Manbashunoslik


Zamonaviy manbashunoslik muammolari


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

11.3. Zamonaviy manbashunoslik muammolari
Shu paytgacha chop etilgan manbashunoslikka oid qo'Ilanma, t o ‘plam 
va rus tilidagi darsliklar ushbu fan sohasidagi zamonaviy yutuqlarni t o ‘liq 
aks ettirmaydi. Buning asosiy sababi 0 ‘zbekiston tarixiga oid barcha 
yozm a m anba, toshbosma kitob, bosm a kitob, vaqtli m atbuot — jurnal 
va gazeta materiallari, ularning xususiyatlari jiddiy o ‘rganilib, ularning
111


hammasi haqida m a ’lu m o tn o m a yaratilishi zarur. Bundan tashqari, e'ng 
m uhim m anbalar alohida tadqiq etilib, kitob holida bosib chiqarilishi 
kerak. M ana shular asosida a w a l maktab, akademik litsey, kasb-hunar 
kollejlari, bakalavriat va magistratura talabalariga moslab o ‘quv q o ‘llanma, 
darslik va yordamchi adabiyotlami chop etish bugungi kun davr talabidir. 
Mavjud adabiyotlar, shu jum ladan ushbu darslik ham m a ’lum darajada 
kamchilik va biryoqlamalikdan holi emas. Bir necha oliy o ‘quv yurtida, 
jumladan M irzo Ulug'bek nomli Milliy univenitet, Nizomiy nomidagi 
Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent Islom Universiteti, 
Toshkent davlat sharqshunoslik institutlarida manbashunoslik fanidan 
dars berayotgan pedagoglarning, 0 ‘zbekiston F anlar akademayasi ilmiy 
tadqiqot inastitudagi olimlar m anbashunoslik b o ‘yich m ukam m al darslik 
yaratishadi deb umid bildiramiz.
11.4. Manbashunoslikka oid adabiyotlar tahlili
Bizning tariximiz juda boy, yozma yodgorliklarimiz k o ‘p boMishiga 
qaramay, o ‘z madaniy merosimizni butun boyligini namoyish etadigan, 
uning o ‘ziga xos xususiyatlari va jahon madaniyati xazinasiga hissa b o ‘lib 
q o ‘shilganlarini alohida k o ‘rsatadigan m anbashunoslik fani sohasida 
yaratilgan m ukam m al darslik va qo'llanm aga ega emasmiz. Yurtimizda 
tarix fani sohasida olib borilgan deyarli uch ming yildan uzoqroq davr 
davomida t o ‘plangan tajriba hali umumlashtirilgani yo‘q.
H o z i r c h a m a v j u d d a r s li k va q o ‘l l a n m a l a r i c h i d a a k a d e m i k
B.Ahmedovning “ 0 ‘zbekiston tarixi m anbalari” darsligining ikkinchi 
n a s h r in i e n g m u k a m m a l d e b t a n o lis h im iz m u m k in . Q im m a t l i
m a’lum otlar jamlangani bilan ajralib turgan bu asar bizning darslik uchun 
asos b o ‘lib xizmat qildi.
A.Habibullayevning “A dabiy m anbashunoslik va m a tn s h u n o s lik ” 
q o ‘llanmasida ham qator ijobiy xususiyatlar mavjud b o ‘lib, ulardan tarixiy 
manbashunoslik b o ‘yicha darslik tuzishda foydalanish mumkin.
A.A.Madraimov tom onidan tuzilgan “ Manbashunoslikdan m a ’ruzalar 
m a jm u a s i” da ilk b o r arab, fors va tu rk tilidagi tarixiy m a n b a l a r
xususiyatlarini xarakterlashga harakat qilingan va manbalar t o ‘g ‘risidagi 
m a ’lum otlar m anba nomi ostida berilishi bilan ajralib turadi.
M .H asanov «Sharq q o ‘lyozmalarini tavsiflash va fihristlash» nomli 
risolasida (2004) magistrantlarni ushbu jarayon bilan tanishtiradi.
A .M adraim ov va G. Fuzailova tuzgan “Tarixiy m anbashunoslik” 
(2006) o ‘quv q o ‘llanmasi bakalavriat talabalari uchun m o ‘ljallangan. 
Q o‘llanmadagi manbalar to ‘g‘risidagi m a ’lumotlar asosan B.Ahmedovning
112


“0 ‘zbekiston tarixi manbalari” (2001) qo'llanmasidan keltirilgan. Undagi 
m a ’l u m o t l a r m a ’lum d a r a ja d a t o 'l d i r i l g a n b o ‘lib, o ‘quv j a r a y o n i 
xususiyatlarini hisobga olgani bilan ajralib turadi. Bundan tashqari 
q o ‘llanmada birinchi bor manbalarni o ‘rganish va o'rgatish usullari bayon 
etilgan, Alisher Navoiyning tarixiy asarlari, Turkistonning C h o r Rossiyasi 
mustamlakachiligi, sho‘ro va mustaqillik davri manbalari tavsifi keltirilgan, 
arab, fors va o ‘zbek tillaridagi yozm a m anbalar xususiyatlari alohida- 
alohida tushuntirilgan.
M anbashunoslik fani ko‘p asrlik a n ’anaga ega b o ‘lsa-da, yurtimiz 
manbashunosligi yuqorida zikr etilgan asarlarda umumlashtirishga harakat 
qilindi. Manbashunoslikni o ‘rganish uchun birinchi galda tarixga oid 
ilmiy tadqiqotlar, yozm a yodgorliklar nashrlari va birlamchi yozm a 
manbalar bilan bevosita ishlashga t o ‘g ‘ri keladi. Bu sohada Ya.G'ulom ov,
B.A.Ahmedov, A , 0 ‘. 0 ‘rinboyev kabi yirik olim lar asarlari, 0 ‘zR FA 
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 
q o ‘lyozmalartavsifini o ‘z ichiga olgan 11 jildlik monografik katalog hamda 
maxsus katalog — fihrist, tadqiqotlar b o ‘lg‘usi m anbashunoslar uchun 
n a m u n a b o ‘lib xizmat qilishi mumkin.
T a la b a la r y o rd a m c h i m a n b a sifatida en sik lo p e d ik q o m u sla rd a n
foydalanishi mumkin.
Manbashunoslikni yaxshi egallash uchun talaba bir necha til, ayniqsa 
arab yozuvidagi o'zbek til va g ‘arb tillaridan ingliz, nemis va fransuz 
tillaridan birini yaxshi bilishi kerak. Bu sohada rus tili ham m a ’lum 
mavqega ega.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling