Manbashunoslik
-M A V Z U . V I - V I I I A S R L A R M A N B A L A R I
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1 . Muhim siyosiy voqealar
2 -M A V Z U . V I - V I I I A S R L A R M A N B A L A R I
Darsning mazmuni: VI—VII asrlardagi tarixiy voqealar aks etgan so‘g‘diy, turkiy va Xitoy m anbalari t o ‘g ‘risida m a ’lum otlar keltiradi. Reja: 2.1. M uhim siyosiy voqealar. 2.2. Qadimgi T u rk manbalari. 2.3. Xitoy manbalari. 5.4. S o‘g ‘d tilidagi manbalar. Asosiy tushunchalar: eftaliylar, xeptal, haytal, runiy yozuv, so‘g ‘d tili, bitik. 2.1 . Muhim siyosiy voqealar V - V I asriarda 0 ‘zbekiston tarixi Eftaliylar va Eftaliylar davlati tarixi bilan bog‘liqdir. Tarixiy manbalar, shuningdek, arxeologik qazishlar bergan m a ’lumotlarga qaraganda Eftaliylar saklar va masagetlarning avlodlaridir. Eftaliylar juda katta hududda o ‘z hukmronliklarini o ‘matdilar. Ularning davlatiga Sharqiy Turkistondan Kaspiy bo ‘ylarigacha bo'lgan yerlar qarar edi. Eftaliylar milodning 457-yilida Chag‘aniyon, Toxariston va Badaxshonni bo'ysundirishga muvafTaq bo'ldilar. Eron shohi sosoniy Fimz (459—484) Eftaliylarga qarshi uch bor qo'shin tortti, lekin uning barcha yurishlari mag'lubiyat bilan yakunlandi. Buning ustiga Eron Eftaliylaiga o'lpon to'lab turishga majbur bo'ldi. Shundan keyin Eftaliylar Marv va Kobulni, oradan ko'p vaqt o'tmay, Sharqiy Turkistonni ham bo'ysundirishga muvafTaq bo'ldilar. Eftaliylar T u ro n , Eronning sharqiy tumanlari, Afg'oniston, Shimoliy Hindiston ham d a Sharqiy Turkiston ustidan hukni yurgizdilar. 563—567-yillari tu rk x o q o n i Istemi (Dizovul) Eron hukmdorlari bilan ittifoq tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba berdi va ularga qarashli yerlarni bo'ysundirishga muvafTaq bo'ldi. Natijada Turk xoqonligi Amudaryo va Orol dengizigacha cho'zilgan o'lkalar ustidan o 'z hukmronligini o'rnatdi. VI asrning uchinchi choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan Chjau va Si davlatlarini h a m b o 'y s u n d ird ila r, 576-yili Bosporni (K e rch ) egaladilar, 581-yili esa Xersonni qamal qildilar. VI asr o'rtalariga borib Turk xoqonligi zaminida ilk katta yer egaligi m unosabatlari shakllana boshladi. S huning bilan bir q atorda o 'z a ro urushlar kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581—618) hukmdorlari uslalik bilan foydalandilar. Oqibatda Turk xoqonligi ikki qismga - Sharqiy va Ci'arbiy turk xoqonligiga bo'linib ketdi. 131 Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda xoqon Shibi davrida (609— 619) Suy imperiyasi bilan ko ‘p urushdi va o ‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Xoqon Xelu (620—630) davrida ham bu kurash davom etdi. 0 ‘sha yillari turklar Xitoyga 67 marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliqlar ko‘paydi, mehnatkash xalqning ahvoli og'irlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik bilan foydalandilar va Sharqiy turk xoqonligi ustidan o 'z hukmroniigini o ‘rnatishga m uvaffaq b o 'ld ila r. Lekin k o ‘p o ‘tm a y , tu rk la r Xitoy istibdodiga qarshi q o ‘zg‘olon ko'tardilar. Bunga dastlab Eltarish qoon (Qutlug' qoon), keyinchalik esa uning maslahatchisi T o ‘nyuquq boshchilik qildilar. Natijada 681-yili G ‘arbiy turklar yana mustaqillikni q o ‘lga kiritdilar. Xoqon Bilga vafotidan (734) keyin kuchayib ketgan feodal kurashlar natijasida G 'a rbiy turk xoqonligi mayda qismlarga b o ‘linib ketdi va keyinchalik uning o'rniga Uyg‘ur xoqonligi tashkil topdi. G ‘arbiy turk xoqonligi harbiy siyosiy jihatdan birm uncha qudratli edi. VII asrning o 'r ta la r i d a unga Sharqiy T u rk isto n d a n to Kaspiy dengizigacha bo'lgan yerlar qarardi. Uning ijtimoiy-siyosiy to m o n d an yuksalishida Marv, C horjo‘y, Buxoro, Sam arqand, C hoch, Ispijob kabi shaharlarning o ‘sishi va Xitoy, Eron ham da Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotiq ham sabab b o ‘ldi. Manbalarda keltirilgan m a ’lumotlarga qaraganda, G 'a rb iy turk xoqonligi poytaxti S uyabda h a r yili katta yarmarkalar tashkil etilib, unda ko‘pgina xorijiy mamlakatlardan kelgan savdogarlar ham qatnashgan. G 'a rbiy turk xoqonligining xalqi xoqon Shabolo Xilishi hukmronligi yillari 10 toifaga bo ‘lingan. Masalan, Chu daryosining o ‘ng tarafida istiqomat qiluvchi xalqlar Nushibi (5 toifa), daryoning s o ‘l sohilida istiqomat qiluvchilar esa Dulu (5 toifa) deb atalgan. Ko'p o 'tm ay bu toifalar o'zlarining mustaqil davlatini tuzib oldilar. Bu o ‘zaro feodal kurash ning kuchayishiga olib keldi. Xitoy qo'shinlari bundan foydalanib, 658-yili G 'a rb iy turk xoqonligi yerlariga bostirib kirdilar, lekin uni tam o m a n b o ‘ysundira olmadilar. Xoqon Ashina Xudaydao uni yana tiklashga muvaffaq bo'ldi. Biroq, katta yer egaligi, o ‘zaro kurashlar va shimoldagi qo'shni xalqlar, xususan qorliqlam ing xurujlari natijasida xoqonlik inqirozga yuz tutdi. VIII asrning ikkinchi yarmida hokimiyat tam om an qorliqlar qo'liga o'tdi. Ular 766-yiIi Suyabni bosib oldilar va uni o'z poytaxtlariga aylantirdilar. G 'arbiy lurk xoqonligi markazlashmagan davlat bo'lib, 15ga yaqin mustaqil hokimliklardan, S o 'g 'd d a yuechji xalqidan chiqqan jabg'u, Buxoroda mahalliy buxorxudot, Farg'onada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi. 132 Xoqonlik tarkibiga kirgan xalqlar bir qismi So‘g ‘d, Xorazm, Toxariston, F arg 'o n a dehqonchilik, shahar aholisi hunarm andchilik va savdo-sotiq bilan, uning to g ‘li va c h o ‘l tum anlarida istiqomat qiluvchi katta qismi esa chorvachilik bilan shug‘ullangan. Arablar istilosi arafasida 0 ‘zbekiston m ayda-m ayda davlatlardan iborat edi. Sharq va xitoy tillarida yozilgan m anbalar m a ’lumotlariga qaraganda VIII asr boshlarida yurtimizda 15 yaqin mustaqil davlatlarbo‘lib, bularning e n g k attasi X o r a z m , S o ‘g ‘d, B u x o ro , C h a g ‘o n i y o n , T o x a r is t o n , Ustrushona, C hoch va Farg‘ona hisoblangan. Ularning podshohlari jabg‘u (knyaz), xudot, ixshid va ispahbed deb atalardi. A ra b la r 0 ‘zbe k isto n h u d u d ig a 6 7 4 -y ild a n b o sh lab bostirib kira boshladilar. Bosqinchi q o ‘shinlarga xalifalikning Xurosondagi noibi Ubaydulloh ibn Ziyod boshchilik qilar edi. 0 ‘shanda ular Poykent va Buxoro shaharlari h am d a ularning tevarak-atrofidagi tum anlarni talon- taroj qildilar va katta o ‘lja (1 m in dirham pul, 4000 asir va boshqalar) bilan qaytdilar. Bundan keyin ham arablar 0 ‘zbekiston ustiga ko'p marta talonchilik yurishlarini uyushtirdilar. 705-yildan boshlab arablarning 0 ‘zbekiston ustiga istilochilik yurishlari kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi yangi noibi Qutayba ibn Muslim (715-yili hozirgi Andijon viloyatining Jalo lq u d u q tu m a n id a , hozirgi Shurunch mozor, aslida Qilich m ozor tem ir yo ‘l bekati yonida oldirilgan) boshchilik qildi. Arab q o ‘shini 706-yili Omul (C h o rjo ‘y), Z a m m (Karki), Buxoro h a m d a P oykent sh a h a rla rin i, 709-yili esa B uxoroning m u sta h k a m qa l’alaridan Shofurkon (Vardanza)ni, 710-yili esa Kesh va Nasafni zabt etdi. Buxoro, S o ‘g ‘d, Vardanza va F arg 'o n a hukmdorlari turklar bilan qo'shilib arab istilochilariga qarshi ittifoq tuzishga harakat qildilar, lekin o 'z aro kelishmovchiliklar va ixtiloflar ittifoqning mustahkamlanishiga yo ‘l bermadi. Qutayba bundan ustalik bilan foydnlandi va ular bilan birma-bir kurashda g ‘alaba qozondi. 712-yili Qutayba o ‘zaro ichki kurashlardan foydalanib, xiyonatkorona tarzda Xorazmni ham bo'ysundirdi. S am arqand podshohi G 'u r a k (710— 737) bilan tuzilgan bitim shartlariga binoan Sam arqand va So'g'diyona xalqi arablarga h ar yili 2 million 200 ming dirham miqdorida o'lpon t o ‘lash va arab qo'shiniga 100 ming kishi t o ‘plab berishga majbur etildi. 713—7 15-yillari Qutayba Choch (Toshkent) ham da Farg'ona viloyatlarini, shuningdek Yettisuv va Koshg‘argacha b o ‘lgan yerlarni bosib oldi. Arab istilosi 0 ‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotiga katta zarar yetkazdi, ko'plab katta va boy shaharlarning kuli ko‘kka 133 sovurildi, ming-minglab kishilaming “yostig‘i quridi” , Marv, Buxoro, Sam arqand va Xorazm kutubxonalarida saqlanayotgan juda k o ‘p noyob asarlar yo ‘q qilindi. Arab istilochilari mahalliy xalqlarni h am m ajburan islom diniga kiritdilar, mehnatkashlar zimmasiga og‘ir soliqlar va jarim alar — xiroj, jizya, zakot yuklatildi, aholining yarim mulki arab q o ‘shini foydasiga musodara qilindi. 0 ‘zbekiston xalqlari arab istilochilari zulmiga qarshi bir necha bor q o 'z g 'o lo n ko'tardilar. V III asrning o 'rta la rid a b o 'lg a n Is’hoq turk q o ‘zg‘oloni, 769—776-yillarda butun M ovarounnahrni larzaga solgan M uqanna (783-yili o ‘ldirilgan) boshchiligida b o ‘lib o'tgan q o ‘zg‘olon, 806-yili Rafi’ ibn Lays boshchiligida S o‘g ‘dda bo'lib o'tgan dehqonlar qo'zg'oloni shular jumlasidandir. Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va m adaniy taraqqiyotidagi katta tafovut, ularning etnik jihatdan bir xil emasligi, ular o'rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning zaifligi, ayniqsa, yer- suv va boylikning tobora mahalliy boshliqlar qo'lida to 'p lan a borishi va nihoyat, mahalliy aholi va bosqinchilar o'rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi xalq harakatlari va o'zaro kurashni kuchaytirib yubordi. Bu hoi, o'z navbatida, arab xalifaligining inqirozini tezlashtirdi. IX asrning birinchi choragida uning zaminida mustaqil mahalliy davlatlar paydo bo'ldi. Masalan, Misrda Tuluniylar (868), Tabaristonda Aliylar (864), Xurosonda Tohiriylar (821), Seistonda Safforiylar (867) va nihoyat, Movarounnahrda Somoniylar (819) hokimiyat tepasiga keldilar. Boshqa o'lkalarda ham shunday ahvol yuz berdi. Qisqasi, 935-yildan boshlab Abbosiylar xalifalikda o 'z siyosiy mavqelarini tam om an yo'q otdilar va nomigagina xalifa bo'lib qoldilar. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling