Mantiq fanining predmeti va ahamiyati


Download 26.76 Kb.
bet1/2
Sana27.10.2023
Hajmi26.76 Kb.
#1727730
  1   2
Bog'liq
1-билет


Mantiq fanining predmeti va ahamiyati.
Mantiq arabcha so’zdan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “aql” ma'nosini anglatadi. Mantiq atamasi o’rta asrlarda Markaziy Osiyo va Yaqin Shrqda qo’llanilgan. Mantiq yunoncha “logika” atamasiga mos keladi. Logika “logos” so’zidan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “nutq”, “aql” ma'nolarini anglatadi. Logikaga fan sifatida mil.av. IV asrda Aristotel asos solgan.
Kundalik muomalada mantiq atamasi turli o’rinda biz tomonimizdan ko’p qo’llaniladi. Masalan: “fikrlar mantig’i”, “gap mantig’i”, “hatti-harakat mantig’i”, “narsalar mantig’i”, “voqealar mantig’i” kabi jumlalar biz tomonimizdan fikrimizni ifodalashda qo’llaniladi.
Hozirgi davrda mantiq tushunchasi turli ma'nolarni anglatadi.
Birinchidan, bu so’z ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalar rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatni anglatadi. Bu ob'ektiv mantiq deb ataladi. Ob'ektiv mantiq insonga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan moddiy olamni tashkil etuvchi narsalar, hodisalar, jarayonlar taraqqiyotidagi zaruriy qonuniyat, aloqa, munosabatlarni ifodalaydi. Shu sababli u “narsalar mantig’i” deb ham ataladi.
Ikkinchidan, mantiq fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlarni anglatadi. Bu qonuniyatlar sub'ektiv mantiq deb ataladi. Sub'ektiv mantiq bilan ob'ektiv mantiq uzviy bog’liqdir. Chunki ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalar hamda ular o’rtasidagi munosabat va aloqadorlik inson tafakkurida in'ikos etadi.
Uchinchidan, mantiq deb tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fanga aytiladi. Biz o’rganayotgan bu fan formal mantiq deyiladi. Formal mantiq tadqiqot uslubiga k o’ra an'anaviy mantiq (Aristotel mantig’i) va XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mantiq fanida sun'iy (formallashgan) tildan foydalanuvchi matematik metodlar keng qo’llanila boshlanishi asosida shakllangan matematik mantiq (zamonaviy mantiq) sohalariga bo’linadi. Fan-texnika taraqqiyoti hamda matematik mantiq metodlarining ilmiy tadqiqotlarda keng qo’llanilishi sababli bu yo’nalish an'anaviy mantiqdan farqlash uchun ham zamonaviy mantiq ham deb nomlanadi.
Ilmiy bilishda formal mantiq bilan bir qatorda nemis faylasufi Gegel tomonidan asos solingan dialektik mantiq ham keng qo’llaniladi. Dialektik mantiq hodisalar o’zaro aloqadorligi, o’zgarishi va taraqqiyotini tadqiq etishda ob'ektivlik, tarixiylik va mantiqiylikning yaxlitligi, abstraktlikdan konkretlikga o’tishdan foydalanadi.
Mantiq bilish jarayoni bilan uzviy bog’liqdir. Chunki mantiq fanini o’rganish ob'ektini tafakkur tashkil etadi.
Bilish – bilim olish maqsadida vaqelikni inson ongida in'ikos etish jarayonidir. U hissiy organlar va tafakkur yordamida amalga oshadi. Hissiy bilishning uchta asosiy bosqichi mavjud: sezgi, idrok va tasavvur. Sezgi (ko’rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, teri orqali sezish) – predmetlarning biror-bir tashqi xususiyatini (rang, shakl, tovush, harorat) aks ettiruvchi hissiy bilish bosqichidir. Sezgilar yordamida qabul qilingan signallarni sintezi natijasida predmetlarning yaxlit obrazi in'ikosi idrokdir. Tasavvur avval idrok etilgan predmetlar yaxlit obrazini miyada qayta tiklanishi hisoblanadi. Idrok sezgilar vositasida hosil qilinsa, tasavvur xotirada saqlangan predmetlar obrazini qayta tiklanishidir.
Hissiy bilish yordamida biz alohida predmetlar va ularning xususiyatlari haqida bilim olamiz. Biroq inson borliqni anglash jarayonida alohida predmetlar haqidagi bilimlarni umumlashtirishga, jarayonlar sababini aniqlashga, ularning mohiyatiga kirib borishga, tabiat va jamiyat, qonunlarini ochishga harakat qiladi. Bu borliqni tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda ifodalovchi tafakkur yordamida amalga oshiriladi.
Demak, tafakkur hissiy bilish natijasi bo’lgan aqliy bilish bosqichidir. Tafakkur o’z navbatida tushuncha, hukm va xulosa chiqarishni o’z ichiga oladi. Tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari qo’yidagilardan iborat.
1.Tafakkur borliqni umumlashgan obrazlarda ifodalaydi. Hissiy bilishdan farqli o’laroq tafakkur predmetlardagi umumiy takrorlanuvchi, muhim jihatlarni ajratib ifodalaydi. Masalan, hayvonlarning tana tuzilishiga qarab biz ularni ma'lum tiplarga yoki kishilarni kasbiga ko’ra o’qituvchi, injener, vrach, tadbirkor yoki boshqalariga ajratamiz.
2.Tafakkur borliqni bilvosita ifodalaydi. Hissiy bilish bizning sezgi organlarimizga bevosita ta'sir qiluvchi predmetlar haqida bilim beradi. Tafakkur yordamida esa biz predmetlar haqida bevosita emas, balki bilvosita, ya'ni boshqa bilimlar orqali bilim olamiz. Masalan, qish fasli yaqinlashi bilan havo sovushini bilamiz. Mavjud bilimlar asosida hosil qilingan yangi bilim xulosaviy bo’ladi. Xulosa chiqarish orqali yangi bilimni xosil qilish insonning bilish faoliyatida keng qo’llaniladi. Mantiq fani xulosaviy bilim xosil qilish usullari, xulosa chiqarish qoidalarini o’rganadi.
3.Tafakkur til bilan uzviy bog’liq. Inson miyasida xosil bo’lgan har qanday fikr til yordamida so’z va gap shaklida moddiy ko’rinish oladi. Til yordamida kishilar o’z fikrlarini uzatadi va yangi bilimlarga ega bo’ladi.
4.Tafakkur – voqelikni faol in'ikosi jarayonidir. Faollik bilish jarayonini butunligicha xarakterlaydi. Umumlashtirish, taqqoslash, mavhumlashtirish kabi fikriy usullarni qo’llab inson voqelikdagi narsalar haqidagi bilimlarni shakllantiradi hamda ularni nafaqat tabiiy til belgilari, balki zamonaviy fanda muhim rol o’ynaydigan formallashgan til belgilari vositasida ham ifodalaydi.
Demak, yuqoridagilar tafakkurga xos bo’lgan muhim jihatlar hisoblanadi. Tafakkur predmet va hodisalardagi konkret jihatlardan uzoqlashib, bir turga kiruvchi ko’pgina predmetlarni umumlashtirib, ularning muhim jixatlarini ochib beradi.
Bilish jarayonida hissiy bilish va tafakkur uzviy bog’liqdir. Hissiy bilish yordamida qo’lga kiritilgan bilimlar tafakkurni shakllantiradi. Har qanday fikr o’z mazmuni va shakliga ega. Fikrning mazmuni deganda unda ifodalangan predmetlar, ularning xususiyat va munosabatlari tushuniladi. Tafakkurda mazmun tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda bo’ladi. Tafakkur shakllari keyingi mavzularda atroflicha o’rganiladi. Biz bu o’rinda ularga qisqacha xarakteristika berib o’tamiz. Alohida predmetlar yoki ularning yig’indisi turli mazmuniga ko’ra tushuncha shaklida fikr qilinadi. Masalan, “inson” tushunchasi o’z mazmuniga ong va tafakkur, mehnat qilish qobiliyati, nutqga ega ijtimoiy mavjudotni oladi. Turli xil mazmunga ega tushunchalar bir xil shaklga ega bo’ladi. Tafakkurning hukm shaklida predmetlar o’rtasidagi munosabat va ularni belgilari ifodalanadi. Bu aloqa va munosabatlar tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Masalan, “qalam o’quv qurolidir”, “qalam” va “o’quv quroli” tushunchalarining aloqadorligi tasdiqlanmoqda. Hukmda tushunchalar munosabatini mantiqiy bog’lovchi ifodalaydi. Hukmlarning umumiy sxemasi: S-P dir va S-P emas shaklida bo’ladi. Shunday qilib hukm tasdiq yoki inkor shaklida tushunchalar aloqadorligini ifodalash usulidir.
Xulosa chiqarishda esa bir yoki bir necha hukmlardan (asos) yangi hukm (xulosa) hosil qilinadi. Bir xil shakldagi xulosa chiqarishda xulosa bir xil usulda hosil qilinadi. Masalan, “talaba o’quvchidir” va “o’qituvchilar bilim olish bilan shug’ullanadi” degan hukmlardan “Talaba bilim olish bilan shug’ullanadi” degan xulosa chiqaramiz. Xulosa chiqarish asos hukmlarning mazmunan mantiqiy aloqadorligiga asoslanadi. Mazmunan mantiqiy aloqadorlikga ega bo’lmagan hukmlardan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Shunday qilib barcha tafakkur shakllariga xos bo’lgan jihat fikr elementlaridagi aloqadorlikdir – tushunchada belgilar, hukmda tushunchalar, xulosa chiqarishda hukmlar. Tafakkurda fikr mazmuni va shakli uzviy aloqadorlikda bo’ladi.
Tafakkur borliqni anglash jarayoni sifatida ko’rishda biz “fikr” va “fikrlash” tushunchalarini qo’lladik. Fikr tushuncha va hukm shaklidagi bilish jarayoni natijasidir. Fikrlash bu xulosa chiqarish yoki bir necha o’zaro aloqador hukmlardan, asosdan xulosaga o’tishdir. Fikr voqelikga mos kelishi yoki mos kelmasligiga qarab chin va xato bo’ladi. Fikrlarni chinligi narsa va xodisalarni bilishimizga hamda fikrlash jarayonini to’g’ri qurilishiga bog’liq. Tafakkurning mantiqiy to’g’riligi mantiqiy qonunlar bilan belgilanadi. Mantiqiy qonun yoki tafakkur qonuni – bu fikrlash jarayonida fikrlarning zaruriy aloqasidir. Bu qonunlarga rioya qilmaslik mantiqiy xatodir.
An'anaviy mantiqda tafakkurning asosiy qonunlari formal mantiq qonunlari deyiladi. Ular ayniyat, nozidlik, istisno va yetarli asos qonunlaridir. Bu qonunlarga keyingi mavzularda alohida to’xtab o’tiladi.
Mantiq fanini o’rganish tafakkurning mantiqiy madaniyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Mantiqiy madaniyat darajasi inson tomonidan egallangan mantiqiy usullar bilan xarakterlanadi. Ba'zi hollarda insonning mantiqiy fikrlash darajasi uning fiziologik tabiatiga bog’liq deb aytiladi. Bu fikr xato xisoblanadi. Xo’sh agar mantiqiy fikrlash insonga tabiat tomonidan berilmasa u qanday egallanadi?
Tafakkurning mantiqiy madaniyati kishilar o’rtasidagi muomala, ta'lim va tarbiya jarayonida shakllanadi va natijada biz bu fikrlash usullariga duch kelishimiz natijasida ulardan qaysi biri to’g’ri va qaysi noto’g’riligini ajratib olamiz. Kundalik hayotda ham biz mantiqiy fikrlash usullaridan foydalanamiz. Mantiq fanini o’rganish esa fikrlashning to’g’ri usullarini sistemalashtiradi. Mantiqni o’zlashtirish kishilarning fikrlash jarayonidagi mantiqiy hatolarni ko’rsatish imkoniyatini ham beradi.
Mantiqiy fikrlash madaniyati fikrlarimizning aniq, izchil va asosli bo’lishi uchun imkon beradi. Mantiq fani ta'lim sohasida ham ancha qo’l keladi. Sababi o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarga ma'lum bilimlarni uqtirishdir. Buning uchun esa uni aniq va asosli qilib berishi lozim. Shu bilan birga o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarda mantiqiy fikrlash madaniyatini shakllantirishdir. Mantiq sud – tergov tizimi xodimlari uchun ham ahamiyatlidir. Chunki bu sohada har qanday jinoyatni fosh etish jumboq hisoblanadi. Bu uchun esa yuqori mantiqiy fikrlash madaniyati talab etiladi. Hozirgi barcha fan sohalari o’z ilmiy tadqiqoti jarayonida mantiqiy metodlardan keng foydalanadi.

2 Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi o‘rni.




Etika falsafiy fan bo‘lib, u olam-odam munosabatlarining eng
umumiy tizimining inson mavjudligi, hayoti, o‘limi va abadiyligining
o‘ziga xos tomonlarini o‘rganuvchi, bir necha ming yillik tarixga ega
boMgan qadimiy fan.
Etika axloqning paydo bo‘lishi, uning rivojlanishi hamda
mavjudlik qonuniyatlarini o‘rganadi. Axloq inson mavjudligining
eng muhim jihatlarini tashkil etadi. Shuning uchun ham inson o‘zini
tanigan kunidan boshlab, uning muhim sifati bo‘lgan axloq ham
vujudga keldi. Axloq haqida gapirganda odob, xulq, axloq
tushunchalarini alohida olib qarash ulaming mazmunan to‘liq
tushunish imkonini beradi.
Etika yunoncha “ethos” so'zidan olingan bo‘lib, mazkur atama
ilmiy termin sifatida birinchi marta fanga qadimgi yunon faylasufi
Aristotel’ (Arastu) tomonidan kiritilgan. 0 ‘z davrida Arastu fanlarni
tasnif qilib, ulami nazariy, amaliy va ijodiy guruhlarga ajratadi.
Birinchi gumhga - falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi gumhga
- etika va siyosatni; uchinchi guruhga - san’at, hunarmandchilik va
amaliy fanlami kiritadi.
Miloddan avvalgi IV asrda lotin tilidagi "moralitas" atamasi
yunoncha "ethos" so‘ziga mazmunan o‘xshashligi bois bir ma’noda
foydalanila boshlanadi. Etika atama sifatida Aristotel tomonidan
birinchi marta “amaliy falsafa”ning muayyan bir sohasini belgilash
uchun ishlatilgan. Albatta, dastavval, "ethos" va "moralitas"so‘zining
mazmunida umumiy turar joy yoki qo‘shma turar joy uchun taaiuqli
bo‘lgan qoidalar, jamoani birlashtiruvchi me’yoriar, tartib intizom
tamoyillari aks etgan va asosan ma’lum turar joy uchun qabul
qilingan qoidalar, manzildoshlik, yashash joyi, keyinchalik esa odat,
fe’l, fikrlash tarzi singari ma’nolar nazarda tutilgan. Shu bois ham
qadimgi greklar etika deyilganda, hatti-harakat, tartib, munosabat
normalarini tushunganlar. Mazkur qoidalardan jamoadagi
individualizm va agressivlikni bartaraf etishda foydalanilgan.
461
Keyinchalik esa "ethos" mazmuni vijdon, yaxshi va yomonni
baholash, xayrixohlik, do‘stlik, hayotning mazmuni kabi ma’nolar
bilan boyib borgan. Hozirda esa uning mazmuni yanada boyib inson
hayotining mazmundorligini tashkil etuvchi tushunchalarni qariyib
barchasini qamrab olgan.

Download 26.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling