Manbashunoslik


 .3 . «Mehmonnomayi Buxoro»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

6.2 .3 . «Mehmonnomayi Buxoro»
“ M ehmonnom ayi Buxoro” nomli nafaqat 0 ‘zbekiston va Qozog‘iston, 
balki Markaziy Osiyoning XV asr II yarmi—XVI asr boshlaridagi voqealar 
bayoni mavjud qimmatli tarixiy asar ijodkori Fazlulloh ibn Ruzbexondir. 
Uning t o ‘liq ismi Fazlulloh ibn Ruzbexon al-Isfahoniy bo'lib, ko'pincha 
xoja Mullo nom i bilan m a sh h u r bo'lgan. Ruzbexon 1457-yili Fors
209


viloyatining Xunji qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi Jaloluddin Ruzbexon 
yirik ilohiyot va fiqh olimi, mansabdor bo'lgan.
Fazlulloh ibn Ruzbexon asosiy m a ’lumotni lsfahon maktablari va 
m ad ra sa la rid a n birida oldi, s o ‘ng bilimini y a n a d a kengaytirish va 
chuquriashtirish maqsadida ikki marta 1474 va 1482-yillari Arabistonga 
bordi va yirik ilohiyot olimi shayx Jam oluddin Ardastoniy (1474-yili 
vafot etgan) h am d a misrlik m ash h u r tarixshunos va tilshunos olim 
Shamsuddin M uham m ad as-Saqaviy (1427— 1497)dan t a ’lim oldi.
Xullas, F azlu llo h ibn R uzbexon o ‘rta asr fa n in in g b i r m u n c h a
sohalarini, xususan, ilohiyot, fiqh, falsafa, tarix va Sharq adabiyotini 
keng va chuqur egallagan olim bo'lib yetishgan. Bu hoi uning Sulton 
Y a’qub Oq quyunlu (1479-1490), Sulton Husayn Mirzo (1470—1506), 
Shayboniyxon, va, nihoyat Ubaydullaxon saroyida zo 'r e ’tibor qozonishiga 
va xizmat qilishiga sabab bo'lgan. Bunda tashqari va eng m uhim i, u bir 
necha fan sohalarida yirik asarlar yozib qoldirdi.
F azlulloh ibn R uzbexon “ Halli t a ja r rid ” ( “ A bstraksiyaning hal 
etilishi”), “T a ’liqot bar m uxolot” (“Aqlga sig'maydigan (narsalar)ning 
izohi” ), “ Badi’ u z-z a m o n fi qissayi Xayy ibn Y a q z o n ” ( “Xayy ibn 
Y a q z o n ” qissasida z a m o n bad iala ri” ), “Tarixi olam oroyi A m in iy ” 
( “Aminiyning olamga bezak bo'luvchi tarixi” ), “ Ibtol najh al-botil va 
axmol kashf a l-o ’til” ( “ N oto'g'ri yo'ldan voz kechish va bid ’atni inkor 
etish”), “Suluk al-m uluk” ( “ Podshohlarning xulq-atvori haqida (risola)”) 
va “ M ehm onnom ayi Buxoro” nomli asarlarni yaratgan.
1509-yili yaratilgan“ M e h m o n n o m a y i B uxoro” asari M u h a m m a d
Shayboniyxonning 1508—1509-yil qish oylarida qozoq sultonlari Jonish 
Sulton, Ahmad Sulton va boshqalarning ulusi ustiga uyushtirgan harbiy 
yurishi tarixini bayon etadi. Bu yurish Fazlulloh ibn Ruzbexon keltirgan 
m a ’lumotlarga qaraganda, mazkur sultonlarning 1508-yilning kuzida va
1508—1509-yilning qish oylarida Movarounnahrning o'troq tumanlari ustiga 
qilgan talonchilikxurujlariga javoban uyushtirilgan. Fazlulloh ibn Ruzbexon 
bu yurishda shaxsan ishtirok etgan, yuz bergan voqealarning ko'pchiligini 
o 'z ko'zi bilan ko'rgan, b a ’zilarini esa xon va uning yaqin kishilaridan 
eshitgan. Asar XV asrning ikkinchi yarmiga oid, shuningdek, o'zbek va 
qozoq xon va sultonlarining kelib chiqishi h a m d a ularning o 'z a ro
munosabatlari haqidagi voqealar esa Shayboniyxonning qo'Iida bo'lgan 
“ Nasabnoma” yoki “Tarixi H um oyun” deb ataluvchi kitob asosida yozilgan.
“ M e h m o n n o m a y i B uxoro” asarining q o 'l y o z m a nusxalari kam. 
Hozirgacha dunyoda uning faqat ikkita nusxasi borligi aniqlangan. Ulardan 
biri muallif dastxati bo'lib, O 'z R FA Sharqshunoslik institutida 1414-
210


tartib raqami ostida saqlanmoqda. Ikkinchisi Turkiyada, “ Nuri Usmoniya” 
kutubxonasiga qarashlidir (Tartib raqami 3431). Ushbu q o ‘lyozma asosida 
asar matnini eron olimi M anuchehr Setude 1962-yili chop etgan. Ruscha 
qisqartirilgan tarjimasini R.P.Jalilova foto matni bilan Moskvada 1976- 
yili nashr etgan.
Asaming biz uchun qimmati shundaki, unda Dashti qipchoq, Turkiston 
va qozoq ulusi geografik holati, o'zbek va qozoqlarning kelib chiqishi, 
ularning etnik tarkibi, turm ushi, u rf-o d a ti, shuningdek, boylarning 
xo‘jaligida qul m ehnatidan foydalanish hollari haqida benihoyat qimmatli 
m a ’lum otlar uchraydi.
U n d a Shayboniyxonning qozoqlar ustiga yurishini g'ayridinlar ustiga 
yurish deb oqlashga harakat qilingan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling