Mavlon burxanov
Download 108.93 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqKuntug\'mish test
MAVLON BURXANOV 1. ”Kuntug‘mish” dostonining qaysi xalq baxshilaridan yozib olingan variantlari mavjud? A) Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Islom Shoir, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li B) Egamberdi Ollamurod o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li C) Saidmurod Lanoq o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Umir baxshi shoir, Berdi baxshi D) Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Bo‘ron shoir 2. ”Kuntug‘mish” dostonida Kuntug‘mishni halokatdan saqlab qolgan timsol kim? A) Xolmo‘min yasovulboshi B) Qilichxon laqabli podsho C) Qatag‘anlik Olim sayyod D) Qosim qofilaboshi 3. ”Kuntug‘mish” dostonidagi Kuntug‘mish va Xolbeka taqdirini qaysi timsollarsiz to‘laqonli tasavvur qilish qiyin? A) Mullavachcha, Zamonqul, Qosim B) Xolmo‘min, Qilichxon, Azbarxo‘ja C) Shoir vazir, Avliyoi Qoraxon, Mullavachcha D) Xolmo‘min, Toir vazir, Zamonqul 4. ”Haqiqat izlagan senga osildi, Assalomu alaykum, dorning og‘ochi”,- degan nola kimga tegishli? A) Kuntug‘mish B) Barchin C) Alpomish D) Xolbeka 5. ”Shunday niginga qarasa, niginning yuzida xati bor, yer yuzida jami parini bandiga olgan bandi bor, olam mamlakatiga bermaydigan xosiyati bor, har yerda suluv barno qiz bo‘lsa, oti bor. . . ” Ushbu tilsimli ashyo uchraydigan dostonni ko‘rsating. A) ”Ravshan” dostoni B) ”Kuntug‘mish” dostoni C) ”Alpomish” dostoni D) ”Malika Ayyor” dostoni 6. Xalq dostonlariga xos xususiyat qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1. Xalq dostonlari qahramonlari favqulodda xususiyatga ega bo‘ladi. 2. Xalq dostonlari qahramonlari qaltis sinovlarga duch keladi. 3. Xalq dostonlari she’riy va nasriy yo‘lda yaratiladi. 4. Xalq dostonlari asosan yozma dostonlar ta’sirida yaratiladi. 5. Xalq dostonlari yirik hajmli va muallifi noma’lum bo‘ladi. 6. Xalq dostonlari aytilish usuliga ko‘ra qahramonlik, jangnoma, romantik, tarixiy va kitobiy dostonlarga bo‘linadi A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 3, 5, 6 7. ”Qilichxon” laqabi bilan tanilgan shoh obrazi qaysi asar qahramoni? A) ”Shohnoma” B) ”Xudoynoma” C) ”Kuntug‘mish” D) ”Rustamxon” 8. Xalq dostonlarida maydon talashayotgan otlar holati yoki jang ko‘rinishi tasviri necha bo‘g‘inli misralarda keladi? A) 11 bo‘g‘inli B) 13 bo‘g‘inli C) 8 bo‘g‘inli D) 6 bo‘g‘inli 9. Shukur, ajalimiz yetgani yo‘q ekan, o‘lmay shu tog‘ga keldik, albatta, chashmazor suvlar, har alvon mevalar bo‘lsa kerak. Berilgan gap qaysi asarda kimlar tomonidan aytilgan? A) ”Uch og‘a-ini botirlar”, uch aka-uka B) ”Alpomish”, Alpomish va Qorajon C) ”Kuntug‘mish”, Kuntug‘mish va Xolbeka D) ”Susambil”, eshak, ho‘kiz, xo‘roz, kalamushlar va arilar 10. 8-sinf darsligida ”Kuntug‘mish” dostonining qaysi baxshidan yozib olingan nusxasi keltirilgan? A) Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li B) Nurmon Abdivoy o‘g‘li C) Ergash Jumanbulbul o‘g‘li D) Egamberdi Ollomurod 11. ”Kuntug‘mish” dostonida Kuntug‘mish va Xolbeka ichiga solingan xom teri necha kun deganda otning dumidan uzilib, tushib qoladi? A) 3 kun B) 7 kun C) 6 kun D) 9 kun 12. ”Kuntug‘mish” dostonida Kuntug‘mish va Xolbekaning xom teri ichidan chiqib olishiga nima yordam beradi? A) baytal B) quzg‘un C) cho‘l jonivorlari D) it 13. Qaysi folklor asarida Qur’oni Karimni o‘rtaga qo‘yib do‘st tutingan, lekin bunga amal qilmagan xiyonatkor odam obrazi bor? A) ”Ravshan” B) ”Kuntug‘mish” C) ”Uch og‘a-ini botirlar” D) ”Susambil” 14. ”Kuntug‘mish” dostonida qaysi daryo nomi keltirilgan? A) Mug‘ol B) Tajang C) Amudaryo D) Sirdaryo 15. ”Kuntug‘mish” dostoni qahramonlari haqida bildirilgan fikrlarning qaysi biri noto‘g‘ri? 1) Kuntug‘mish − Avliyoyi Qoraxonning o‘g‘li; 2) Kuntug‘mish − Qilichxon laqabli Avliyo otaning o‘g‘li; 3) Kuntug‘mish − No‘g‘ay podshosining o‘g‘li; 4) Xolbeka − Zangar podshosining qizi; 5) Xolbeka − Shoir vazirning qizi; 6) Xolbeka − Tohir vazirning qizi. A) 1, 2, 5, 6 B) 3, 5 C) 4, 6 D) 1, 5, 6 16. Otimni . . . deydi. Men . . .ning xoniman, Dilbaridan ayrilib, men bir ajab sarsoniman, Download 108.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling