M/s ni km/soat da ifodalang. A) 52,1 B) 151. C) 1512 D) 11,(6)


Download 32.39 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi32.39 Kb.
#1489115
Bog'liq
FIZIKA KURS





1. 42 m/s ni km/soat da ifodalang.
A) 152,1 B) 151.2 C) 1512 D) 11,(6)
2. Ertalab avtobus yo‘lga chiqib kechqurun avtobazadagi o‘z o‘rniga qaytib keldi. Shunda xisoblagichining ko‘satishi 800 km ga ortdi. Avtobusning L yo‘li va ko‘chish moduli S nimaga teng.
A) L=800 km, S=400 km B) L=S=800 km
C) L=0, S=800 km D) L=800 km, S=0
3. 378 km/soat tezlik necha m/s bo‘ladi.
A) 105 B) 10,5 C) 1360,8 D) 150
4. Havo shari yerdan 800 m balandlikka vertikal ko‘tarilgach, shamol uni g‘arbga tomon muayyan masofaga eltib bordi. Agar havo sharining ko‘chishi 1 km bo‘lsa uning o‘tgan yo‘lini toping?
A) 1800 m B) 600 m C) 1400 m D) 900 m
5. Tezligi 35 m/min bo‘lgan, to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan avtomobil 2100 m masofani qancha vaqtda (s) bosib o‘tadi.
A) 60 B) 50 C) 3600 D) 360
6. Agar yassi ko‘zguda predmet tasviri ko‘zgudan 120 sm masofada hosil bo‘lsa , predmet bilan uning tasviri orasidagi masofa nech sm bo‘ladi.
A) 120 B) 240 C) 60 D) 180
7. Uzunligi 350 m bo‘lgan poezd parallel yo‘lda 18 km/soat tezlik bilan ketayotgan velosipedchini 7 c da kuvib o‘tgan bo‘lsa, poezdni tezligi (m/s) qanchaga teng.
A) 55 B) 68 C) 50 D) 60
8. 108 km/soat tezlik bilan xarakatlanayotgan velosipedchi 64,8 km/soat tezlik bilan xarakatlanayotgan ikkinchi velosipedchini quvib kelmoqda. Ular orasidagi masofa 600 m bo‘lgan vaqtdan boshlab, qancha vaqtdan so‘ng birinch velosipedchi ikkinchi velosipedchiga yetadi?
A) 25 c B) 50 c C) 12.5 c D) 20 c
9. Qayiqning suvga nisbatan tezligi 2 m/s ga teng va qirg‘oqqa tik yo‘nalgan. Suvning oqish tezligi 1,5 m/s ga teng. Qayiqning qirg‘oqqa nisbatan tezligi qancha?
A) 2,5 m/s B) 0,5 m/s C) 3,5 m/s D) 2 m/s
10. O‘rdak oqimga qarshi 7 m/s tezlik bilan 8 minut suzdi. Agar oqimning tezligi 2 m/s bo‘lsa, o‘rdak qancha masofaga siljigan.
A) 4320 m B) 960 m C) 3360 m D) 2,4 km
11. Turg‘un suvda tezligi 5 m/s bo‘lgan qayiq, kengligi 400 m va oqimning tezligi 2 m/s bo‘lgan qaryodan tik suzib o‘tmoqda. Oqim qayiqni qancha masofaga surib ketadi?
A) 160 m B) 200 m C) 140 m D) 1000 m
12. Suzuvchining suvga nisbatan tezligi 3 m/s va qirg‘oqqa tik yo‘nalgan, suvning oqish tezligi esa 4 m/s ga teng. Suzuvchining qirg‘oqqa nisbatan tezligini necha m/s?
A) 7 B) 1 C) 5 D) 3
13. Turist yo‘lning 9 km ni 15 m/s tezlik bilan, qolgan 40 minutda 12 km yurdi. Turist harakat boshlaganidan so‘ng 1,5 soat o‘gandagi o‘rtacha tezligini toping ( km/soat )?
A) 10 B) 36 C) 20 D) 15
14. Quyidagi jumlaning mazmuniga mos ravishda gapni davom ettiring: To‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan xarakatda tezlik vektorining….
A) moduli va yo‘nalishi o‘zgarmas qoladi
B) moduli tekis oshib, yo‘nalishi o‘zgarmas qoladi
C) moduli tekis kamayib, yo‘nalishi o‘zgarmas qoladi
D) moduli va yo‘nalishi uzluksiz o‘zgarib turadi.
15. Quyidagi jumlaning mazmuniga mos ravishda gapni davom ettiring: Notekis xarakatda tezlik vektorining….
A) moduli va yo‘nalishi o‘zgarmas qoladi
B) moduli tekis oshib, yo‘nalishi o‘zgarmas qoladi
C) moduli tekis kamayib, yo‘nalishi o‘zgarmas qoladi
D) moduli va yo‘nalishi uzluksiz o‘zgarib turadi.
16. Poezd yo‘lning birinch yarmini ikkinchi yarmidagiga qaraganda 3 marta katta tezlik bilan bosib o‘tdi. Uning butun yo‘l davomida o‘tacha tezligi 108km/soat bo‘lsa birinchi yarmidagi tezligini (m/s) aniqlang?
A) 40 B) 30 C) 120 D) 90
17. Yo‘lovchi 5 km/soat tezlik bilan xarakatlanib, vatqning uchdan ikki qismini sarfladi. Qolgan vaqtda 8 km/soat tezlik bilan harakatlandi. Yo‘lovchining o‘rtacha tezligini toping (km/soat).
A) 6 B) 6.5 C) 13 D) 3
18. Agar elektrpoezd yo‘lni uchdan bir qismini 5 m/s tezlik bilan, qolgan qismini esa 72 km/soat tezlik bilan bosib o‘tgan bo‘lsa, uning o‘rtacha tezligini toping?
A) 12,5 B) 10 C) 18 D) 45
19. Tekis teslanuvchan xarakat qilayotgan jism 5,5 c davomida tezligini 44 sm/s ga oshirdi. Jism tezlanishi qanchaga teng (m/s2).
A) 0,8 B) 0,08 C) 242 D) 1
20. Jismning tezlik vektori va tezlanish vektori qarama-qarshi yo‘nalishi mumkinmi?
A) faqat aylanma harakatda
B) faqat ellips bo‘ylab harakatda
C) faqat tekis sekinlanuvchan harakatda
D) mumkin emas
21. Avtomobil harakati tenglama bilan ifodalansa, uning tezlanishi nimaga teng bo‘ladi (m/s2)?
A) 5 B) 10 C) 2,5 D) 0,5
22. 42 m/s tezlik bilan xarakatlanayotgan avtomobil tormozlanish natijasida 7c da to‘xtadi. Avtomobil tezlanish modulini toping (m/s2)
A) 6 B) 12 C) 7 D) 0
23. Xarakat tenglamasi x1=5+10t va x2=10t bo‘lgan avtomobillar koordinatalar boshidan qanday masofada uchrashadilar?
A) 100 B) 20 C) 50 D) ular uchrashmaydilar
24. O‘zaro 60 burchak hosil qilib yerga nisbatan 2 tezlik bilan xarakatlanayotgan ikki jismning nisbiy tezligi qanday bo‘ladi?
A) B) C) D)
25. O‘zaro 120 burchak hosil qilib yerga nisbatan 3 tezlik bilan xarakatlanayotgan ikki jismning nisbiy tezligi qanday bo‘ladi?
A) B) C) D)
26. Qizcha ko‘zguga tik yo‘nalishada 2 m/s tezlik bilan yaqinlashmoqda. Qizchaning tasviri uning o‘ziga va ko‘zguga qanday tezliklar (m/s) bilan yaqinlashadi?
A) 2; 2 B) 2; 1 C) 4; 2 D) 2; 4
27. Suzuvchi oqimga qarshi suzayapti. Oqimning tezligi 3 m/s. Suzuvchining suvga nisbatan tezligi 4 m/s. Qirg‘oqqa nisbatan suzuvchining tezligini toping?
A) 5 m/s B) 7 m/s C) 1 m/s D) 3,5 m/s
28. Shamol bo‘lmaganda, tovush havoda 330 m/s tezlik bilan tarqaladi. Havoning temperaturasi 0 C, shamolning tezligi 35 m/s bo‘lsa, tovush shamolga qarama qarshi yo‘nalishda qanday tezlik bilan tarqaladi?
A) 330 m/s B) 365 m/s C) 295 m/s D) 35 m/s
29. Qandaydir balandlikdan vertikal tashlangan jism, shamol bo‘lmaganda yerga 8 m/s tezlik bilan tushadi. Agar g‘arbdan 6 m/s tezlikda shamol esayotgan bo‘lsa, jismni yerga tushishdagi tezligi qanday bo‘ladi ( m/s )?
A) 7 B) 5 C) 14 D) 10
30. Kemadan yuborilgan tovush signali 2,6 s dan keyin qaytib kelgan bo‘lsa, aysbergning kemadan uzoqligini aniqlang (m). Tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s ga teng.
A) 2000 B) 1950 C) 1900 D) 3900


Download 32.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling