Manbashunoslik


 . «Nasimat ul-quds min hadoyiq al-uns»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

8.2.11 . «Nasimat ul-quds min hadoyiq al-uns»
«Nasimat ul-quds min hadoyiq al-uns» («Avliyolik shabadasining yaqinlik 
bog'idan esishi») nomli asar Naqshbandiya tariqatining Hindistondagi g‘oyaviy 
rahbarlaridan bo'lgan M uham m ad Hoshim Sirhindiy tom onidan 1622-yili 
yozilgan bo'lib, u Husayn Voiz al-Koshifiyning «Rashahot ayn ul-hayot» 
asarining davomi hisoblanadi. Kitob M ovarounnahr, Xuroson, Hindiston 
va Sharqiy Turkistonda XVI—XVII asriarda faoliyat ko'rsatgan Naqshbandiya 
tariqati namoyandalari hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan va 754 varaqdan 
iborat. M uallif o 'z asarini Naqshbandiya tariqatining Hindistondagi yirik 
nam oyandalaridan biri M uham m ad Baqr Sirhindiy (1563/64—1603/04)ning 
topshirig'i bilan yozgan.
A sarda, ayniqsa biografik m a ’lu m o tlar k o 'p . S hulardan uchtasini 
keltiram iz. XVI asrda K oshg'arning ijtimoiy-siyosiy hayotida birinchilik 
uchun kurashgan xoja Ubaydulla A hrorning avlodi xoja Xovand M ahm ud 
bilan M axdumi A ’zam Kosoniyning o 'g 'li xoja Is’hoq o'rtasidagi kurash, 
K oshg'arda islom dinining targ'ibotchilaridan biri bo'lm ish xoja Tojiddin, 
xoja M uham m ad Porsoning avlodi haqidagi m a ’lum ot diqqatga sazovor.
«Xoja Xovand M ahm ud Shohibekxon (Shayboniyxon) o'ldirilganidan 
keyin Koshg'arga ketib qoldi. Sulton S a’idx o n 1 uni xursandchilik bilan 
kutib oldi, iltifotlar ko'rsatdi va unga K oshg'arda m uridlar orttirishiga 
ko'm aklashdi. Xoja Y usuf 1532-yilning 12-sentabrida olam dan o'tdi».
1 S u lton S a ’idxon — M o ‘g ‘u liston (Jete) xo n i (1 5 1 4 —15 3 2 -y y .).
81


«Tarixi Rashidiy» kitobining muallifi Mirza M uham m ad Haydar (1500— 
1551) yana birqiziq m a’lum otni keltiradi: «Xoja Xovand M ahm ud (haqiqiy 
ismi Shahobiddin M ahm ud, xoja Ubaydulla Ahror nabirasi) muridlar orttirish 
uchun Koshg‘arga kelganda uning bilan xoja Y usuf oralarida raqobat 
boshlandi. Shunday bo'ldiki, bir kuni xoja Xovand M ahm udning oldiga 
borsam huzurlarida xoja M uham m ad Is’hoq o ‘ltirgan ekanlar. U lar 
nim alarnidir so‘zlashib o'tirgan ekanlar. Xoja Xovand M ahm udning jahli 
chiqib dedi; «Xoja Is’hoq! N im a sababdan sen menga bunaqa gaplami aytib 
o ‘tiribsan? Agar sen otangning muridi bo'1 sang, m en hazrati oliylari (xoja 
Ubaydulla Ahroming muridiman. Bundan tashqari, sen yosh jihatdan menga 
o 'g 'il o 'rn id a san . Xoja Is’hoq javob qildi: «M en ham ul jan o b n in g
marhamatiga tayanaman». Tortishuv tugagach, o ‘sha kuniyoq xoja Xovand 
M ahm ud Badaxshonga ketib qoldilar. Oradan ikki-uch kun o ‘tgach, kim dur 
menga xoja Is’hoqning to ‘saddan o ‘sallab, vafot etganini xabar qildi.
M axdum i A ’zam K osoniyning o ‘g‘li xoja Is’hoq haqida shunday 
m a ’lum ot bayon etilgan. Olijanob xoja (S am arqanddan) Koshg‘a r va 
X o‘tanga jo ‘nab ketdilar. Koshg‘ar va X o‘tan xalqi ul janobning sa’y- 
harakatlari tufayli chin dinni (islom ni) qabul qildi. K oshg'ar hokim i 
M uham m adxon xojaning haqiqiy va sofdil m uridi b o'lib qoldi. Xullas, 
m azkur xoja tufayli Naqshbandiya — Xojagon tariqati o ‘sha o ‘lkada yoyildi. 
So‘ng o 'm ig a m uridi Devoni Ashtarni q o ‘yib, o 'z yurtiga qaytdi va 1599— 
1600-yili vafot etdi. D ehbed yonidagi Safed qishlog'idagi qabristonga 
dafn etildi. O tasidan keyin u shu qishloqda istiqom at qilib turgan edi.
X oja M u h am m ad P orsoning u lu g ‘ ajdodi xoja T o jidd in h aq id a 
quyidagicha m a’lum ot bor. Xoja Tojuddin xoja Hofiziddin Buxoriyning1 
ajdodi, xoja R ashididdinning o ‘g ‘lidir. Xoja R ashididdinning otasi xoja 
S hujo’ C hingizxon xuruji vaqtida M o'g'ulistonga ketib qolgan va xoja 
Rashididdin o ‘sha yerda tug'ilgan. Uning sa’y-harakatlari bilan m o 'g 'u llar 
islo m d in ig a k irg a n la r. X o ja T o jid d in x o ja U b a y d u lla d a v rid a
M o v arounn ahrga kelgan va m avlono Iroqiy T usiydan t a ’lim olgan. 
M avlono Iroqiy Tusiy jan o b xoja A hrorning d o'stlaridan bo'lgani tufayli, 
xoja Tojiddin hazrat eshonning (xoja U baydulla A hror) qabul va suhbati 
sharafiga m uyassar bo'lgan. U k o 'p vaqt uning ostonasini o'pish sharafiga 
va xayr-ehsoniga muyassar bo'lgan. Shundan keyin Koshg'ar shaharlaridan 
T urfon hokim i uning kelishini yaxshilikka yo'yib, o'zi va bolalariga izzat- 
hurm at ko'rsatgan. U lardan b a’zilari hozirgi kungacha o'sha m am lakatning 
ehsonlariga m usharrafdurlar.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling