Manbashunoslik
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
6.2.7. «Abdullanoma»
“A bdullanom a” yoki “ Sharafnom ayi shohiy” asarining ijodkori XVI asrda yashab o ‘tgan buxorolik shoir va yirik tarixchi olim Hofiz Tanish Buxoriydir. U 1549-yili Buxoroyi sharifda nufuzli m ansabdor xonadonida dunyoga kelgan. Otasi M ir M uham m ad al-B uxoriy B uxoroning ko'zga k o ‘ringan b o y o n larid a n b o ‘lib, shayboniy U b a y d u llax o n n in g yaqin kishilaridan bo'lgan, 1550-yilning boshlarida Koshg‘arga ketib qolgan va oradan ikki yil cham asi vaqt o ‘tgach, o ‘sha yurtda vafot etgan. H ofiz T anish Buxoriy o ‘z davrining c h u q u r va keng m a ’lum otli kishilaridan b o lib , 1584-yili Abdullaxon soniyning (1583—1598-yy.) yaqin odam i Q ulbobo k o ‘kaltoshning tavsiyasi bilan A bdullaxonning xizm atiga qabul q ilin g a n va u n in g shaxsiy v o q eanavisi, tarix c h isi vazifasiga tayinlangan. Hofiz Tanish Buxoriy um rining oxirigacha shu lavozim da ishlagan. M aleho S am arqandiyning m a’lum otiga k o 'ra, Hofiz Tanish 1589-yili xotini tarafidan zaharlab o ‘ldirilgan. Hofiz Tanish o ‘zining “A bdullanom a” yoki “ Sharafnom ayi sho hiy ” asari bilan nom chiqargan. Kitobda 0 ‘zbekiston, Q ozog'iston, shuningdek, qisman, Afg‘oniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon qilinadi. U ndan tashqari, asarda Buxoro xonligi bilan Eron, H indiston, Koshg‘a r va Rossiya o'rtasidagi m uno sab atlar haqida ham qim m atli m a’lum otlar bor. Asar XVI asrning 80-yiIlari oxirida yozib tam om langan. Hofiz Tanishning zam ondoshi shoir va adabiyotshunos olim M utribiyning guvohlik berishiga qaraganda, asarning oxirgi qism ini, xonning topshirig‘i bilan, qozi Poyanda Zom iniy (1602-yili vafot etgan) yozgan. Lekin, bu fikrni boshqa m anbalar tasdiqlam aydi. “ Sharafnom ayi shohiy” m uallifining rejasiga ko 'ra asar m uqaddim a, ikki qism yoki m aqola va xotim adan iborat qilib yozilishi m o ‘ljallangan. 216 M asalan, m uqaddim a, odatdagidek A llohning m adhu sanosi, hom iy, oliy hukm dor Abdullaxonning sha’niga aytiladigan ta ’rifu tavsif, asarning yozilishi tarixi, Abdullaxonning ota-bobolari, qadim da M arkaziy Osiyoda istiqom at qilgan tu rk -m o ‘g‘ul qavmlari, Chingizxon va uning avlodi haqida m a’lum ot, birinchi m aqolada M ovarounnahrda 1533—1583-yillarorasidasodirbo‘lgan voqealar, ikkinchi m aqolada esa 0 ‘zbekiston, Q ozog‘iston va q o ‘shni xorijiy m am lakatlarda 1583-yildan keyin yuz berishi m um kin bo 'lgan voqealar, xotim ada esa A bdullaxonning olijanob fazilatlari, uning bilan zam ondosh b o 'lg a n shayxlar, olim lar, shoirlar, vazirlar va am irlar, shuning dek , A b d u lla x o n z a m o n id a q u rilg a n b in o la r h a q id a m a ’lu m o t b e rish i m o ‘ljallangan. Lekin, asar yozilishi jara y o n id a reja o ‘zgargan — birinchi va ikkinchi m aqolalar q o ‘shib yozilgan, xotim a esa m uallifning bevaqt vafoti sababli yozilm ay qolgan. M uallif asar m uqaddim asini yozishda N arshaxiyning “Tarixi B uxoro” , shayxulislom Safiuddin A bubakr A bdullo Balxiyning “ Fazoili Balx” , ls ta x riy n in g “ K ito b m aso lik u l - m a m o lik ” , J u v a y n iy n in g “ T arix i jahonkushoy” , Rashiduddinning “Jo m e ’ ut-tavorix” , M irxondning “ Ravzat u s-safo ” , S harafuddin Ali Y azdiyning “ Z a fa rn o m a ” va M uh am m ad H aydarning “Tarixi R ashidiy” asarlarid a keltirilgan m a ’lu m o tlard an foydalangan. XVI asrning 30—60-yillari orasida yuz bergan voqealar saroyda m untazam yuritib turiladigan kundalik daftar, sodir bo'lgan m uhim siyosiy voqealam ing shohidi b o ‘lgan keksa kishilarning og‘zaki axborotlari asosida, 70—80-yillar voqealari esa m uallifning bo'lib o 'tg an voqealarda shaxsan o 'zi qatnashib to'plagan daliliy m a’lu m otlar asosida yozilgan. “ Sharafnom ayi shohiy” asari qofiyali nasr, ya’ni saj — m urakkab badiiy uslubda yozilgan. U nda sh e ’riy p arch alar Firdavsiy, Rudakiy, S a ’diy, K am oliddin Binoiy, M ushfiqiy va m uallifning o 'z sh e’rlari, “ Q u r’oni k arim ” oyatlari, “ Hadisi s h a r if’lardan p arch alar ham ko'p. K itobda siyosiy voqealar bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi m a ’lu m o tlar, m asalan, yer egaligining iqto, su yurg 'o l, ta n h o h kabi shakllari, tu rli-tu m a n soliq va jarim alar, m asalan, xiroj, ixrojot, tag 'o r, ulufa, q o 'n a lg 'a , m adadi lashkar, boj, to m g 'a , begar; o 'lja va uning jam iyatdagi o 'rn i, asirni qulga aylantirish hollari; O 'zbekistonning yirik s h a h a rla ri va h u n a rm a n d c h ilik n in g u m u m iy ahvoli; S h a y b o n iy la r davlatining m a ’m uriy tuzulishi, Buxoro xonligi bilan Rossiya, H indiston va K oshg'aro'rtasidagi m unosabatlar haqida qim m atli dalil va m a’lum otlar mavjud. B undan tashqari, asar etnografik, m asalan, o'zbek xalqi tarkibiga kirgan urug' va qavm lar nom lari ham da topografik m a’lum otlar, m asalan, B u x o ro , S a m a rq a n d , T o s h k e n t, T e rm iz , K o 'lo b , Balx kabi yirik 217 shaharlardagi diqqatga sazovor binolar, osori atiqalar, shuningdek, m azkur shaharlarning geografik holati va topografiyasi haqidagi axborotlarga nihoyatda boydir. Ushbu asarning q o 'lyozm a nusxalari k o ‘p, asl m atnining uchdan ikki qismini Sankt-Peterburglik olim a M .Salohutdinova ruscha taijim asi bilan chop etgan. Kitob 1942— 1952-yillari Sodiq M irzayev va oxirgi qismi Y u.H akim jonov tom o n id an 60-yillarda o ‘zbek tiliga tarjim a qilinib, 1 — 2-jildlari, zarur tuzatishlar, tadqiqot va izohlar bilan 1966 va 1969-yillarda B.Ahm edov to m o n id an chop qilingan. 3—4-jildlari bosilm ay qolgan edi. 1995— 1997-yillarda ikki kitob holida B.Ahm edov tom on idan nash retild i. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling