Mansurova Dinara Habibullayevnaning


Maktabga tayyorlov guruhlarda buyumlarni miqdor kattaliklari bilan tanishtirish


Download 119.45 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi119.45 Kb.
#1623819
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
matem.dinara-1

2.2.Maktabga tayyorlov guruhlarda buyumlarni miqdor kattaliklari bilan tanishtirish
Maktabga tayyorlash guruhida o’quv yili boshida bolalarda buyumlarning uzunligi, kengligi, balandligi aniqlash malakasi mustahkamlanadi.Shundan keyin ular shartli o’lchovlar yordamida buyumlarning uzunliklari, kengliklari va balandliklarini o’lchash hamda taqqoslashga o’rgatiladi.Bolalarga eng oldin o’lchashning ma’nosi va ahamiyatini tushuntirish, o’lchash usullarini ko’rsatish o’lchashda amal qilish lozim bo’lgan qoidalarni aytish kerak.Shundan keyin bola har xil obektlarni o’lchash usullarini amalda egallaydi.
Mashg’ulotlarni sochiluvchi jismlarning xajmlarini o’lchashdan boshlash maqsadga muvofiq.Bunday qilish shuning uchun ham maqsadgamuvofiqki, sochiluvchi jismlarni o’lchash jarayoni masofalarni o’lchashga nisbatan qiziqarliroqdir.Bundan tashqari, sochiluvchi jismlar xajmini o’lchash suyuqlik xajmini o’lchashga qaraganda ham mashaqqatlidir.
Birinchi mashg’ulotning ikkinchi qismida bolalarni buyumlarning uzunliklarini o’lchash bilan tanishtirish mumkun.
Foydalanib terib chiqishg ao’rgatish, masalan:baland, past, yanada past, yanada pastroq, eng past. Butunni 2 ta , 4 ta teng qismga bo’lishni, butun bilan, qismni taqqoslashni o’rgatish.
Shartli o’lchov bilan tanishtirish.Taqqoslanayotgan predmetlardan biriga teng bo’lgan o’lcham yordamida, ikkita predmetni uzunligi(kengligi, balandligi)ga qarab taqqoslashga o’rgatish.
Narsalarni ko’z bilan chamalab miqdori, kata(uzun(qisqa),keng (tor), enli(ensiz), baland (past), qalin(yupqa))kabi namuna va unga teng bo’lgan bolalar uchun tanish narsalar yoki xarakatlar natijasidaqiyoslanuvchi narsalarning o’lchamini aniqlashga o’rgatish.
Katta guruhda ishlash bolalarning masofalarning xarxil turlari haqida tasavvurlarini aniqlashdan boshlanadi.
Uzunlik”, “kenglik”, “balandlik”, “qalinlik”, “yo’g’onlik”, buyumlarning kattaliklarida mustaqil orient olish tushunchalarini egallab olish, ularni taqqoslash va kattaliklar bo’yicha munosabatlarni tusghunib olish imkonini beradi.Buyumlar orasida kattalik bo’yicha konkret munosabatlarni o’rgatish tajribasi qanchalik boy va turli tuman bo’lsa, keyinchalik bolalarni bu munosabatlarni umumlashtirishga, ko0nkret tafsiflarni obstrakt ta’riflargab ya’ni “tang”, “ortiq”, “kam” (“kata, “kichik”) tushunchalariga o’rgatish shunchalik oson bo’ladi.
Bolalar buyumlarning kattaliklarini taqqoslashga va uning oldin buyumlar masofalarining bir turi bilan farq qiladigan holda, keyinroq masofalarning ikki turi, nihoyat, uch turi bilan farq qiladigan holarda aniq belgilashga o’rganadilar.
Tayyorlov guruhda bolalarni miqdor kattaliklar bilan tanishtirish. Miqdor, kattaliklar shartli o’lchov bilan tanisgtirish.Shartli o’lchov yordamida predmetlarning kengligini, uzunligini o’lchash va taqqoslashga o’rgatish.
Kattalik. Kichik guruxda tarbiyachi bolalarga uzunligi, kengligi, balandligi, shuningdek, kattalik bo‘yicha butunlay keskin farq qiluvchi buyumlarni (tasmalar, kog‘oz, karton poloskalari, brusoklar va b.) taqqoslashni o‘rgatadi. Buyumlarning o‘lchamlari bo‘yicha nisbatlarini anik, so‘zlardan foydalanib ifodalashga o‘rgatadi: uzun-kisqa, uzunliklari bo‘yicha bir xil (teng); keng-tor, kengligi bo‘yicha bir xil (teng) baland-past,balandligi bo‘yicha bir xil (teng); ortik,-kam, mikdori bo‘yicha bir xil (teng).Bunday taqqoslash uchun avval bir-biridan kattaligi bo‘yicha biroralomatiga ko‘ra fark, qiluvchi buyumlar, masalan, kengligi jihatdan bir xil, bir xil rangli, bir xil materialdan tayyorlangan, uzunliklari bo‘yicha bir xil bo‘lgan lentalarni berish mumkin. Bir lenta ikkinchisidan biroz uzunrok, bo‘lishi kerak. Bu bolalarning buyumlardagi masofa elementlarini ajratib yordam beradi.
Biror belgi (uzunlik, kenglik)ni topishga o‘rgatilgan edi. Mazkur bosqichda maktabgacha yoshdagi bolalar bir vaqtning o‘zida uzunlikni, kenglikni topa olish va ular ni takqoslay olish malakasini egallab olishlari kerak. Masalan, tarbiyachi hamma bolaga 2 xil rangli va uzunligi har xil, ammo kengligi (eni) bir xil bo‘lgan lentalarni tarqatadi va bolalarga tanish bo‘lgan usul (masalan, yonma-yon qo‘yish) bilan qaysi lenta uzun, qaysi lenta kichik (kalta) ekanini topish topshirig‘ini beradi. So‘ngra uzun poloskani tanlash va uning uzunligi bo‘ylab barmoqni yuritib chiqishni taklif kiladi. Tarbiyachi “Poloskaning kengligi qani?” — deb so‘raydi va o‘zi poloskaning eni bo‘ylab qo‘lini yuritadi, keyin esa uning bo‘yi bo‘ylab qo‘lini yuritib chiqadi. Bolalardan poloskaning uzunligi (bo‘yi) kattami yoki kengligi (eni) kattami, deb so‘rash kerak, so‘ngra esa bo‘yi katta, eni esa kichik bo‘lishini tushuntirib berish kerak. Eng kisqa poloskani qarash bilan ham tarbiyachi bolalarni yukoridagiga o‘xshash xulosaga olib keladi.
Mashg‘ulotning oxirida bolalarga poloskalarning eni bo‘yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Bolalar bir poloskani ikkinchi poloska ustiga ko‘yib, ular uzunliklari bo‘yicha har xil bo‘lsa ham, ammo enlari (kengliklari) bo‘yicha teng ekanliklariga ishonch hosil qiladilar.O‘rta guruxda bolalarni buyumlar orasidagi uzunlik, kenglik, balandlik bo‘yicha arzimas kichik farklarni ilg‘ab olishga, har xil kattalikdagi 2 tadan ko‘p buyumlarni taqqoslay olishga o‘pgatish kerak. Katta guruhda bolalarni buyumlarning miqdor kattaliklari bilan tanishtirish.


www. tdpu. uz.
XULOSA
Maktab yoshidagi bolalarda bog‘chada elementar matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda dasturning “Kattalik” bo‘limida narsalarni kattaliklari bo‘yicha taqqoslash malakalarini, o‘lchash faoliyatlarini amalga oshirish, narsalarning shakllarini aniqlash va boshqa malakalarga katta ahamiyat beradi. Mazkur ma’ruzada maktabgacha bo‘lgan yoshlarni kattaliklar, o‘lchash faoliyati, narsalarni shakl bilan tanishtirish uslubiyati yoritiladi hamda kattaliklarning asosiy xassalri ochib beriladi.Kattaliklar matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar ma’lum o‘rinni egallaydi.Har qanday buyumga to‘g‘ri to‘liq tavsifnoma berishda buyum kattaligining ahamiyati, uning boshqa asosiy xususiyatlarining ahamiyatidan kam emas. Taqqoslash asosidagina buyumning farqini aniqlash mumkin. Matematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik figuralar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarni) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar. Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. Tug‘ilgan bolalar geometrik figuralarni his eta boshlaydilar. M: bir nechta turli butilkalarni bolaning oldiga terib qo‘ysak, bola ovqat eydigan butыlkasini ko‘zi bilan, labi bilan teshib yuboray deydi. Bola biroz ulg‘aygandan so‘ng o‘yinchoqlarini geometrik figuralar bilan solishtira boshlaydi. M: Mana bu tayoq stolbaga o‘xshaydi, mana bu tarvuzga o‘xshaydi ya’ni hamma narsalarni bir-biriga o‘xshatish.Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik figuralar etalon bo‘lib xizmat qiladi. Shakl xuddi razmerga o‘xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi.Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi. Predmetlarning kam guruhiga yetishmagan predmetni qo‘shishni yoki ko‘p guruhdan bitta ortiqcha predmetni olishni va guruhlar o‘rtasida bir xil miqdordagi har xil predmetlardan iborat tenglik hosil qilishni o‘rgatish. (“Kartochkaning yuqori qatorida uchta anor, pastki qatorida to‘rtta olma, anorlar olmalardan bitta kam. Agar yana bitta anor qo‘ysak anorlar va olmalar soni teng bo‘ladi”). 4 yoshli bolalarni o‘qitishning asosiy vazifasi ularni to‘g‘ri usullardan foydalanib, 5 ichida buyumlarni, tovushlarni, harakatlarni sanashga o‘rgatishdir. Dastlabki mashg‘ulotlarda tarbiyachi sanash namunasini ko‘rsatib o‘zi sanaydi, bolalar esa u sanagan buyumlarning umumiy miqdorinigina aytadilar, ya’ni sanoq jarayonini tarbiyachi o‘z zimmasiga oladi, sanoq natija-sini bolalar aytishadi.
Sanoqqa o‘rgatish bir-birining ostnga parallel joylashgan 2 qator buyumlar guruhini taqqoslash asosidz xuziladi. Taqqoslanuvchi guruhlar yonmayon turgan sonlarni ifodalashi kerak: 1 va 2, 2 va 3, 3 va 4,4 va 5. Bu natural qatorning har bir keyin (oldin) keladigan sonining hosil bo‘lish prinsipini o‘zlashtirish uchun ko‘rsatmali asos hosil qiladi, bolaning bir to‘plam bir son bilan, ikkinchi to‘plam boshqa son bilan atalishini tushunishga yordam beradi. “Uzunlik”, “kenglik”, “balandlik”, “qalinlik”, “yo’g’onlik”, buyumlarning kattaliklarida mustaqil orient olish tushunchalarini egallab olish, ularni taqqoslash va kattaliklar bo’yicha munosabatlarni tusghunib olish imkonini beradi.Buyumlar orasida kattalik bo’yicha konkret munosabatlarni o’rgatish tajribasi qanchalik boy va turli tuman bo’lsa, keyinchalik bolalarni bu munosabatlarni umumlashtirishga, ko0nkret tafsiflarni obstrakt ta’riflargab ya’ni “tang”, “ortiq”, “kam” (“kata, “kichik”) tushunchalariga o’rgatish shunchalik oson bo’ladi.


Download 119.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling