Mansurova Dinara Habibullayevnaning
Taqrizchi: Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim metodikasi”
Download 119.45 Kb.
|
matem.dinara-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB.Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi
- Mavzuning dolzarbligi
Taqrizchi:
Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim metodikasi” Kafedrasi Phd dotsent: Z.A.Dexkambayeva MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….5 I.BOB.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni narsa buyumlarni taqqoslashga oʻrgatish 1.1.Predmetlar oʻlchamini idrok qilish va va taqqoslashga oʻrgatish 1.2.Predmetlarni miqdoriga koʻra taqqoslash usullari II.BOB.Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi 2.1.Matematik tasavvurlarni shakllantirishda bolalarni buyumlarni kattaliklari bilan tanishtirish shakllari 2.2.Maktabga tayyorlov guruhlarda buyumlarni miqdor kattaliklari bilan tanishtirish 3.Xulosa... 4.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati KIRISH Mavzuning dolzarbligi:O’zbekiston Pespublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng kelajagimiz vorisi bo’lgan yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga qaratilgan katta e`tiborlari o`laroq maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish umummilliy davlat dasturining amalga oshirilishi samaralari mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotgan ulkan e’tiborning yaqqol tasdig’idir. Darhaqiqat, yosh avlod ma’naviy tarbiyasi nechog’li ahamiyatli va kechiktirib bo’lmas masaladir. Chunki, bugungi yoshlar ertangi O’zbekistonning kelajagi va bunyodkorlaridir. O'zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o'z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo'liga ega bo'lishi, xalq xo'jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta'limi tizimida ham o'sib kelayotgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi bilan bog’liq jarayonini qayta ko'rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so'nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo'lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida»gi farmonida ko'rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.Respublikamizning mustaqillikka erishishi fanning turli yo’nalishlarda rivojlanishiga keng yo’l ochib berdi. Ayniqsa, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratayotgani O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi,2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda xam ko’rinib turibdi.O’zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida” gi Qonunida maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o’rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi sifatida ta’rif beriladi.Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish bo‘yicha komissiya tarkibi ham tasdiqlandi.Davlat ta’lim standarti umumiy о‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim uchun alohida-alohida ishlab chiqarildi. Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti о‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligi saviyasiga qо‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. О‘z navbatida kasb-hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti о‘quvchilar kasb-hunar tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi. Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda jamoaviy tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarning nazariy asoslarini o`rganish va tahlil qilish Kurs ishining vazifalari: - Jamoaviy tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarning nazariy asoslarini o`rganish va tahlil qilish; - Tarbiyachi tomonidan tashkil etiladigan jamoaviy tadbirlarning ahamiyatini ochib berish - Maktabgacha ta’lim tashkilotida jamoaviy tashkil etiladigan tadbirlarning bolalar tarbiyasida tutgan o`rnini o`rganish Kurs ishining ob’ekti: Maktabgacha yoshdagi bolalarda jamoaviy tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarning nazariy asoslarini o`rganish va tahlil qilish jarayoni Kurs ishining predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarda jamoaviy tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarning nazariy asoslarini o`rganish va tahlil qilish jarayoni va vositalari Kurs ishining tarkibi: Kirish, 2 bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Download 119.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling