Manbashunoslik
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.1. Yenisey bitiklari
- 2.2 .2 . M o ‘g ‘ulistondan topilgan bitiklar
2.2. Qadimgi Turk manbalari
Q a d im g i T u r k m a n b a l a r i o r a s i d a X V II a s r d a S i b i r h a m d a Mo'g'ilistonda, Oltoy hamda O'zbekistonda topilgan runiy bitiklar alohida qiymatga ega. Bu yozuvlarning yetti guruhi — Lena — Baykalbo'yi bitiklari, Yenisey, M o'g'uliston, Oltoy, Sharqiy Turkiston, O 'rta Osiyo bitiklari m a ’lum. Bu bitiklar O'zbekiston xalqlarining arablar istilosi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy ham da madaniy hayotini o'rganishga yordam beradi. 2.2.1. Yenisey bitiklari Yenisey bitiklari m a s h h u r rus x a rita shunos olimi S .U .R c m e z o v (taxminan 1642— 1720-yy.) tarafidan XVII asr oxirida Yenisey havzasi 134 (hozirgi Xakas avtonom viloyatiga qaraydi) topilgan. U n d a n keyin bu haqda shvetsiyalik harbiy asir F.Stralenberg (Tabbert) m a ’lumot beradi. U Yenisey havzasidagi qabrtoshlardan toshga o ‘yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuv haqidagi m a ’lum otlar birinchi m arta o ‘tgan asrning birinchi choragida “ С и б и р ск и й в е с т н и к ” jurnalida e ’lon qilindi. 1889-yili fin olimlari Yeniseydan topilgan yozm a yodgorliklar xaritasini tuzdilar. 2.2 .2 . M o ‘g ‘ulistondan topilgan bitiklar M o ‘g ‘ulistondan topilgan bitiklar orasida T o'nyuquq, Kul tegin, Bilga xoqon va Ongin m uhim o ‘rin tutadilar. T o ‘nyuquq bitigi U lan-B a tordan 66 km janubi-sharqda, Bain Sokto manzilida joylashgan va ikkinchi turk xoqonligining asoschisi Eltarish xoqonning (681—691) maslahatchisi, sarkarda T o ‘nyuquqqa atalgan va 712—716-yillari yozilgan. 1897-yili rus olimi D.A.K lemens (1848—1914) va uning xotini Yelizaveta Klem enslar tarafidan ochilgan, V.V.Radlov (1899), V .Tom sen (1922), X .S h e d er (1924), D.Ross (1930) h a m d a G .A ydarov (1971) tarafidan yaxshi o ‘rganilgan va matni nem ischa, daniyacha, inglizcha va ruscha tarjimalari bilan chop etilgan. Obida G ‘.A .A b d u ra h m o n o v h a m d a A .R u s ta m o v to m o n id a n o ‘zbek tiliga qisqacha tarjima qilingan (1982). Kul tegin bitigi Bilga xoqonning (716—734) inisi Kul tegin (731-yili vafot etgan) sharafiga yozilgan. M o ‘g ‘ulistonning Kosho Saydan vodiysida K o ‘kshin O 'r x u n daryosi b o 'y i d a n rus arxeolog va e tn o g r a f olim i N.M.Yadrinsev (1842—1894) to m o n id a n 1889-yili topilgan. Bitik V .V .R adlov (1891), A .X eykel (1892), V .T o m sen (1896), P.M.Melioranskiy (1897), X.Sheder (1924), S.E.Malov (1951), G.Aydarov (1971) lar tom onidan nemischa, fransuzcha, ruscha tarjimalarda chop etilgan. G '.A .A bdurahm onov va A .Rustam ov tom onidan o ‘zbek tiliga qilingan qisqacha tarjimasi (1982) h am bor. Bilga xoqon bitigi Kul tegin bitigi topilgan joydan I km janubi-g‘arbda — Ko'kshin O 'rxun daryosi havzasida topilgan. Bu obida 735-yili bitilgan. Uni V.V.Radlov, S.E.Malov, P.M.Melioranskiy va V.Tomsen tom onidan o'rganilgan va chop etilgan. Ongin bitigi M o ‘g ‘ulistonning Kosho Saydan vodiysidan topilgan va kimga atalganligi aniq m a ’lum emas. Ba’zi fikrlarga qaraganda, yuqorida tilga olingan Eltarish xoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga qo'yilgan (735-y.), boshqa fikrga k o'ra Q opag'on xoqonga (691—716- vv.), yana bir m a ’lumotga (J.Klosson) qaraganda Bilga xoqonning harbiy 135 / boshliqlaridan Alp Eletm ish (taxm inan 731-yilda o 'lg an ) sharafiga qo'yilgan. Obida 1892-yili V.V.Radlov tarafidan (estompaji) va 1957-yili J.Kloson tom onidan (inglizcha tarjimasi va tadqiqot bilan) nashr qilingan. Bulardan tashqari, Qarabalsag‘un shahri (U lan-B atordan taxm inan 400 km janubda joylashgan qadimiy shahar) xarobalaridan, Xayto Tamir, Cho'yren, Beyshin-Udzur, Bayan—X o‘ngur va boshqa joylardan topilgan yozuvlar ham muhimdir. Oltoydan topilgan bitiklardan Chorish, Katandi daryolari, Q o ‘shog‘och ham da tog‘li nohiyalaridan topilgan bitiklarni aytib o ‘tish mumkin. Bular 0 ‘rxun-Yenisey bitiklaridan farqli o ‘laroq, etnografik materialga boydir. O l t o y d a n t o p i lg a n y o z u v l a r P . M . M e l i o r a n s k i y , E . R . T e n i s h e v , A.K.Borovkov, K.Seydakmatov, V.M.Nadelyayev ham da D.D.Vasilyev tom onidan e ’lon qilingan. Sharqiy Turkistondan topilgan bitiklar orasida Turfon vohasidagi g'orlarga joylashgan ibodatxona devorlariga yozilgan bitiklar alohida o ‘rin tutadi. Bitiklar V.Tomsen tarafidan chop qilingan. Qozog‘iston ham da Qirg‘izistonda topilgan bitiklar (asrimizning 60— 70-yillarida topilgan) hali chuqur o ‘rganilmagan. Bular orasida Talas vohasidan (Ayritom, Teraksoy, Qulonsoy, Toldiqo'rg'on, Urjor, Sirdaryo, 11a, Olma Ota, Tolg'ar, Tinbas va hokazo) topilgan bitiklar m uhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Qozog‘iston hamda Qirg'iziston hududidan topilgan bitiklaming ba’zilari S.Sodiqov, M.E.Masson, A.N.Bernshtam, A.S.Omanjolov, G.Musaboyev, Ch. Jumag'ulov ham da G .K arag‘ulovalar tom onidan e ’lon qilingan. Qadim iy turk runik yozuvlari (asosan sopol idishlarga yozilgan) F a rg ‘o n a , Oloy vodiysi h a m d a Jan u b iy O 'z b e k is to n va Tojikiston h u d u d id a n , y a ’ni B ekobod, Isfara, M a rg 'ilo n , F a rg 'o n a , A ndijon, Quvasoy, O'sh, O'zgand, Kofirnihon, shuningdek So'g'ddan ham topilgan va A . N .B e r n s h ta m , B .A .Litvinskiy, V .A .B u lato v a, E .R .T e n is h e v , Yu.A.Zadneprovskiy tarafidan o'rganilgan. U m u m an , qadimiy turk runik yozuvlari xalqimiz tarixini yoritishda juda qimmatli manbadir. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling