Toshkent – 2023


Download 25.27 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi25.27 Kb.
#1839705
Bog'liq
Ozchilik e\'tiqodi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI EKONOMETRIKA YO`NALISHI 1-KURS TALABASI
ABDUG’AFFOROV ZIYODULLONING
FALSAFA FANIDAN
Mustaqil ishi
Tekshirdi: Abdullayev J.
Bajardi: Abdug’afforov Z .

Toshkent – 2023.

ESSAY
Mavzu: Ozchilik e’tiqodi hukmron qarashga qanday aylanishi mumkin?


Bart Ermanning “The Triumph of Christianity: How a Forbidden Religion Swept the World” kitobini o‘qiyotib, shu savol keldi. Xristianlikning vujudga kelishi. Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o’ziga e’tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining sharqiy qismida tarqalgan. Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin yerlarida vujudga keldi. Xristianlik ozchilik va zaif qatlam ichida tarqalgan. Uning targ‘iboti uchun hech qanday siyosiy dastak ham bo‘lmagan. to imperator Konstantin bu dinni qabul qilguncha (312 yil) uch asr o‘tgan. Bu vaqtgacha ushbu din anchagina yoyilib qolgan edi. Imperatorning xristianlikni qabul qilishi uni davlat diniga aylantirib qo‘ymagan bo‘lsa ham, yuqori qatlam orasida uning tarqalishini tezlashtirgan. Ammo bu din bungacha ham keng tarqalgan va yetarli kuchga ega bo‘lganida esa, boshqa dinlarni asta yutib yubora boshlagan. Aslida Rim imperiyasida turfa dinlar juda ko‘p edi, biri ikkinchisini “yutib yubormasdi”. Ammo xristianlik barini yutib yubordi. Xristianlikning vujudga kelib, g‘olib dinga aylanishida rol o‘ynagan omillar boshqa mafkura va e’tiqodlarning kuchayishida ham rol o‘ynaydi, menimcha. Bu yerda eng e’tiborli jihat avval-boshda zaiflar, kambag‘allar dini siyosiy dastaksiz ham kuchaya olgani va hatto imperator unga qiziqib qolganidir. Islom dini bu jihatdan sal boshqacharoq. Islom avval boshdanoq siyosiylashgan va asoschining hayotligidayoq siyosiy va harbiy dastakka ega din bo‘lgan. Agar xristianlik tarqalishidagi ana shu jihatlarni e’tiborga olsak, bugungi kunda turli mafkuralarning o‘zaro kurashi va ulardan birining g‘alabasiga xizmat qiladigan sabablarni bir qadar aniqlashimiz mumkin. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko’ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo’lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog’ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog’liq. Eramizning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog’liq og’ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko’mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o’rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo’ldi. Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g’oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg’in qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar.
Isoning tarixiyligi xususida diniy va diniy bo’lmagan manbalar orasida ixtilof mavjud: xristianlik manbalari Isoning o’zi xudo bo’la turib, insoniyatning gunohlarini o’ziga olish uchun odam qiyofasida tug’ilganini, uning tarixiy shaxs ekanini ta’kidlab, uning hayot tarzini, insonlar bilan muloqoti haqidagi keng ma’lumotlarni bersada, diniy bo’lmagan manbalarda Isoning nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxsdir deguvchilar ham bor.
Iso nomiga qo’shiluvchi Masih so’zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi «moshiax» so’zidan olingan bo’lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. Grekchada bu so’z «xristos» («christos») shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so’zlar bilan bog’liq. Bundan tashqari xristianlik Iso Masihning tug’ilgan qishlog’i - «Nazaret» bilan bog’lab, nazroniyya deb ham atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini olgan. Iso Masih o’z ta’limotini o’zining 12 o’quvisi Apostollar - Havoriylarga o’rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining talimotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «Yangi ahd» qismini tashkil etadi.
Xristianlikning ta’limoti. Rim imperiyasi diniy jihatdan ancha tolerant bo‘lgan. Manbalar xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Odamlar bir paytda bir nechta xudoga sig‘inib ketavergan. Bu jihatdan imperiyadagi dinlar inklyuziv xarakterda edi. Ya’ni bir xudoga sig‘inish, boshqa bir xudoga ham sig‘inishga xalal bermagan. Xristianlik xudosi ham xudolardan biri edi. Ammo xristianlarning o‘z dindoshlarini imperiyaning boshqa diniy marosimlaridan qaytarishi ijtimoiy sarosimani keltirib chiqargan. Oqibatda uchinchi asrga kelib, xristianlarga qarshi repressiyalar boshlangan. Bu repressiyalar bir din vakillarining boshqa dinga qarshi kurashi emas, balki siyosiy elita ularni mavjud ijtimoiy-siyosiy tartibotni buzishga uringanlikda ayblab, ko‘rgan jazo chorasi edi. Boshqacha aytganda, imperiya xristianlarga derdiki, xudoyingga sig‘inaver, ammo boshqalarning xudosini haqoratlama, boshqalarning o‘z diniy marosimlarini bajarishidan qaytarma. Ya’ni bir odam biror xudoga sig‘insa, istasa boshqasiga ham sig‘inaversin. Politeistik dinlarda bir dinning yutug‘i, boshqasining mag‘lubiyati hisoblanmasdi. Ammo xristianlikda boshqacha edi, uning yutug‘i, boshqalarning mag‘lubiyati edi. Shu bilan xristianlik o‘z eksklyuziv tabiati sababli, o‘z qavmini boshqa dinlar hisobiga kengaytira bordi. Plyuralizm qobig‘ida uni yo‘q qiladigan monizm yetildi. Tarafdorlarning o‘z qarashini ko‘proq yoyishga qiziqishi, bundan manfaatdorligi, missionerlik, da’vatchilik. Ana shu jihat na politeistik dinlarda va na yahudiylikda bo‘lgan. Bu jihat xristianlikning yorqin tomonidir. Agar siz bu dunyo foniy va ahamiyatsiz, uni o‘ylab boqiy dunyoni kuydirmaslik, oxiratda cheksiz azobga qolishdan saqlanish kerak, deb ishonsangiz va buning birinchi va asosiy chorasi Iso Masihga ergashish deb qattiq e’tiqod qilsangiz, tabiiyki, bu “yaxshilik”ni boshqalarga ham, ayniqsa, yaqinlaringizga ravo ko‘rasiz. Ularni xudoning qahridan xalos qilgingiz, hidoyatga erishtirgingiz keladi. Shuning uchun ham o‘z yaqinlaringizni “to‘g‘ri yo‘l”ga chorlaysiz. Buni qandaydir e’tiqodni shunchaki targ‘ib qilish uchun emas, odamlarga yaxshilik qilish, ularga yordam berish uchun qilasiz. Shu zaylda din da’vatchiligi stixiyali tus oladi. Uning targ‘ibotiga millionlab sarmoya tikish, hukumat qo‘llovi shart bo‘lmay qoladi. Odamlar o‘zlari chin ko‘ngildan bu vazifani ado etadi. Ya’ni bu ish diniy emas, siyosiy akt hisoblangan. Oqibatda uchinchi asrga kelib, xristianlarga qarshi repressiyalar boshlangan. Davlat tomonidan dastaklanadigan aniq bir kanonik aqidalar ham bo‘lmagan. Xristianlik ana shu muhitda turli dinlardan bir din sifatida vujudga kelgan. Bu esa xristianlikning yahudiylikdan ko’p jihatdan ta’sirlanishiga sabab bo’ldi. Xristianlikning asosiy g’oyasi - Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo’lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir. Xristianlik muqaddas ruh ota-xudo, o’g’il-xudo va muqaddas ruh - uch yuzlik xudo to’g’risidagi ta’limot, jannat va do’zax, oxiratda go’yo dunyoning oxiriga borish, Isoning qaytishi haqida va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi. Xristian jamoasining shakllanishi, uning aqidalarini tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi eramizning IV asr boshlarida 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so’ng amalga oshdi.325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Lisiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini o’zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikey shahrida I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo’lib o’tdi. Bu soborlarda xristianlik ta’limotining asoslari qabul qilindi va bu asoslar 12 qismda ifodalandi. Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida so’z yuritiladi.
Ikkinchi qismda Xudoning o’g’li Isus Xristosga imon keltirish haqida so’z boradi.
Uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so’z yuritilib, unga ko’ra, Iso Xudo bo’la turib, bokira Bibi Maryamdan tug’ilgan va inson qiyofasiga kirgan.
To’rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o’limi haqida so’z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va o’limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e’tiqod qilinadi.
Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so’ng uch kun o’tib qayta tirilganligi haqidagi aqida keladi.
Oltinchi qismda Isoning meroji haqida so’z yuritiladi.
Ettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba erga qaytishi) haqida so’z yuritiladi.
Sakkinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasidadir.
To’qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida.

O’n birinchi qism o’lganlarning ommaviy tirilishi haqida.


O’n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so’z yuritiladi.

Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning ta’limoti katta rol o’ynadi. Beshinchi asr bo’sag’asida u dinning bilimdan afzal ekanligini targ’ib qila boshladi. Uning ta’limotiga ko’ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug’ va qudratli yaratuvchining irodasi yashiringan. Avgustinning taqdir haqidagi ta’limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan har bir kishi najot topganlar safidan o’rin egallashi mumkin. Chunki imon taqdir taqozosidir.


Xristianlikdagi oqimlar. Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida etakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasining g’arbiy va sharqiy tafovutlari o’sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istanbul patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro’y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan olindi. XVI asr boshlarida katolisizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari vujudga keldi. Buning doirasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllandi. Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o’zlariga xos bo’lgan tomonlarga ega bo’lish bilan bir qatorda, bular ham o’z navbatida bir necha yo’nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo’lindi
1. Pravoslav oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri o’laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro’yobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Yevropa, yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so’zidan olingan bo’lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviening kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo’nalish u yerdagi hukmron din edi.
2. Katolik oqimi. Xristianlikning yirik yo’nalishlaridan biri katoliklardir. U Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo’lib, muxlislari taxminan 1 mlrd. ga yaqin kishini tashkil etadi.
Katolisizm umumiy, dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo’lmagan Rim Xristian jamoasi bo’lib, rivoyatilarga ko’ra uning birinchi Episkopi apostol Petr bo’lgan.
Katolisizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Katolisizm xristianlikning yo’nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta’limot, sig’inish va tashkiliy masalalarda bir qator xususiyatlar bilan ajralib turadi
3. Protestantizm oqimi. Protestanizm tarixi Martin Lyutyerdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo’lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko’ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o’rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.
Protestantizmning mohiyatiga ko’ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro’y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Protestantlik diniy marosimlarning ko’pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho’qintirish saqalanib qoldi.
Yangi mafkurada eski odatlar yoki e’tiqoddan biror elementning bo‘lishi. Suv bilan cho‘qintirish marosimi xristianlikkacha ham ayrim ma’jusiy dinlarida bo‘lgan. Turli bayram, marosimlarni shunchaki qayta talqin qilish, ularga yangicha ma’no yuklash orqali ham saqlab qolish, yangi e’tiqodga singdirib yuborish mumkin. Bunday o‘xshashliklar yangi ta’limotga odamlarni jalb qilayotganda begonasirash tuyg‘usini kamaytiradi. Bir odam yangi bir fikrni, odatni qabul qilayotganda undan avvalo o‘ziga tanish va qadrdon jihatlarni qidiradi. Ana o‘sha jihatlarni topa olsa, uni qabul qilishi osonlashadi. Shuning uchun ham har bir dinda o‘zidan avvalgi dinlardagi unsurlar turli darajada saqlanib qolganini ko‘p kuzatamiz. Bunaqa masalada murosasiz bo‘lgan, eskilarni butkul yo‘q qilishni istaydigan ta’limot keng yoyilishi qiyin. Yangi jamoaning jipsligi, o‘zaro qo‘llov kuchliligi. Qashshoqlik, kasallik keng tarqalgan jamiyatlarda muayyan jamoaning o‘z a’zolariga g‘amxo‘rlik qilishi o‘sha jamoa tutgan ta’limotni jozibador qilib qo‘yadi. Jamoaviy qo‘llov ilk xristianlarda va musulmonlarda ham yaxshi rivojlangan edi. Bu qandaydir birodarlik xalqasiga o‘xshaydi. Bunday qo‘llovlar jamiyatdagi marginal, zaif, qashshoq qatlamni ayniqsa o‘ziga jalb qiladi.
Download 25.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling