Manbashunoslik
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
1 .2 .1.2 . «Avesto»
Zoroastrizm — otashparastlik (m iloddin awalgi VI — m ilodning VI asri) dinining m uqaddas kitobi bo'lib, m iloddin awalgi VI — milodning VI asrlarida yozilgan, Eron h am d a O 'r ta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati, e ’tiqodi, tili, adabiyoti va qisman tarixini o'rganishda asosiy m anba hisoblanadi. Asarning yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud. B irguruh olimlar — fransuz J.D arm steter, Ozarbayjon olimi I.Aliyev, “Avesto” Midiya — hozirgi Eronning shimoli-g'arbiy qismi va Ozarbayjonda yozilgan, desa, ko'pchilik — V.V.Struve, S.P.Tolstov, F.Altxaym va boshqalar Am udaryo bo'yida joylashgan viloyatlarda, Balx va Xorazm oralig'ida yaratilgan, deb hisoblaydilar. Oxirgi fikr so'ngi vaqtlarda Eron olimlari, masalan Ibrohim Pur Dovud tarafidan h am e ’tirof etildi. “ A vesto” m atni to 'liq saqlanm agan. Bizgacha, uning ju d a oz qismi yetib kelgan, xolos. M a ’lum ki, “A v e sto ” Kayoniy h u k m d o rla rd a n G i s h to s p —Vishtosp z a m o n i d a kitob holiga keltirilgan. Rivoyatlarga 121 qaraganda uning gatlar deb ataluvchi asosiy qismi xudo — Z aratu sh tra to m o n id a n yozilgan va M a s ’udiy, Tabariy va Beruniylarning s o ‘zlariga qaraganda 12 000 h o ‘kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergam entga oltin harflar bilan yozilgan. O 's h a vaqtlarda uning uch nusxasi mavjud bo'lgan, lekin bir nusxasi Iskandar Z ulqarnaynning farmoni bilan yoqib yuborilgan. Ikkinchi nusxasi Yunonistonga olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga o ‘ta e ’tiqodli bo'lgan kishilar q o ‘lida saqlanib qolgan. Lekin bu nusxa t o ‘liq emas. Asarning saqlanib qolgan qismlarini t o ‘plash va kitob holiga keltirish ishlari Parftya podshosi Valgash III (148—192) h a m d a S o so n iy la r (milodning III asri) davrida ham davom ettirildi. “Avesto” sosoniy Shopur II (309—379) davrida tartibga solindi, izohlar va qo'shim chalar (zand) bilan boyitildi va t o ‘la kitob holiga keltirilib, asosiy qismlari pahlaviy tiliga tarjima qilindi. Bu kitob “Z a n d Avesto” nomi bilan mashhur. Afsuski, “ Zand Avesto” ham bizning zamonimizgacha t o ‘la holda yetib kelmagan. Uning bir qismi Iskandar Zulqarnayn yurishlari vaqtida, boshqa bir qismi esa arablar istilosi (674—715-yy.) vaqtida yo‘q qilingan. Asarning bizgacha yetib kelgan qismi, professor E.E.Bertelsning m a ’lum otiga qaraganda1, 83 000 so‘zdan iboratdir. U, asosan t o ‘rt qismdan — yasna, yashtov, vispered, vendidaddan tashkil topgan. Yasna tarkibiga kirgan gat deb ataladigan q o ‘shiqlar “Avesto”ning eng ko‘hna va qimmatli qismlaridir. “A v e sto ” ning q o 's h iq la ri va qissalari A bulqosim Firdavsiyning (taxm.940—1030) “ S h o h n o m a ” dostoniga m anba b o ‘lib xizmat qilgan. “Avesto” nisbatan yaxshi o'rganilgan (K .Z alem en, X.Bartolomey, E.E.Bertels, V.V.Struve va boshqalar). U fransuz (Anketel dyu Perron, Y . D a r m s t e t e r ) , rus (K .A .K o s so v ic h ), ingliz (L .X .M a y ls), D a n iy a (A.Xristensen) va fors (Ibrohim P ur Dovud) tillariga tarjima qilingan. Uning Kopengagenda (Daniya) saqlanayotgan yagona nusxasi asosida tayyorlangan fotomatni 1937—1944-yillarda olti jild qilib nashr etilgan. 0 ‘z b e k is to n d a bu asarni M . I s ’h o q o v , H . H o m i d iy , T . M a h m u d o v , A.Qayumov va boshqalar o'rgangan. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling