Markaziy Osiyo dinlari(tangrichilik, shomonlik, zardushtiylik, moniylik, yaxudiylik)
Download 129.16 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tangrichilik
- Zardushtiylik .
“Markaziy Osiyo dinlari(tangrichilik, shomonlik, zardushtiylik, moniylik, yaxudiylik)” mavzusi bo‘yicha nazorat savollari: 1. Tangrichilik dinining vujudga kelishi haqida nimalarni bilasiz? 2. Tangrichilik qadimiy turkiylar hayotida qanday o‘rin tutgan? 3. Zardushtiylik qachon va qaerda vujudga kelgan? 4. Zardushtiylik muqaddas manbasi qaysi va u haqida nimalarni bilasiz? 5. Moniylik dinining asoschisi haqida qanday qarashlar mavjud? 6. Moniylikning muqaddas manbalari haqida gapirib bering. 7. Buxoro yahudiylari O‘rta Osiyoning asosan qaysi shaharlarida yashaganlar? 8.Yahudiylarning birinchi alohida mahallasi qachon va qaerda vujudga kelgan? 1. Tangrichilik. Tangrichilik osmon xudosi «Tangri»ga e’tiqod qilgan qadimiy turkiylarning dini bo‘lib, mil.avv. 2-ming yillik oxiri va 1- ming yillikda vujudga kelgan. Ko‘pchilik mutaxassislar oliy osmon xudosi shumerlarda – «Dingir», qadim xitoyliklarda - «Tyan» va xunnlarda - «Chenli» nomi bilan mavjud bo‘lganidan kelib chiqib, ularda aynan bir xudo - Tangri nazarda tutilgan, deb e’tirof etadi. Olimlar mazkur qiyosga tayangan holda tangrichilik eng qadimgi dinlardan biri ekanini ta’kidlaydilar. Ayrim tadqiqotchilar fikricha, 5-6 ming yillar muqaddam qadimgi Shumerdan Oltoygacha bo‘lgan ulkan hududda protooltoy qabilalari yashagan. Qadimgi shumerlar qadimgi turk tiliga yaqin bo‘lgan protooltoy tili lahjasida so‘zlashganlar. Shu davrda Tangrichilik protooltoy xalqlarining eng qadimgi dini, insoniyat tarixidagi ilk monoteistik dinlardan biri sifatida shakllangan. 2. Tangrichilik qadim zamonda jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri bo‘lgan. Qadimgi oltoy xalqidan kelib chiqqan turkiy, mongol, tungus-manjur, koreys va yapon xalqlarida Tangrichilikning izlari hozirgacha saklanib qolgan. Mil. av. 1-ming yillikdan boshlab oltoy xalqlarining turkiy xalqlar guruhi G’arbga qaytish borasida harakatini kuchaytirgan. Hunnlar, sak, massaget, yueyji, kushon, eftaliylar yagona osmon ruhi – Tangriga sajda qilganlar. Diniy qarashlar sodda va tushunarli bo‘lgani, diniy marosimlarning qat’iy bajarilgani ularning ming yillar davomida avloddan avlodga o‘tib kelishini ta’minlagan. Ba’zi olimlar tangrichilikda «Olqish» («Qo‘shiqlar to‘plami») yozma manbasi bo‘lgani va unda tangrichilik aqidasi, marosimlari va ibodat qilish tartiblari bayon etilganini ta’kidlaydilar. Tangrichilik ta’limotiga ko‘ra, Tangri bu – Moviy Osmon, Buyuk Osmon sohibi ruhi bo‘lib, uning doimiy makoni osmon deb hisoblangan. Tangri so‘zi turkiy xalqlarda Tengri yoki Tengeri (oltoy), Tengri (qipchoq), Tanri (turk), Tengri (tatar), Tangara (yoqut), Tengiri (kumiq), Teyri (bolqor-qorachoy), Tenger (mo‘g‘ul), Tura (chuvash) shakli ham ishlatilgan. Tangri butun borliqning yaratuvchisi, cheksiz fazoda faqat uning o‘zi hamma narsadan voqif, adolatli va marhamat egasi bo‘lgan erkak qiyofadagi yagona xudo sifatida tasavvur qilingan. Butun borliq bo‘ysunuvchi Tangri insonlar, xalq va davlatlarning taqdirini belgilaydi deb e’tiqod qilingan. 3. Zardushtiylik . Spitama qabilasidan bo‘lgan Pourushaspa o‘g‘li Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zaraxustra «boqiy yulduz» va «chiroyli tuyalarga ega bo‘lgan») ushbu dinning asoschisi hisoblanadi. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, bu nom unga Axura-Mazda (yunoncha, Ormuzd –«Donishmandlik sohibi») tomonidan berilgan. Zardushtning yashagan davri va joyi haqida turli taxminlar mavjud. Tadqiqotchi M.Boysning ta’kidlashicha, u mil. avv. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Uning fikricha, Zardusht o‘z da’vatini Gushtasb Luxrasb ismli kayoniylar podshohi davrida boshlagan. Bunga u zamonaviy zardushtiylarning hozirgacha mil.avv. 1738 yil shoh Vishtasp tomonidan qabul qilingan «fasli» kalendaridan foydalanib kelayotganlarini dalil qilib ko‘rsatadi. 4. «Avesto» - «Videvdat», «Yasna», «Visparad» va «Yasht» nomi bilan yuritiladigan bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. 22 bobdan tashkil topgan «Videvdat» - «Avesto»ning saqlanib qolgan bo‘limlari orasida eng mukammali bo‘lib, unda odamlar yashaydigan barcha yurtlar Axura- Mazda tomonidan yaratilgani, kasallik, o‘lim, azob-uqubatlar bo‘lmagan zamon, ya’ni insoniyatning farovon hayoti, Zardusht bilan Axura- Mazdaning savol-javoblari, qasam ichish, va’dada turish, ahdni buzish, tozalik, yuvinish asoslari kabi masalalar yoritilgan. «Yasna» - diniy marosimlarda o‘qiladigan duolar bo‘lib, 72 bobdan tashkil topgan. Zardushtning so‘zlari hisoblanadigan 17 fasl, 338 qit’a, 896 misra va 5560 so‘zdan iborat «Gat»lari ham shu bo‘limdan joy olgan. «Gat»ning har bir she’ri pahlaviy tilida «Gas» deyiladi. Umuman olganda, bu bo‘limda olovning muqaddasligi, zardushtiylik marosimlari orasida olovga e’tiqod qilish, Axura-Mazda nurining Quyoshda namoyonligi va uning Yerdagi zarrasi deb bilinishi, olovning haqni nohaqdan, eng oliy gunoh hisoblanmish yolg‘onni rostdan ajratib berishi, yolg‘onning chin e’tiqodga xiyonat, deb qoralanishi kabi e’tiqodiy tushunchalar o‘z aksini topadi. 5. Moniylik. Dualistik dinlarning eng yirigi bo‘lgan moniylikka Surayk ibn Fatak (216-276) tomonidan asos solingan. Uning arabiylashtirilgan to‘liq nomi X-asr arab manbalarida Moniy - Surayk ibn Fatak shaklida zikr qilingan. Ushbu din qadimgi Bobil dinlari, yahudiylik, xristianlik, buddaviylik va zardushtiylikning diniy ta’limotlari asosida vujudga kelgan. O‘z davrida Moniylik G’arbda Rimgacha, Sharqda Xitoy va Hindistongacha bo‘lgan hududda keng yoyilgan va yuqori nufuzga ega bo‘lgan. III asrda Somoniylar davlati Zardushtiylik dinining ta’siri ostida edi. Shunday bo‘lsada, Moniy xristian - yahudiy ta’limotlari asosida ulg‘aygan. Uning ota-onasi (Fatak va Maryam) asli Parfiya sarkardalari avlodlaridan bo‘lgan. Moniyning yoshligi gnostiklar (ilk xristianlikda xudo va dunyoning yaratilishi haqidagi ta’limotni yaratishga uringan diniy- falsafiy oqim) ibodatxonasida o‘tgan va 12 yoshga to‘lganida o‘ziga ilohiy xabar (vahiy) kelganini ma’lum qilgan. O‘ziga xabar bergan ilohning nomini Moniy «ikki mohiyat (Nur va zulmat, yaxshilik va yomonlik) ruhi» deb atagan. Shunga ko‘ra, uning ta’limotini ikkixudolik g‘oyasi (gnostik dualizm)ga asoslangan deb aytiladi. Shundan so‘ng unga Moniy – «Ruh» laqabi berilgan. 6. Moniy o‘zini Zardusht, Siddhartha Gautama (Budda) va Iso Masihlarning izdoshi deb biladi. Shunga asoslanib Moniylikni, sinkretik (qorishiq) xarakterga ega deyiladi. Ammo ayrim ma’lumotlarda Moniy o‘zining ilk targ‘ibotini aynan Mesopotamiyada emas, balki Hindistonning shimoliy-sharqiy qismlarida boshlagani aytiladi. Chunki Moniy, u yerda jahon dinlaridan biri bo‘lgan buddaviylik ta’limotini o‘rganish bilan bir paytda, o‘zning targ‘ibotchilik ishlarini ham boshlab yuborgan edi, deyiladi. 275 yilda mamlakatda yuqori nufuzga ega bo‘lgan Mug‘lar (zardushtiylik kohinlari)ning qistovi bilan Fors davlatining yangi shohi Bahrom I Moniyni zindonga tashlashga farmon bergan va 276 yilda qatl ettirgan. Shundan so‘ng Moniy izdoshlarining ba’zilari qiynoqlarga mahkum etilgan, ayrimlari mamlakatdan badarg‘a qilingan. Aksariyat qismi esa g‘arbda Rim imperiyasi, sharqda esa Sharqiy Turkiston, Uyg‘uriston hamda ularning atrofidagi davlatlarda panoh topib, moniylik ta’limotini rivojlantirganlar. 7. Download 129.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling