Manbashunoslik


 .2 .5 . «Tarixi Rashidiy»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

6 .2 .5 . «Tarixi Rashidiy»
“Tarixi Rashidiy” (1544—1546-yillarda Kashmirda yozilgan) nomli mashhur 
asar muallifi Bobuming kichik xolavachchasi Mirzo M uham m ad Haydar 
bo'lib, uning ota-bobolari 0 ‘rtubu, Po‘lodchi, Xudoydod, Said Ahmad, Sonsiz 
Mirzo, M uham m ad Haydar, M uham m ad Husayn turklashgan m o ‘g ‘ul 
urug‘laridan dug‘lot (m o‘g‘ulcha “dog'olot” — cho'loq) qabilasiga mansubdir. 
Ular M o‘g‘uliston xonlari, Chig'atoylar davrida ulusbegi, Koshg‘ar hokimi 
lavozimida turganlar. Olimning otasi am ir M uham m ad Husayn bir vaqtlar 
Andijonda Umanshayx Mirzo, so'ngra Toshkent hokimi Sulton M ahm udxon 
(1487—1508) xizm atida b o ‘lgan. U 1495— 1503-yillarda ana shu Sulton 
Mahmudxon nomidan 0 ‘ratepani idora qilgan.
1503-yili S ulton M ahm udxon va S ulton A hm adxon Axsi atrofida 
Shayboniyxon q o ‘shinlari tom onidan to r-m o r keltirilgani va asir olinganini 
eshitib, am ir M u ham m ad Husayn Q orateginga, undan Q un du z, so 'n g
H irotga, Sulton Husayn huzuriga qochib bordi. M uham m ad Husayn 
k o 'p o ‘tm ay Kobulga, B obur M irzo huzuriga keldi. 1507-yilgi Boburga 
q a rs h i f itn a d a a y b la n ib , y a n a H iro tg a q o c h ib b o rd i. 1 5 0 8 -y ili 
S hayboniyxonning am ri bilan M uham m ad Husayn qatl etilgan.
M u h a m m a d H a y d a r 1 5 0 0 -y ild a T o s h k e n td a t u g 'i l d i . O ta s i
213


oMdirilganidan keyin M uham m ad Husaynga sodiq kishilar uni birm u nch a 
vaqt Buxoroda asradilar, so'ng Badaxshonga olib borib qarindoshi S ulton 
U vays M irz o n in g (X on M irzo deb a ta lg a n ) q o ‘liga to p s h ird ila r. 
M uham m ad H aydar keyincha Kobulga keldi va Bobur xizm atida 1512- 
yilgacha bo'ldi. 1512-yil kuzida u Andijonga, Sulton S a’idxon huzuriga 
keldi va u bilan q o ‘shilib Koshg'arga ketib qoldi. Sulton S a’idxon k o ‘p 
o ‘tm ay bu yerda A bubakr dug‘lot ustidan g ‘alaba qozondi va K oshg‘ar 
ham da Y orkandni q o lg a kiritishga muvaffaq b o ‘ldi.
M uham m ad H aydar 1533-yilgacha, y a’ni S ulton S a’idxon vafotiga 
q ad a r, un in g x izm atid a b o ‘ldi. D astlab x o n zo d a A b d u ra sh id x o n g a 
tarbiyachilik — otalik qildi, so ‘ng yirik harbiy bo iin m alarg a q o ‘m ondonlik 
qildi va xonning Badaxshon, Lodak, Kofiriston va Tibet ustiga qilgan 
harbiy yurishlarida faol ishtirok etdi.
Otasi o ‘rniga taxtga o ‘tirgan A bdurashidxon (1 5 3 3 -1 5 7 0 ) d u g ‘lot 
amirlarini ta ’qib ostiga oldi, ularning ba’zilarini qatl etdi. Bularning orasida 
M u h a m m a d H a y d a r n i n g t o g 'a s i S a id M u h a m m a d m ir z o va 
qarindoshlarining ko‘pchiligi b oredi. Tibetda b o ‘lgan M uham m ad H aydar 
bundan xabar topib, Badaxshon tarafga qochdi va k o 'p m ashaqqatlardan 
keyin Kobulga, Bobur M irzoning o ‘g ‘illaridan K om ron M irzo huzuriga 
keldi, so ‘ng u yerdan Agraga, H um oyun podshoh huzuriga bordi va 
uning xizm atiga kirdi.
M uham m ad H aydar 1541 -yili, H um oyunning harbiy yordam i bilan 
Kashmimi bo'ysundirdi va u yerda qariyb 10 yil hukm ronlik qildi. U 1551- 
yili tog‘lik qabilalaming biri bilan bo'lgan to ‘qnashuv paytida halok b o ‘ldi.
M uham m ad H aydar zam onasining o ‘qim ishli va keng m a ’lum otli 
kishilaridan edi. B oburning guvohlik berishiga qaraganda, u durustgina 
shoir, xattot, rassom , shuningdek, nayza va kam on yasovchi usta b o ‘lgan. 
M uham m ad H aydarning bizning zam onam izgacha ikki yirik asari yetib 
kelgan. Bulardan biri “Jah o n n o m a ” deb atalib, ertak tarzida yozilgan. 
Uning yagona qo'lyozm asi G erm aniyaning Berlin shahri kutubxonalaridan 
birida saqlanm oqda.
O lim ning ikkinchi yirik va m ashhur asari “Tarixi R ashidiy”dir. Kitob 
ikki qism , d a fta rd a n iborat boMib, b irin ch i q ism id a M o ‘g ‘u !isto n 
xalqlarining tarixi TugMuq T em ur (1 3 4 8 -1 363)dan to Abdurashidxonning 
taxtga o ‘tirguni (1533-y.)gacha bo'lgan davrni o ‘z ichiga oladi.
A sarning birinchi daftari turli naql-rivoyatlar, shuningdek, Y oqut 
Hamaviyning “ M o'jam ul-buldon” , Juvayniyning “Tarixi jahonkushoy”, 
Rashiduddinning “Jo m e’ ut-tavorix” , Jamol Qarshiyning “ M ulhaqot us- 
suroh”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Z afam om a” , Mirzo Ulug‘bekning
214


“Tarixi arba’ ulus” va nihoyat, Abdurazzoq Samarqandiyning “ M atla’ us- 
sa’dayn” kitoblaridagi m a’lum otlar asosida yozilgan. Lekin, u n d a ham
Markaziy Osiyoning XIV—XV asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid yangi, 
asl nusxada boMadigan m a’lum otlar ko‘p. Qolaversa, birinchi daftar Koshg‘ar, 
Q ozog'iston, shuningdek, M ovarounnahr va Turkistonning XIV—XVI asr 
boshlaridagi siyosiy tarixini m ukam m al qam rab olishi bilan qimmatlidir.
Ikkinchi d aftar birinchisidan keskin farqli o 'laro q , esdalik, xotiralar 
tarzida yozilgan b o ‘lib, Koshg‘ar, M ovarounnahr, Afg‘o n iston ham d a 
S h im o liy H in d is to n n in g XVI a srn in g b irin c h i y arm id a g i ta rix in i 
o'rganishda asosiy va qim m atli m anbalardan hisoblanadi.
M uham m ad H a y d ar va uning “Tarixi R ashidiy” asari o ‘tgan asrning 
o ‘rtalaridan beri ilm iy jam oatchilikn ing d iq q a t-e ’tiborini jalb etib keladi. 
U ning ayrim qism lari uyg'ur, o ‘zbek va rus tillariga tarjim a qilingan. 
A sarning qisqartirilgan inglizcha tarjim asi b o 'lib , 1895-yili L ondonda 
nashrdan chiqqan. A .O ‘rinboyev, R Jalilo v a va L.Epifanova ruschaga 
tarjim a qilib, so ‘zboshi va zarur izohlar bilan, 1996-yili T o shk entda chop 
etgan. Kitob qozoq tiliga ham tarjim a qilib nashr etilgan.
“Tarixi Rashidiy” asarining qo'lyozmalari Sankt-Peterburg, Toshkent
shuningdek, ko‘pgina xorijiy mamlakatlaming kutubxonalarida saqlanmoqda.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling