Ma’noning kengayishi, torayishi va ko‘chishi. Reja


Download 131 Kb.
bet3/6
Sana22.04.2023
Hajmi131 Kb.
#1379770
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MA’NONING KENGAYISHI, TORAYISHI VA KO‘CHISHI.

Antonimiya. Leksemalar orasidagi zidlik munosabati antonimlikdir: katta-kichik, oq-qora, baland-past, yosh-qari; ruscha: chyornыy-belыy, xorosho-ploxo, lejat-vstavat; inglizcha: necessary-needless (kerakli-keraksiz), light-dark (ochiq-to`q ranglar), rich-poor (boy-kambag`al) kabi. Antonimik leksemalarning asosida borliqdagi qarama-qarshi hodisalarning in’ikosi bo`lgan o`zaro zid tushunchalar yotadi.
Antonim leksemalarda umumiy va birlashtiruvchi semalar ham, qarama-qarshi semalar ham bo`lishi lozim. Masalan, [yoz]:[qish] leksemalari umumiy «yil fasli» semasiga va qarama-qarshi [qish] – «yilning eng sovuq fasli», [yoz] – «yilning eng issiq fasli» semalariga ega.
Antonimlar tuzilishiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
har xil o`zakli antonimlar: chiroyli-xunuk, issiq-sovuq, muhabbat-nafrat;
bir xil o`zakli antonimlar: ongli-ongsiz, o`rinli-noo`rin, guldor-gulsiz, odobli-beodob.Antonimlarning mantiqiy asosini ikki ko`rinishdagi qarama-qarshilik tashkil etadi:
a) kontrast qarama-qarshilik va b) komplementar qarama-qarshilik.
Kontrast antonimiya darajalanuvchi leksemalar qatorining birinchi va oxirgi a’zosiga tegishli bo`ladi, ya’ni ikki antonim leksema orasida har xil antonim a’zo belgilarini o`zida mujassamlashtirgan bog`lovchi bo`g`in mavjud bo`ladi. Masalan, yosh~o`smir~balog`at~o`rta yosh~qari; past~o`rta~baland daraja qatorlarining birinchi va oxirgi a’zosi antonimlik hosil qiladi. Demak, leksemalarning kontrast qarama-qarshiligini ularning darajalanish (graduonimik) qatoridan izlash zarur.
Komplementar antonimiyada qarama-qarshilik uchinchi, oraliq bo`g`insiz bo`ladi: oson-qiyin, rost-yolg`on, arzon-qimmat kabi.
Graduonimiya. Lug`aviy birliklarning o`zaro ma’noviy munosabatlariga ko`ra ma’lum darajalanish qatorlarini hosil etishi graduonimiya hodisasidir. Darajalanish qatori kamida uchta a`zodan iborat bo`ladi.
Darajalanish munosabatlari bilan bog`langan so`zlar qatorini ikki omilga tayanib ajratish mumkin: 1) g`ayrilisoniy asoslar va 2) sof lisoniy asoslar.
G`ayrilisoniy omilning mohiyati shundaki, borliqdagi narsa, belgi, xususiyatlarda sifat farqlari bilan birga miqdor farqlar ham mavjud. Inson ongida miqdoriy va sifatiy o`zgarishlar o`z aksini topadi va ular alohida-alohida leksemalar bilan ifodalanadi. Chunonchi, nihol-ko`chat-daraxt; ninni-chaqaloq-go`dak-bola…; buzoq-tana-g`unajin-sigir.
Demak, ongda aks etgan miqdoriy farqlarning tildagi in’ikosi g`ayrilisoniy omilning asosini tashkil etadi.
Darajalanish qatorlarini ajratishning lisoniy asosi ma’noviy omil hamda so`zlarning paradigmatik munosabatlarini qamrab oladi. Bir qator leksemalar sememalarida bir belgining oz-ko`pligi, turli xil darajalariga ishora ma’noviy omil bilan bog`liqdir. Masalan,
- +


-3 -2 -1 0 1 2
gulobi pushti qizg`ish qizil ol qirmizi



Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling