Manbashunoslik
Aka-uka Pazuxinlar elchiligi to ‘g‘risida manbalar
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
10.2.7. Aka-uka Pazuxinlar elchiligi to ‘g‘risida manbalar
Aka-uka Pazuxinlar M arkaziy Osiyo xonliklarining um um iy ahvoli, xonliklarga, Eron va H indistonga Astraxan orqali olib boradigan karvon yo ‘li haqida keng m a’lum ot jam laganlar. A ka-uka Pazuxinlar kelib chiqishi aslzoda (dvoryan) avlodi. K atta P azuxin — Boris A n d reev ich P azuxin 1667— 1 673 -y illard a sto in ik m ansabida davlat xizm atida b o 'lgan va inisi Sem yon Ivanovich bilan birgalikda 1669— 1671 -yillarda Buxoro, Balx va U rganchga yuborilgan Rossiya elchiligiga boshchilik qilgan. O radan sakkiz yil o 'tgach, 1679- yili Qrim ga elchi qilib yuborilgan. Y o'lda isyonchi rus kazaklarining hujum iga d u ch or bo'lgan va olishuv paytida o'ldirilgan. A ka-uka Pazuxinlar (elchilik tarkibida 10 kishi bo'lgan) Buxoroga Yoyiq-qalm oq ulusi va Xiva orqali borganlar, qaytishda esa Eron-Shem axa va Boku orqali qaytishgan. Elchilar Buxoro va Xivada ham m asi bo'lib ikki yarim yil turganlar. Podshoh va elchilik mahkamasi tarafidan berilgan hujjatlardan m a’lum bo'lishicha, aka-uka Pazuxinlar elchiligi oldiga quyidagi vazifalarqo'yilgan; 1) H ar ikki davlat: Rossiya va O 'rta Osiyo xonliklari o'rtasidagi do'stlik va savdo aloqalarini m ustahkam lash. Podshoh Aleksey M axaylovich (1645—1676)ning B uxoro xoni A bdulazizxon (1645—1680) n om iga yo'llagan m aktubida o'qiym iz: «...Biz ota-bobolarim izning (ishlarini) o 'z aro do'stlik va izzat-hurm atda bo'lish, bordi-keldi aloqalarini davom ettirish haqidagi ko'rsatm alarini esda tutib, Sizning savdogarlaringizga b iz n i n g m a m l a k a t im i z g a , b i z n i n g s a v d o g a r l a r i m i z S iz n in g m am lakatingizga bemalol borib kelishlarini yaxshilaylik». 2) Buxoro, Balx va Xiva xonliklarida saqlanib turgan rus asirlarini ozod qilishga harakat qilish. Elchilik m ahkam asi (П осо л ьски й п риказ) bergan y o 'riq n o m a (H aK a3)da b u n d ay deyiladi: «B uxoro, Balx va U rganchga qarashli yerlarda saqlanayotgan rus asirlari (barcha choralar bilan) ozod qilinsin. Shuni ham aytish kerakki, elchilikka «Podshoh oliy hazratlariga tegishli kishilarni, aslzoda (dvoryan va boyar)larning bolalarini qidirib topib ozod qilishga» alohida e ’tibo r berish topshirildi. 3) O 'rta Osiyo xonliklarining ichki va xalqaro ahvolini, u lard an q a y s ila rig a s u y a n ish m u m k in lig in i a n iq la s h . X u s u sa n , E lc h ilik m ahkam asining yo'riqnom asida (N akazida) m ana bunday gaplar bor: «(Xonliklardan) qaysinisi kuchliroq va ishonchliroq bo'lsa, o'shanisi bilan aloqa o 'rn a tish lozim . Boris va uning h am ro h lari Buxoro, Balx va U rganchda bo'lganlarida ularning xonlari hozirgi paytda Turkiya sultoni, Eron shohlari va G ruziya bilan qanday m unosabatda ekanligini, kim lar 100 bilan aloqasi y o ‘qligini, shu kunlarda X orazm tax tida kim o ‘tirganini h ar qanday yo ‘l bilan aniqlasinlar; Buxoro, Balx va U rganch xonlarining xazinasi boym i, askari kuchlim i, shularni ham aniqlasinlar». Moskva hukumati aka-uka Pazuxinlarga ham Buxorodan Hindistonga olib boradigan qulay yo‘lni aniqlash vazifasini yuklagan edi. U larbu vazifani bajarish uchun taijimonlar Nikita Medvedev va Semyon Izmaylovlami Balxgajo'natdilar. Ulardan faqat Nikita Medvedev Pazuxinlar huzuriga qaytib keldi va Balxdan Hindiston poytaxti Shohjahonobodga olib boradigan yo‘l haqida m a’lumot keltirdi. U bunday deb yozgan: «Hindistonga olib boradigan yo‘l Balxdan aholi yashab turgan qishloqlar oraqali o'tadi. Yo‘lda hech qanday odobsizlik, talon- taroj va boj olish degan narsalaryo‘q». Taijimon Shohjahonobodga yo‘l Xinjon, Parvon, Kobul, Peshovar orqali o‘tishini aytgan. Yana u yozgan: «Xinjon bilan Parvon oralig'ida Hind toglari (Hindikush) yotadi. T o‘g‘ri yo'ldan, tog‘ orqali borilganda masofa olti kunlik, tog‘ni aylanib borilganda — to ‘rt haftalik yo‘l». Ikkinchi taijimon Semyon Izmaylov Kobulda qolgan edi. A ka-uka Pazuxinlar 0 ‘rta Osiyo xonliklaridagi mavjud harbiy-siyosiy ahvol haqida ham m uhim m a ’lum otlarni t o ‘pIagan!ar. Axborotnomada o'zbek xonlari saroyida amalda bo'lgan qabul marosimlari haqida ham m a’lum otlar keltiriladi. U nda, xususan, bunday deyiladi: «(Ark) darvozasi oldida Boris va uning hamrohlarini Malaybek (to ‘pchiboshi) kutib oldi. Boris va uning ham rohlari (to'pchiboshi olib kelgan) otlarga mindilar. Podshoh qasriga yetganda ularni otdan tushirdilar, chunki podshoh qasriga otliq kirish m an’ etilgan. Borisning o ‘ng tarafiga Buxoroning atoqli zotlari, xon avlodidan bo'lgan shahzoda va xonning yaqin mulozimlari, chap tarafda, katta am ir (boyarin) xonning yaqin mulozimlari va boshqa lavozimdagi mansabdorlar, (um um an) 100 dan ortiq kishi joy oldilar... Abdulazizixonning o ‘ng tarafidan xojalar, ruhoniylar va ulam olar o ‘rin oldilar. Xonning oldiga uning qilichi, o'q-yoyi va qalqoni qo‘yilgan edi. Uning orqasida 12 nafar nayza va qilich ko'targan uy xizmatkorlari turgan edi. Xonning old tarafida 200dan ortiq yasovul (va qo'riqchilar) tik turar edilar...» Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling