Mansur Xalloj ta`limoti . - Halloj Husayn Ibn Mansur (858— 922) — tasavvufyaati oʻta soʻl oqimning yirik vakili. Gʻoyaviy jihatdan qarmatlarta yaqin boʻlgan. Tur, Baydo, Basra, Bagʻdod shaharlarida bilim olgan. Musulmonlarning ayrim odatlariga va shariatning baʼzi qoidalariga zid fikrlar aytgan. islomning Alloh toʻgʻrisidagi tavhid aqidasiga zid ravishda xudo insonda namoyon boʻladi, inson va umuman moddiy olam xudoning jilolanishi, „Men haq (xudo) man („Ana-l-haqq“), mening oʻzligim — xudoning oʻzligidir“, degan fikrni ilgari surgan va bu fikr bilan vahdati-vujud taʼlimotiga yoʻl ochgan. Husayn oʻz gʻoyalarini Oʻrta Osiyo, Hindiston, Iroq va boshqa mamlakatlarda targʻib qilgan va muxlislar orttirgan. Shariat peshvolari Husaynni bidʼatchilikda va shakkoklikda ayblab, qatl etishga hukm chiqarganlar.
. - Hallojiylik tariqati va uning o`ziga xos xususiyatlari.
- Butun dunyoda keng shuhrat topgan va yuksak ma’naviy nufuzga erishgan ulug` mutasavvuf Mansur Halloj o`zining “Anal-Haq” (Men Haqman) g`oyasi bilan tanilgan siymodir.
- Halloj umri davomida faqat haq va haqiqat g`oyasi bilan yashagan. Chunki, haqiqatga erishgan joyda yangi olam, hayot barq uradi. Ammo bu yo`l nihoyatda mashaqqatli hisoblanadi. Shu sababli Mansur Halloj va unga o`xshagan tasavvuf ahllari boshdanoq qattiq qarshilikka uchragan , bir-biridan og`ir, qiynoqli sinovlarga duch kelgan.
- Ma’lumki, tasavvuf arabcha –“ jundan qilingan kiyim, po`stin, kiyim; so`fiylik ” degan ma’nolarni anglatadi. Islomda insonning ruhiy dunyosi to`g`risidagi , uni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yo`llovchi ta’limot, diniy e’tiqod, so`fiylik sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |