Manbashunoslik


Mitropolit Xrisanfning esdaliklari


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

10.2.10. Mitropolit Xrisanfning esdaliklari
Xrisanf asli grek, venetsiyalik aslzoda dvoryanlardan, Afina yaqinida 
joylashgan Yangi P ator cherkovining m itropoliti bo'lib xizm at qilgan. 
H aqiqiy ismi sharifi K ontaripi. 1724-yili m uqaddas patriarx Samuyel 
tom onidan Istanbul atrofida joylashgan Xiroti nisan cherkoviga m itropolit 
etib tayinlangan. Podshoning tazyiqi oqibatida 1784-yili Istanbulga ketib 
qoldi. K o'p vaqt o'tm ay, X risanf Livon ordeniga qarashli cherkovlar bilan 
tanishish maqsadida Shom-Suriyaga, u yerdan Xalab-Aleppoga bordi. O 'sha 
yerda ingliz savdogarlari bilan tanishib qoladi va ular bilan birga F rot- 
Evfrat daryosi bilan Fors qo'ltig'iga bordi va u yerda kemaga tushib, Maskat 
orqali Hindistonning Surat bandargohiga kelib tushdi. S o'ng H indiston, 
Kashmir, Kobul, Balx va Sam arqand orqali Buxoroga bordi. X risanf O 'rta 
Osiyoning bir qancha shaharlarida bo'ldi, bir yil Xivada turdi.
S o'ng 1792-yili Ashtarxonga bordi va bir fursat o 'sh a yerda istiqom at 
qildi. Keng m a’lum otli va kuzatuvchan bu odam tez orada Astraxanda 
ko'plarning diqqatini o'ziga tortdi. Ashtarxon yepiskopi uning haqida 
M u q a d d a s S in o d g a a x b o ro t y u b o ra d i. S o 'n g X ris a n f M o sk vag a 
chaqirtiriladi. M uqaddas Sinod uni har taraflam a tekshirib k o 'rib va 
keng m a’lumotli odam ekanligiga ishonch hosil qilgandan keyin, Xrisanfni 
Kavkaz o'lkasiga, uni batafsil o'rganish uchun yubordi.
S o'ng, 1796-yilning boshida, Ryazan, Tam bov va Kavkaz o'lkalarining 
general-gubernatori g raf G udvich podshoyi oliy hazratlarining am ri bilan
1 Verst — m asofa o 'lc h o v i, 1,6 km .ga ten g bo'lgan.
104


Xrisanfni Peterburgga, Nevskiy m onastriga m itrop olit Gavriil huzuriga 
jo‘natib yuboradi.
M itropolit X risanfning birdan poytaxtga chaqirilishi, uni yaxshi bilgan 
sharqshunos V .V .G rigorevning fikricha, R ossiyaning yaqin orada Eronga 
b o s tir ib k iris h r e ja la ri b ila n b o g 'liq b o ‘ls a k e ra k . R us h a rb iy
ekspeditsiyasining rahbari Valeriyan Zubovga sayyohning Eron va 0 ‘rta 
Osiyo haqidagi keng bilimi kerak b o 'lib qolgan. O radan bir yil o ‘tgach, 
1797-yili X risa n f m u q ad d as S ino d n in g fa rm o n i bilan Y ekatrinoslav 
yeparxiyasiga xizm atga j o ‘natildi. 1798-yilning 20 yanvarida M itropolit 
X risanf Feodossiyaga j o ‘nab ketdi. U ning keyingi hayoti va faoliyati 
haqida boshqa m a ’lum otga ega em asm iz.
M itropolit X risanfning 0 ‘rta Osiyoga qilgan sayohati kundaligi bir 
paytlar rus harbiy ekspeditsiyasiga boshchilik qilgan g raf Valeriyan Zubov 
qo 'lid a bo'lgan . K undalik, b a ’zi shahar va viloyatlar o ‘rtasidagi m asofa, 
aholisining um um iy soni haqidagi n oaniq liklam i hisobga olm aganda, 
katta qim m atga ega. U nda m am lakatning iqtisodiy va siyosiy ahvoli, 
xalqining turm ush sharoiti, e ’tiqodi haqida, shuningdek, 0 ‘rta Osiyoda 
istiqom at qilib turgan rus va eronlik asirlarning ahvoli haqidagi qisqa, 
lekin o ‘ta m uhim m a ’lum otlarni uchratish m um kin.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling