. Yoshlarni odob-axloq ruhida tarbiyalashda jamoaning oʻrni ham katta boʻlgan. Jamoaning har bir aʼzosi mehmondorchilik, maʼraka va boshqalar jamoat joylarida yoshi va mavqeiga qarab joy egallagan. Oʻzbeklarning jamoa marosimlariga Navroʻz bayrami. mehrjon sayli, lola sayli, qizil gul sayli, Roʻza hayiti (Iyd al-Fitr), Qurbon hayiti (Iyd al-Adho), sumalak sayli va boshqalar, ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xalq odatlari, rasmrusumlari kiradi. Har bir bayram oʻz tarixiga ega boʻlib, u xalq ijodiy mehnati va hayot sharoiti bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek xalqi orasida eng keng tarqalgan, milliy tusga ega boʻlgan urf-odatlardan mavsumiy marosimlar diqqatga sazovordir. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, oʻzbek mavsumiy marosimlarini quyidagi turkumlarga tasnif etish mumkin: Qishda oʻtkaziladigan gapgashtak, yasayusun kabilar; Bahorgi marosimlar — Сабантуй, shoxmoylar (qoʻsh chiqarish), lola yoki qizil gul sayli, loy tutish, sust xotin kabilar; Yozgi marosimlardan qovun sayli, choy momo va h.k.; Kuzgi marosimlar — hosil yigʻimi bilan bogʻliq mehrjon, oblobaraka, shamol chaqirish, uzum sayli kabilar. Sovetlar hukmronligi davrida amaldagi mafkuraga muvofiq, bir qancha marosimlar, jumladan, „komsomol toʻyi“, „qizil toʻy“, Oktabr (7-noyabr) bayrami, Sovet Armiyasi kuni, Sovet konstitutsiyasi kuni, „Paxta bayrami“ va boshqalar joriy etildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, bu bayramlarning koʻpchiligi oʻz-oʻzidan barham topdi, lekin joriy taqvim bilan bogʻliq umumbashariy bayramlardan 1-yanvar — Yangi yil kuni, 8-mart — xalqaro xotin-qizlar kuni saqlab qolindi. Ayni vaqtda, mustaqil Oʻzbekiston Respublikasida yangi xalq bayramlari taʼsis etildi: 1-sentabr — Mustaqillik kuni, 8-dekabr — Respublika Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, 9-May — Xotira va qadrlash kuni. Shuningdek, Roʻza va Qurbon hayitlari kuni, Navroʻz bayrami tiklandi va yangicha mazmun kashf etdi. Jamoaviy turmush tarzi Oʻzbeklar jamoaviy turmushi chuqur tarixiy ildizlariga ega. Bu tartibotning ibtidosi antik davrlarga borib taqaladi. Yozma va arxeologik manbalarda mintaqaning qadimiy shaharlari aholisi orasida jamoalar faoliyat koʻrsatganligi, faqat turmushdagina emas, balki ishlab chiqarishda ham jamoa asoslari mavjudligi qayd etilgan. Oʻrta asrlarda jamoa faqat jamoaviy asoslardagina sugʻorish tizimini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash, binobarin, dehqonchilik bilan shugʻullanish mumkin boʻlgan qishloq aholisi uchun ham, shuningdek, shahar aholisi uchun ham oʻzining ilgarigi ahamiyatini saqdab qolgan edi. Oʻz-oʻzini boshqaruvning tarixan tarkib topgan ushbu tizimi nafaqat birgalikda faoliyat olib borishgina boʻlmay, ayni vaqtda ijtimoiy hayotni tashkil etish, oila va turmush anʼanalarini, rasmrusumlarini xalqimiz turmush tarzining barcha tizimini saqlash va boyitishdan ham iborat boʻlgan. Yaqin vaqtlargacha, hududiy qoʻshnichilik jamoasi xalqimizda turli mintaqalarda turlicha nomlar bilan atalgan, chunonchi, „mahalla“, „guzar“, „masjid“, „jamoa“, „elat“. 20-asrning 90-yillaridan respublikaning shahar va qishloqlarida hududiy qoʻshnichilik jamoasi yagona mahalla atamasi bilan yuritiladigan boʻldi. Zero, oʻz-oʻzini boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadriyatlariga juda mos boʻlgan ushbu usuli — mahallalar tizimi soʻnggi yillarda juda katta nufuzga ega boʻlib bormoqda. Hozirgi davrda oʻzbeklar zamonaviy kasbhunarni egallamoqdalar. Kompyuter va internetdan foydalanish oʻzbeklar hayotiga singib ketdi. Demokratik jarayonlar rivojlanmoqda. Milliy, madaniy qadriyatlarga eʼtibor kuchaymoqda. Xorijdagi oʻzbeklar[tahrir | manbasini tahrirlash] AQShdagi Kolumbiya universitetining professori Silviya Nazar Budapeshtda (Vengriya) Yevropa fanlar akademiyasida ishlagan birinchi oʻzbek olimi Mullo Isʼhoq (1836—1892) edi. Hozirda oʻzbeklar dunyoning 20 dan ortiq davlatida istiqomat qiladi. 20 asrda jahonga mashhur oʻzbeklar ichida AQShning Indiana universiteti professori Nazif Shahroniy, Michigan universitetining professori Temur Xoja ogʻli, Turkiya parlamenti deputati Ahat Andijon, AQShdagi yozuvchi, Kolumbiya universitetining professori Silviya Nazarlarni tilga oilsh mumkin. Silviya Nazarning „Ajoyib aql“ romani[48] asosida toʻrtta Oscar mukofotiga sazovor boʻlgan film suratga olindi. Ular orasida tarix fanlari doktori, birinchi oʻzbek antropologi Telman Xoʻjayov (1938—2022), fizika-matematika fanlari doktori, “Kurchatov instituti” Tokamak milliy ilmiy-tadqiqot markazi Fizika instituti direktori, E. Azizov (1936—2015), tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasi, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi, Rossiya Immunologiya instituti direktori (1988—2014), Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti sohibi, ikki marta Rossiya Federatsiyasi Hukumati mukofoti sohibi, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi R.M. Xaitov (1944—2022). Aktyorlar ham Rossiyada yashaydi: Shuhrat Irgashev, Ravshana Kurkova, rejissyorlar: Elyor Ishmuhamedov, Rustam Hamdamov va boshqalar. Boymirza Hayit Mahmudmirza oʻgʻli (1917 — 2006) — Turkiston va Oʻrta Osiyo boʻyicha tarixchi va sharqshunos olim. U London universitetida assistent, Harvard, Anqaradagi Hajettepe, Istanbul universiteti va Istanbuldagi Marmara universitetlarida maʼruzachi boʻlib ishlagan.[49] Xorijdagi oʻzbek milliarderlari orasida Alisher Usmonov (Rossiya), Fattoh Shodiyev (Qozogʻiston), Iskandar Mahmudovlarni (Rossiya) taʼkidlash mumkin. Adabiyotlar Yakubovskiy A.Yu., K voprosu ob etnogeneze uzbekskogo naroda. T., 1941; Ismoilov H., Anʼanaviy oʻzbek kiyimlari (Etnografik materiallar), T., 1978; Shaniyazov K.Sh., Ismailov X.I., Etnograficheskiye ocherki materialnoy kultury uzbekov kontsa XIX — nachala XX v., T., 1981; Ahmedov B., Tarixdan saboqlar, T, 1995; Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001; Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001; Kadirova T.F., Arxitektura Uzbekistana, M., 1987; Qoraboyev U., Oʻzbek xalq bayramlari, T., 2002; Jabborov I., Oʻzbeklar anʼanaviy turmushi va madaniyati, T., 2004; Oʻzbek pazandalik sanʼati, T., 2005. Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash] ↑ „Population: 12,661,637 (July 2013 est.) [Uzbeks = 50%“]. Central Intelligence Agency (CIA). The World Factbook. 9-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2013-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (9-iyul 2016-yil). ↑ „Afghan Population: 38,108,077 (July 2013 est.) [Uzbeks =20%“]. Central Intelligence Agency (CIA). The World Factbook. 8-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2013-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (6-yanvar 2019-yil). ↑ „Population: 2,910,041 (July 2013 est.) [Uzbeks = 19.3%“]. Central Intelligence Agency (CIA). The World Factbook. 31-mart 2001-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2013-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (31-mart 2001-yil). ↑ Chislennost postoyannogo naseleniya Kirgizskoy Respubliki po otdelnim natsionalnostyam v 2009-2018 gg. ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Etnodemograficheskiy sbornik Respubliki Kazaxstan 2014. ↑ Soglasno perepisyam naseleniya dolya uzbekov v naselenii Turkmenii vozrastala (1970 — 8,3 %, 1979 — 8,5 %, 1989 — 9,0 %, 1995 — 9,2 %). Odnako uje v 2001 g. prejniy prezident strani S. Niyazov nazval sifru vsego 3 % uzbekov. Odnovremenno voznikli trudnosti s obyektivnoy otsenkoy chislennosti naseleniya Turkmenii: S.Niyazov prognoziroval 9 mln jiteley na 2009 g., togda kak Byuro Perepisey SShA (chi dannie ispolzuet ЦРУ), schitaya ofitsialnie otsenki chislennosti naseleniya silno zavishennimi, prognozirovalo lish 4,9 mln jit. na etu je datu. OON otsenivaet chislennost naseleniya strani v 2009 g. v razmere 5,1 mln jit.[1]. Sovremennoe rukovodstvo Turkmenii do nastoyaщego vremeni ne opublikovalo inoy otsenki chislennosti naseleniya, odnako v predstavlennom Turkmeniey doklade dlya OON figuriruet sifra 5,4 mln jit. na kones 2006 g.(Natsionalniy doklad, predstavlenniy v sootvetstvii s punktom 15 A) Prilojeniya k Rezolyutsii 5/1 Soveta po pravam cheloveka. Turkmenistan Wayback Machine saytida arxivlandi (2-oktabr 2013-yil).). Yesli isxodit iz soxraneniya doli uzbekov v naselenii strani, zafiksirovannoy perepisyu 1995 g., a takje naseleniya strani v razmere ok. 5 — 5,5 mln jit., chislennost uzbekov sostavit ok. 460—510 tis. chel. ↑ Download 384.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling