Markaziy Osiyo dinlari(tangrichilik, shomonlik, zardushtiylik, moniylik, yaxudiylik)
Buxoro yahudiylari jamoasi tarixi
Download 129,16 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4-topshiriq
Buxoro yahudiylari jamoasi tarixi. Yahudiylik dunyoda keng
tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Eng yirik yahudiy jamoalari Isroilda 5,6 mln., AQShda 5,6 mln., Kanadada 350 ming, Rossiyada 230 ming, G’arbiy Yevropa davlatlaridan Fransiyada 310 ming, Germaniyada 230 ming, Buyuk Britaniyada 280 ming, Argentinada 200 ming, Avstraliyada 110 ming, Braziliyada 110 ming kishini tashkil qiladi. Yahudiylik miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. 8. Falastin hududidan Rim imperiyasining turli tomonlariga butunlay badarg‘a qilinadilar. Shu tariqa, bu davrlarda yahudiy xalqining katta qismi asir qilib olingan yoki bu yerlardan quvg‘in qilingan. Aynan mana shu hol yahudiylarning keyinchalik Falastin hududidan tashqariga, jumladan, Markaziy Osiyoga tarqab ketishiga sabab bo‘ldi. Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, miloddan avvalgi VII asrdayoq yahudiylar Isroilni tark etib, Misr, Eron va boshqa yurtlarda panoh izlashgan. Yahudiylar O‘rta Osiyoga qadim zamonlardan ko‘chib kelganlar. Ularning bu kelishlari haqida turli xil rivoyatlar mavjud. Miloddan avvalgi 722 yilda Isroil podshohligi Ossuriya tomonidan, miloddan avvalgi 586 yilda esa Bobil davlati tomonidan bosib olingach, yahudiy xalqining bir qismi o‘lkadan haydab chiqarildi. Bu esa yahudiylarning Osiyo o‘lkalari bo‘ylab tarqalib ketishiga sabab bo‘ldi. Hatto miloddan avvalgi VIII asrlarda ba’zi yahudiylar Isroilni tark etib, Misr, Eron kabi o‘lkalarda boshpana topganliklari haqida ham ma’lumotlar bor. Fors davlati ma’lum muddat O‘rta Osiyoni o‘z hukmi ostida tutib turgan va xuddi shu davrda yahudiylarning ko‘chib kelishi boshlangan. Yahudiylar O‘rta Osiyoda So‘g‘diyona davlati davrida, ya’ni miloddan avvalgi II asrda paydo bo‘ldilar. Ular Eron orqali Marvga kelib, so‘ng u yerdan Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarga tarqaldilar. Download 129,16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling