Manbashunoslik
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.1.6. Qadimgi hind manbalari
1 .2.1.5. «Shohnoma»
Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub “ S h o h n o m a” asari uch qism va65 ming baytdan iborat doston bo'lib, u 976—1011 -yillar orasida yozilgan. Uning birinchi qismi afsonaviy bo'lib, “Avesto” materiallariga asoslanib y o z ilg a n va E ro n h a m d a T u r o n x a lq l a r in i n g d in iy a q id a la ri va rivoyatlaridan bahs yuritadi. Asarning ikkinchi va uchinchi qismlari m uhim hisoblanadi. Ikkinchi 123 qism qahram onlik dostoni b o ‘lib, qadimgi Eron podshohlari va ular zam onida o ‘tgan qahram onlar Rustam va Kova siymolari talqin qilingan. “ S h o h n o m a ”ning uchinchi qismi tarixiy doston b o ‘lib, unda Eron va Turonning zardushtiylikning paydo b o ‘lishidan to arablar istilosigacha bo'lgan siyosiy hayoti talqin etilgan. “ S h o h n o m a ” n in g q o 'l y o z m a n u sx a la ri k o ‘p m a m l a k a t l a r n in g kutubxonalarida, shuningdek O lz R FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Asarning to'la matni Hindiston (1829), Fransiya (1838—1878), Olmoniya (1877—1884), Eron (1934—1936) va Rossiyada (I960—1971) chop etilgan, rus va o'zbek tillariga tarjima qilingan. “ S h o h n o m a” matnini tiklash ustida manbashunoslik tadqiqot ishlarini Boysung'ur Mirzo ibn Shohruh Hirotda olib borgan. Ko‘p tarixchilar, xususan M u h am m ad Mirxond undan m anba sifatida foydalangan. Alisher Navoiy bu asarda lof ko'pligini qayd etgan. 1.2.1.6. Qadimgi hind manbalari Saklar, massagetlar, toharlar va qadimgi Q anha xalqi, ularning ijtimoiy- iqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli m a ’lumotlami hindlarning epik dostoni “ M ahobharata”da ham uchratamiz. “ Mahobharata”(“ Bharata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan bo'lib, 100 ming baytni o'z ichiga olgan 18 kitobdan iborat. Afsonaviy shoh Bharataning ikki toifa avlodlari kavravlar va pandavlaming o'zaro adovatlari va urushlari bayon etiladi. U miloddan awalgi X—VIII asrlarda yaratilgan. Asarda, masalan, uzoq Hindistonga, fikrimizcha savdo-sotiq ishlari bilan borgan saklar, to h a rla r va q a n h a la r haqida m an a bu m u h im m a ’lumot keltirilgan: “ Uning (podshoh Yudhishtraning) eshigi oldida boshqa xalqlar bilan birga saklar, toharlar va qanhaliklar ham navbat kutib turardilar. P ahm oq soqol, peshonalari shohlar bilan bezatilgan, qo'llarida turli-tum an sovg'alar, ju n , rang, ipak va patta (oq qayinning bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamyob matolardan, paxtadan to'qilgan gazlam alar, m ayin, nafis terilar, uzun va o 'tk ir qilichlar, shamshirlar, temir nayzalar, har xil boltalar, ichimliklar, xushbo'y narsalar, turli-tum an qim m atbaho toshlar” 1. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling