Mantiq fani va til. - Mantiq fani va til.
- Har qanday fikr tilda ifodalanadi: tushunchalar so’z va so’z birikmalari bilan, hukmlar gap, xulosa chiqarish esa bir necha o’zaro aloqador gaplar bilan.
- Til – axborotlarni uzatish uchun xizmat qiluvchi belgilar sistemasidir. Til vositasida kishilar o’z fikrlarini ifodalaydi, o’zaro axborotlarni almashadi, saqlaydi hamda atrof olamni anglaydi. Til va tafakkur uzviy bog’liq, lekin aynan mos kelmaydi. Fikrlar ideal bo’lib, real mavjud predmetlarni, ularning xususiyat va munosabatlarini obrazlar shaklida ifodalaydi.
- Til – fikrning og’zaki nutq va yozma nutq belgilarida moddiy ifodalanishidir. Tilni mantiqiy tahlil qilishda biz uni belgilar sistemasi deb atadik. Belgi – bilish jarayonida ma'lum bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi moddiy ob'ektdir.
- Belgilarning qo’yidagi uch tipini ajratish mumkin:
- belgi – indekslar;
- belgi – obrazlar;
- belgi – simvollar.
- Belgi– indekslar o’zi ifodalayotgan ob'ekt bilan sabab-oqibat sifatida bog’liq. Masalan: inson tanasi haroratining ko’tarilishi kasallikni bildiradi. Belgi – obrazlar o’zi ifodalayotgan predmet haqida bevosita axborot tashiydi. Masalan: predmetlarning surati. Belgi – simvollar o’zi ifodalayotgan ob'ekt bilan oqibat va moslik munosabatida bo’lmaydi. Mantiqda mana shu belgilar? Ya’ni til belgilari o’rganiladi.
Formal mantiqning asosiy qonunlari (prinsiplari). - Formal mantiqning asosiy qonunlari (prinsiplari).
- Yuqorida aytib o’tilganidek formal mantiq fikrlar o’rtasidagi aloqani tadqiq etadi. Bu aloqa va bog’lanishlar biz ularni bilishimiz yoki bilmasligimizdan qat'iy nazar mavjud bo’ladi. Chunki bizning tafakkurimiz borliqning in'ikosidir. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar bir-biri bilan bevosita va bilvosita aloqada bo’ladi. Mana shu aloqadorlik bizning tafakkurimizda in'ikos etadi. Formal mantiq qonunlari tafakkurga xos bo’lib fikrning to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va yetarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi. Formal mantiq qonunlari ob'ektiv xarakterga ega. Bu qonunlarga rioya qilish to’g’ri fikrlashni ta'minlaydi.
- 1.Ayniyat qonuni. Har qanday fikr mulohaza jarayonida aniq, qat'iy mazmunga ega bo’lishi lozim. Bu tafakkurga xos xususiyatdir. Ayniyat qonuniga ko’ra har qanday fikr mulohaza jarayonida o’ziga aynan bo’lishi lozim. (A-A dir yoki A q A). Ayniyat qonuniga asosan turli mazmunga ega fikrlar aynan bo’lmaydi yoki aynan fikrlar aynansiz bo’lmaydi. Bu qoidani buzish bir fikrni tilda turli xil ifodalashga olib keladi. Masalan, «Osmon ibodatxonasi Pekinda joylashgan» va “Osmon ibodatxonasi Xitoy poytaxtida joylashgan” mulohazalarida predikatlar mazmunan turli xil bo’lsada, lekin aynan hisoblanadi. Boshqa jihatdan turli ma'noga ega bir so’zni aynan deyish ham noto’g’ri. Masalan, “yuz tuzilishi” da “yuz” so’zi qiyofa va soni anglatishi mumkin. Biroq ular ikkalasi aynan emas.
- Turli mazmundagi tushunchalarni aynan deb qabul qilish shu tushunchalarni bilmasdan yoki ongli ravishda buzib amalga oshiriladi. Bu mantiqda tushunchalarni almashtirish deyiladi. Tildagi omonim va sinonimlar ham ba'zan turli fikrlarning o’zaro aynanlashtirilishiga olib keladi. Shu bilan birga bir tushuncha turli sohalarda turlicha tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |