Manbashunoslik


R ofiziylar — g'ayridinlar. S u n na m azhabidagi m u su lm o n la r shialarni shu nom bilan


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

1 R ofiziylar — g'ayridinlar. S u n na m azhabidagi m u su lm o n la r shialarni shu nom bilan 
ataganlar.
2 Buyuk T atariston — yevropaliklar D ashti q ip ch o q (Irtish daryosin in g b osh lan ish id an  
D n ep r daryosigacha bo'lgan yerlar)ni XI asrdan b osh lab sh u n d ay ataganlar.
96


va Afrika bo'ylab qilgan sayohati (1394—1427-yy.)» deb ataladi va uning 
rus tilida (nem ischa nas’nri 1859-yili am alga oshirilgan) u ch ta yaxshi 
nashri bor. Birinchisi Odessa Universitetining professori F.K.Braun tarafidan 
18 6 7 -y ili, ik k in c h is i O z a rb a y jo n F a n la r a k a d e m iy a s i a k a d e m ig i 
Z .M .B unyodov tarafidan 1984-yili va uchinchisi 1997-yili T osh ken td a 
am alga oshirilgan.
10.2.5. «Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat 
kundaliklari»
Lui G onsales de Klavixoning «Sam arqandga A m ir T em u r saroyiga 
s a y o h a t k u n d a lik la r i» (1 4 0 3 —1406) a s a r id a XV a s r b o s h id a g i 
M ovarunnahm ing ichki ahvoli, uning obod shahar va qishloqlari, xususan 
Shahrisabz va poytaxt shahar Sam arqand haqida, A m ir T em u r saroyidagi 
udum lar, Sohibqironning xotinlari va ularning jam iyatda tutgan o ‘rni 
haqida m uhim m a’lu m otlar keltiriladi.
Klavixoning hikoyasida Am ir T em ur Shahrisabzda qurdirgan m ahobatli 
va go'zal Oqsaroy kishining ko ‘z oldida nam oyon b o ‘ladi. Lekin, Klavixo 
b o ‘lgan paytda, saroy qurilishi hali oxiriga yetkazilm agan edi. S huning 
uchun uning asl m ohiyatini, ne m aqsadda qurdirilganligini birdan anglash 
qiyin b o ‘ladi. Jum boqni taxm inan 90 yil o 'tg ach Z ahiriddin M uh am m ad
Bobur yechib bergan. Uning so'zlariga qaraganda hazrat sohibqiron Keshni 
boshda poytaxt qilm oqchi b o ‘lgani uchun Oqsaroyni ham podshohning 
ah l-u oilasi bilan, tu ra rjo y i ham da davlat niuassasalari joylashgan rasmiy 
qarorgoh sifatida qurdirgan. «Boburnom a»da, m asalan, m an a bunday 
deyilgan: «Tem urbekning zodu budi Keshdin (bo 'lg 'o n i) uchun sh ah ar 
va poytaxt qilurg'a ko ‘p sa ’y va ehtim om lar qildi, oliy im oratlar Keshda 
bino qildi. O 'zining devon o 'ltiru r uchun bir ulug‘ peshtoq va uning 
yonida va so‘l yonida tavochi beklar o ‘lturub devon so‘rar u ch u n , ikki 
kichik peshtoq qilibdur. Y ana savrun eli o ‘ltirur uchun bu devonxonaning 
h ar zilida kichik-kichik to q ch alar qilibdur. M uncha oliy to q olam da 
kam nishon berurlar. D erlarkim , Xusrov toqidin bu biyiroqdur».
Klavixo A m ir T em urning otasi va xotinlari haqida ham o ‘ta qim m atli 
m a ’lum otlar keltirgan. M asalan, am ir T arag'ay B ahodir haqida bunday 
deydi: «Tem urbekning otasi olijanob odam b o ‘lgan, chig'atoy urug‘idan. 
M aishati o ‘rtacha b o ‘lgan. U c h -to ‘rt yigiti b o ‘lib, S hahrisabzdan ko ‘p 
ham olis b o ‘lm agan qishloqlarning birida yashagan».
H azrat sohibqironning xotinlari qabul marosimlari va podshohning 
majlislarida erkaklar bilan bir qatorda ishtirok etganlar. Klavixo A m ir 
Tem urning xorijiy m am lakatlardan kelgan elchilami qabul qilish m aro-
97


simlaridan biri haqida hikoya qilar ekan, unda hazrat sohibqironning xotinlari 
Saroy mulk xonim (K ano), kichik xotini C ho'lpon Malik va katta kelini 
Xonzoda begimlar hozir bo'lib, Am ir Tem urning yonida o'tirganlar.
A m ir T em ur o 'z davrida qonun ustuvorligini, u ham m a uchun barobar 
ekanligini ta ’m inlagan davlat arbobi edi. U yetti yillik (1399—1404) harbiy 
yurishdan qaytib kelgach, bozor m aydonida m ansabini suiiste’mol qilgan 
bir vazirni, molini ortiq narxda sotgan bir necha kosibni ham m aning 
oldida tergab-tekshirib jazoga buyurgani m a ’lum . Bu voqeani o 'z ko'zi 
bilan ko'rgan Klavixo bu haqda quyidagilarni hikoya qiladi: «Podshoh 
birin ch i b o 'lib , o 'z in in g m a sh h u r vazirlarid an birini jazoga to rtd i. 
T em urbek yetti yillik yurishga ketayotib uni davlat tepasiga qo'yib ketgan 
edi. Tem urbek yo'q paytida o 'sh a vazir, aytishlaricha, o 'z m ansabini 
suiiste’mol qilgan...T em urbek b a ’zi d o 'k o n d o rla rn i, go 'sh tn i qim m at 
bahoda sotgan qassobni, m olini ortiq b ahoda sotgan m axsido'zlarni, 
etikdo'zlarni ham jazoga buyurgan».
Klavixoning «Kundaliklar»ida, um um an Am ir T em ur saltanati, xususan 
Sam arqand osori atiqalari va bozorlari, u yerga k o 'p m am lakatlardan 
olib kelingan m ollar haqida ham o 'ta qim m atli m a ’lum otlar keltiradi.
Klavixoning asari bir necha bor ispan tilida nashr etilgan, bir necha 
yevropa tillarida, ikki m arta rus tilida, oxirgi m arta 1990-yili I.S.M irokova 
tarjim asida chop etilgan. 1881 -yilgi K .l.Sreznevskiy tarjim asi asosida 
kitobni Ochil Tog'ayev o 'zbek tiliga tarjim a qilgan. Eng muhim qismlarini
I.S.M irokova tarjim asidan O. Bo'riyev tarjim a qilib chop etdi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling