Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

5.3.8. «Ravzat us-safo»
“ Ravzat us-safo” ( “S o f j a n n a t b og'i”) yoki “ Ravzat us-safo fi siyrat 
al-anbiyo v a -l-m u lu k v a-l-x u la fo ” ( “ P ayg'am barlar, p o d sh o h la r va 
xalifalarning taijimai holi haqidagi sofjannat bog‘i”) nomi bilan m ashhur 
b o ‘lgan a s a ru m u m iy tarixga oiddir. Uning muallifi Mir M u h am m ad ibn 
Sayyid Burxoniddin Xovandshoh ibn Kamoluddin M ahm ud al-Balxiy 
b o ‘lib, asosan Mirxond (1433—1497) nomi bilan mashhur.
Muarrixning ota-bobolari asli Buxorodandir. Mirxondning otasi sayyid 
Burxoniddin Xovandshoh ham o'qimishli va keng m a’lumotli kishi bo‘lib, 
Temuriylarhukmronligi davrida Balxga ketib qolgan va o ‘sha yerda vafot etgan.
Mirxond Balxda tu g ‘ilgan, lekin um rining k o ‘p qismini H irotda 
o ‘tkazgan. Uning nabirasi X ondamirning guvohlik berishicha, Mirxond 
Alisher Navoiy bilan uchrashguncha turli ilmlar bilan shug'ullangan, 
am m o birontasida m u ta ’yin emas edi. Tarixchi Alisher Navoiy bilan 
uchrashgach, shoir o'zining “ Ixlosiya” xonaqohidan unga alohida xona 
ajratib, shaxsiy kutubxonasidagi kitoblardan foydalanishga ijozat berib, 
olimni um um iy tarixga oid katta asar yozishga undagan, uni bu sohada 
doim o moddiy q o ll a b turgan. Am m o, Mirxond ulkan asarini m ukam m al 
tugata olmay, ya’ni yettinchi jildi va ju g ‘rofiy ilova materiallari yig‘ilgan 
musavvada hoiida qolganida vafot etadi. Uning asarini nabirasi G'iyosiddin 
X ondam ir yakuniga yetkazadi.
“ Ravzat us-safo” asarini yaratishda Mirxond qirqta muallif, y a ’ni 
arab tilida ijod qilgan o ‘n sakkizta va fors tilida ijod qilgan yigirma ikkita 
olim ijodiga murojaat qilgan. Shak-shubhasiz, bu asar zamonaviy tadqiqot 
darajasida yaratilgan tarixiy yodgorlikdir.
Kitob m uqaddima, xotima va yetti jilddan iborat:
204


D unyoning “yaratilishidan” to Sosoniy Yazdijard III (632—651) 
davrigacha;
M u h am m ad payg‘am bar va xalifai Roshidin davri;
12 im om tarixi; Umaviy va Abbosiy xalifalari;
Abbosiylar bilan zam ondosh sulolalar;
Chingizxon va uning avlodi;
Am ir T em u r va uning avlodi to Sulton Abu Said vafotigacha (1469);
Culton Husayn va uning avlodi tarixi (1523-yilgacha) bayon etilgan. 
S o ‘nggi 7-jildi m usawadaligicha qolib ketgan va uni X ondam ir t o ‘ldirib, 
oqqa ko'chirgan.
“ Ravzat us-safo” asarining 1—6-jildlari kompilyatsiya — boshqalar 
asaridagi m a ’lum otlar asosida yozilgan b o ‘lsa-da, ko'plab m anbalardan 
foydalanish asosida yaratilgani uchun bu qismi ham katta ilmiy ahamiyatga 
ega. 6-jildning bir qismi va 7-jild yangi m a ’lum otlar va muallif o ‘zi 
k o ‘rgan, bilgan va shohidi b o ‘lgan voqealar bayonidan b o ‘lganligi uchun 
juda katta ahamiyatga ega.
“ Ravzat us-safo” asarini eng m ash h u r va m anzur um um iy tarixga oid 
fors tilidagi kitoblardan biri deb bah o lash m u m k in , chunki birgina 
T oshkentdagi O 'z b ek isto n FA Abu R ayhon Beruniy nomli institut 
xazinasida uning yuzdan ziyod m o ‘ta b a r q o ‘lyozmalari mavjud. Ushbu 
ulkan asarning o ‘zbek tiliga tarjimasi Xorazm da bir necha yillar davomida 
y etu k tarjim o n , shoir va ta rix c h ila r M u n is va Ogahiy ishtiroki va 
rahbarligida amalga oshirilgan.
Kitob matni 1845—1848-yillari Bombey, 1853—1857, 1960-yillari 
T ehran, 1874—1883—1891-yillari Lakhnav shaharlarida chop etilgani ham 
asarning shuhrati va ahamiyatidan dalolatdir.
Asardan ayrim parchalar ingliz, fransuz, nemis va rus tillariga tarjima 
qilinib, chop etilgan. Bu kitob to ‘g‘risida 1999-yilda sharqshunos M ahm ud 
Hasaniy risola e ’lon qilgan.*

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling