Mansur Xalloj ta`limoti


Download 67.78 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi67.78 Kb.
#1020466
1   2   3   4
Bog'liq
Mansur Xalloj ta`limoti

.

  • Tasavvuf olami to`xtovsiz ravishda – Tariqat, Ma’rifat va Haqiqat darg`alari bilan boyib, kuchayib borgan. Vaqt o`tishi bilan bashariyat islom tasavvufiga boshqacha qiziqish, o`zgacha ehtiromda qaray boshladi. Tasavvufda joriy qilingan ma’naviy-ruhiy tajribalar, eng avvalo , diqqatni insonga qaratar, uni o`zining ilohiy mohiyatini mushohada etishga ilhomlantiradi. Tasavvuf insonning Ollohga tobeligiga alohida urg`u berarkan, insonning insonga qaram va muhtojligi tushunchalarini tubdan isloh aylashni ham targ`ib qilardi. Bu gap hurriyat, erkinlik, tenglik kabi aqidalarga ham daxldor edi. Buyuk tariqatchilarning birlari nafs, ruh va qalb tasfiyasidan bahs yuritardi. Nafsini tanigan- Rabbini tanir, degan haqiqatga qiziqish bag`oyat ommalashib borardi Bir qancha fan sohalarining o`zaro yaqinlashishi , ular orasida o`ziga xos “ko`prik”ning yuzaga kelishi tasavvuf natijasidir. Bu fanlar doirasiga falsafa, din, mantiq, adabiyot, musiqa kabi sohalar kirar edi. Ammo shunga qaramay, ayrim masalalar xususida tortishuvlar , muammolar paydo bo`lar edi. Shu kurashlar girdobida qolib, uning qurboniga aylanganlardan biri mutasavvuf , mutafakkir siymo Mansur Halloj edi.

.

  • Abuma’fib Abdullo binni Ahmad binni Abutohir Mansuri Halloj milodiy 857-yilda (hijriy 224) Eronning Boyzo (ba’zi sarchashmalarga ko`ra Tur) mavzeida tug`ilgan. Garchi, Halloj tavallud topgan o`lka haqida turli taxminlar bo`lsa-da, ko`pchilik olimlar u tug`ilgan o`lkani Boyzo deya e’tirof etadilar. Uning Halloj (halloj- paxta tozalovchi, paxta yigiruvchi) deb atalishiga sabab, u bir kuni paxtani chigitdan ajratib o`tirgan do`stiga iltimos bilan bir ish aytadi. U rozi bo`lib ketgach , Mansur men do`stimning tirikchiligini zoye qildim, agar ishga buyurmaganimda ushbu yumushni tugatgan bo`lurdi, deb karomat bilan qo`lida ishora qilib bir qancha miqdor paxtani chigitdan ajratib qo`yadi. Shundan keyin u “Halloj” deb atala boshlanadi.
  • Alisher Navoiy hazratlari ham “Nasoyim ul-muhabbat” asarlarida shunday fikrlarni keltirganlar: “…Kuniyati Abulg`ayz Forsning Bayzosidindur. Avval Halloj emas erdi. Bir halloj do`konida erdikim, aning do`sti erdi. Ani bir ishga yibordi. Ko`ngliga o`ttiki, aning ro`zg`oin zoye qildim. Barmog’i bila ishorat qildi: momug` chigitdan ayrildi. Ango bu jihatdin Halloj ot qo`ydilar…” [12,105].

Download 67.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling