Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

1.2.1.3. «Xvaday namak»
“ Xvaday n am ak ” (“ P o d sh o h n o m a ”) qadimgi Eronning 627-yilgacha 
bo ‘lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan bahs etuvchi afsonaviy tarixiy asar 
bo ‘lib, pahlaviy tilida yozilgan. Sosoniylardan Yazdigard III (632—651)ga 
yaqin kishi tom onidan 632—637-yillar orasida yozib tam om langan. Asar,
1 Б с р т с л ь с E .E . И с т о р и я п е р с и д с к о - т а д ж и к с к о й л и т е р а т у р ы . — М ., I9 6 0 . С . 52.
122


ayniqsa Ahamoniylar, Ashkoniylar va Sosoniylar tarixi b o ‘yicha m uhim
m anba hisoblanadi.
“Xvaday n a m a k ”ning o ‘zi ham , m a s h h u r shoir, olim va taijim on 
Abdulloh ibn Muqaffa (721—757-yy.) tarafidan qilingan tarjima ( “ Siyar 
a l-m u lu k ” deb atalgan) ham bizgacha yetib kelmagan. Lekin, uning 
ayrim parchalari Y a’qubiy (897 yoki 905-yili vafot etgan), ibn Qutayba 
(828—889-yy.), Tabariy, Ibn al-Asir asarlarida, shuningdek, Abulqosim 
Firdavsiyning “ S h o h n o m a ”sida saqlangan.
1.2.1.4. «Matakdani xazar datastan»
“ Matakdani xazar datastan” (“ Bir ming nafar huquqiy ajrim”) pahlaviy 
tilida yozilgan (VIII asr) b o ‘lib, u n d a E ronning Sosoniylar davridagi 
davlat tuzulishi va uning ijtimoiy hayoti haqida qimmatli m a ’lumot bor. 
Asarning faqat ayrim qismlarigina saqlangan. Mitropolit Ishobaxt qilgan 
suryoniycha tarjima (VIII asr) saqlangan. Inglizcha tarjimasi S.Y.BuIsara 
to m o n id a n chop etilgan (Bombay, 1937).
Geografik asarlardan “ Shahristonhoyi E ro n ” ( “ Eron shaharlari haqida 
risola”) Eronning Sosoniylar davridagi geografik holati va ularning bunyod 
etilishi h aq id a m a ’lu m o t beradi. “ Ajoyib a s - S a k is t o n ” ( “ S akiston 
viloyatining ajoyibotlari” ) nomli asar Eronning k o 'h n a viloyatlaridan 
Sakiston (Seiston)ga bag‘ishlangan. Bu ikkala asar ham pahlaviy tilida, 
VIII asrning ikkinchi yarmida yozilgan. “ Shahristonhoyi E ron”ning matni 
va qisqacha inglizcha tarjimasi J.A sana h a m d a Modi tom onidan 1897 va 
1899-yillarida Bombayda chop etilgan.
Qadimgi Eronning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid ayrim m a ’lumotlami 
“ Komomayi Artashir Papakan” (“Artashir Papakanning ishlari haqida qissa”), 
“ Mazdak namak” (“Mazdak haqida qissa”), “Ayatkari zariran” (“Zarira haqida 
rivoyat”), “ Podshoh Xusrav va uning mahrami” kabi tarixiy qissalarda uchratamiz.
Sosoniylar davlati ichki va tashqi siyosati asoslarini o 'rg an ish d a 
“A ndarznom a”( “ Nasihatnom a”) ham da “T ojnom a” kabi axloqiy-didaktik 
xarakterdagi asarlarning ham qim m ati kattadir.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling