Manbashunoslik


 .2 .4 . «Habib us-siyar»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

6 .2 .4 . «Habib us-siyar»
“ Habib us-siyar fi axborafrod ul-bashar” ( “ Inson xabarlari va fardlarida 
do'stning tarjimai holi”) nomli m ashhur tarixiy asar muallifi G'iyosiddin 
Xondam irdir (1475—1535). Uning to'liq ismi G ‘iyosiddin M u h am m ad
ibn x oja B u r x o n i d d i n d ir . O ta s i x oja H u m o m i d d i n M u h a m m a d
Tem uriylardan Sulton M ah m u d Mirzo (1459— 1494-yillari C h ag ‘oniyon, 
H uttalon, Qunduz, Bag‘lon va Badaxshon hokim i)ning vaziri b o ‘lgan. 
O na tarafidan tarixchi M u h am m ad Mirxond nabirasidir.
X ondam ir 15—16 yoshdaligi chog'ida Alisher Navoiyning e ’tiborini 
qozonadi va uning kutubxonasiga xizmatga qabul qilinadi. U to Navoiy 
vafotiga qadar, ya’ni 1501-yil 3-yanvarigacha xizmat da b o ‘ldi va boy 
kutubxonasiga mutasaddilik qildi. X o n d a m ir o ‘zining keng va cluiqur 
m a ’lumotliligi, ilm-fanga chanqoqligi va salohiyati bilan ko'plarning 
tahsiniga sazovorbo'ldi. U haqda Alisher Navoiyning “ Majolis un-nafois” 
tazkirasida m ana bularni o ‘qiymiz: “ M avlono X ondam ir Mirxondning 
farzandidir va salohiyatli yigitdir. Tarix ilmida mahorati bordir...” 1
Alisher Navoiy vafot etgandan keyin X ondam ir m am lakatda kuchayib 
ketgan o ‘zaro kurash, ayniqsa saroyda avjiga mingan fisq-u fujurlar 
oqibatida Balxga ketib qoldi va Badi’uzzam on mirzo ( 1496— 1506-yillari 
Balx hokimi, 1517-yilda vafot etgan)ning shaxsiy kotibi sifatida xizmatiga 
kirdi. 1507-yili Hirot Shayboniyxon tom o n id a n ishg'ol etilgandan keyin, 
u Zahiriddin M u h am m ad Bobur huzuriga ketib qoldi. 1512-yili Bobur 
M ovarounnahrdan siqib chiqarilgach, X ondam ir Gurjistonga bordi va 
to 1514-yilgacha Pasht qishlog‘ida istiqomat qildi. U, asosan ilmiy faoiiyat 
bilan mashg‘ul b o ‘ldi.
1 A lish e r N a v o iy . A sa rla r. 1 2 - jild .- T o s h k e n t, 1966 — 1 2 5 -b ct.
211


1514— 1 5 1 7 -y illari X o n d a m ir Balx u c h u n k u ra sh o lib b o rg a n
Badi’uzzam on m irzoning o ‘g ‘li M uham m ad Z am on bilan birga b o ‘lib, 
uning kotibi sifatida xizm at qildi. M u ham m ad Z am o n Safaviylardan 
yengilgach, X ondam ir yana G uijistonga qaytib bordi va ilmiy faoliyatini 
davom ettirdi.
1521 -yili X ondam ir vazir Habibullo Sovajiyning taklifi bilan H irotga 
qaytib bordi va uning topshirig'i bilan o'zining yirik tarixiy asari “ H abib 
us-siyar”ni yozishga kirishdi. O radan olti yil o ‘tgach, 1527-yilning iyul 
oyida X ondam ir H irotni tark etdi va bu safar H indistonga ketib qoldi. 
Qishni u Q andahorda kechirdi va 1528-yilning 17-sentabrida Agraga kelib 
tushdi va Bobur xizmatiga qabul qilindi. Bobur vafotidan so ‘ng uning 
to ‘ng‘ich o ‘g‘li v ataxt vorisi H um oyun (1530—1542, ikkinchi m arta 1555— 
1556) bilan birga bo'ldi. Tarixchi D ehlida vafot etdi va vasiyatiga k o ‘ra 
m ashhur N izom uddin Avliyo m ozorida Am ir Xusrav yoniga dafn etildi.
X ondam ir serm ahsul olim edi. M ovarounnahr, T urkiston, Yaqin va 
0 ‘rta Sharq xalqlari tarixi va m adaniyatiga oid o ‘nga yaqin asar yozib 
qoidirgan. “ Xulosat ul-axbor” (“X abarlar xulosasi”), “ M aosir u l-m u lu k ” 
( “ P odshohlar asrdoshlari” ), “ N om ayi n o m iy ” ( “A toqli m ak tu b lar” ), 
“ M a k o rim u l- a x lo q ” ( “ O lija n o b x u lq la r ” ), “ D a s tu r u l - v u z a r o ” 
(“Vazirlarga q o ‘llanm a”), “Q onuni H um oyuni” (“ H um oyun q on u n lari”) 
va “ H abib us-siyar” shular jum lasidandir.
X ondam irning ilmiy m erosida “ Habib us-siyar” nom li yirik tarixiy 
asari alohida o ‘rin tutadi va M ovarounnahr ham da X urosonning XV asr 
oxiri va XVI asrn in g b irin c h i ch oragidagi ijtim o iy -siy o siy tarix in i 
o ‘rganishda m uhim va qim m atli m anbalardan biri b o ‘lib xizm at qiladi. 
Asar 1521 — 1524-yillar orasida yozilgan. Lekin, olim H indistonda turgan 
yillari ham asari ustida m untazam ish olib bordi, uni yangi dalillar bilan 
boyitdi, tah rir qildi. Kitob to ‘la ravishda 1529-yili yozib tam om landi.
“ Habib us-siyar” um um iy tarix yo'nalishidagi a s a rb o ‘lib, m uqaddim a 
(iftitoh), xotim a (ixtitom ) va uch jild (m ujallad)dan iborat. 0 ‘z navbatida 
liar bir jild to 'rt qism 0uz)ga boMinadi. Asarning I—II jildlari ham da III 
jildning I—2-qism i, ju zlari T urkiston xonlari, C hin gizxo n va un in g
M o‘g ‘uliston, Dashti qipchoq, M ovarounnahr va Eronda hukm ronlik 
qilgan avlodi, M am luklar1, Kirm on Q oraxitoylari, K artlar va X uroson 
sarbadorlari tarixini o ‘z ichiga oladi. Ill jildning 3-va 4-qism lari, juzlari 
esa yangi bo'lib, Xuroson va M ovarounnahrning XV asrning 90-yillaridan
1 M a m lu k la r — tu rk va c h e rk a s q u lla rid a n c h iq q a n su lo la . 9 2 2 — 12 1 7 -y iIlari M is rn i id o ra
q ilg an .
212


to 1524-yilgacha b o ‘lgan ijtim oiy-siyosiy ahvolini ch u q u r va atroflicha 
bayon etadi.
“ H abib us-siyar” asarida katta yer egaligi, iqtisodiy ahvol, tinim siz 
urushlartufayli vujudga kelgan sharoit t o ‘g ‘risida ayrim , diqqatga sazovor 
dalillar va m a ’lu m o tlarni uchratam iz. M asalan, asarda o ‘z aksini topgan 
1498-yilgi S am arqand qam ali paytidagi sh ah ar xalqining ayanchli ahvoli,
1512-yilgi Safaviylar to m o n id an Qarshi shahrida uyushtirilgan qirg‘in- 
qatli om , 1514, 1515-yillari X urosonda yuz bergan qahatchilik va ochlik 
haqidagi m a’lu m otlar an a shular jum iasidandir.
X ondam irning ushbu asarida m uhim ijtim oiy-iqtisodiy m asalalarga 
oid, yer egaligi, tarxonlar, suyurg‘ol egalari va ularning jam iyatda tutgan 
m avqei, T em uriy lar davlatining m a ’m uriy tuzulishi haqida q im m atli 
m a’lum otlar bor. S huningdek, asaretnografik va geografik m a’lum otlarga 
ham boydir.
“ H abib us-siyar” asarining q o ‘lyozm a nusxalari ko‘p. A sarning m atni 
1857-yili Bombay shahrida va 1954-yili T eh ro n d a chop qilingan. U n dan 
ayrim parchalar rus, fransuz va ingliz tillarida turli to 'p lam lard a e ’lon 
qilingan. X ondam ir ijodini 0 ‘zbekistonda B. A hm edov, D. Yusupova
M. A hm edov va boshqalar tadqiq etganlar.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling