Mantiqda muhokama yuritishda, matnda va nazariyada biri ikkinchisini inkor


Download 61.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.01.2023
Hajmi61.33 Kb.
#1095114
Bog'liq
Ziddiyat - Vikipediya



Ziddiyat
Ziddiyat (mantiqda) — muhokama yuritishda, matnda va nazariyada biri ikkinchisini inkor
etadigan 2 mulohazaning mavjudligi (qarang 
Ziddiyat sonuni
); (dialektikada) — predmet va
hodisalarga obyektiv ravishda xos boʻlgan bir butunning qaramaqarshi (musbat va manfiy,
tugʻilayotgan va oʻlib borayotgan, yangi va eski) tomonlari, belgilari, yoʻnalishlari oʻrtasidagi
mu\im munosabatlar. Shu munosabatlar kurashi tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining
manbaini, harakatga keltiruvchi kuchini va ichki mazmunini tashkil etadi. Taraqqiyot 3. larning
paydo boʻlishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan iborat. 3. lar har xil boʻlib, ular narsa
va hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha rol oʻynaydi. 3. lar ichki va tashqi, asosiy va
asosiy boʻlmagan, antagonistik va antagonistik boʻlmagan 3. larga boʻlinadi. Ichki 3. — narsa
va hodisalardagi ichki jarayonlarning ifodasi, "oʻzoʻzidan harakatlanish" ning manbai,
rivojlanishning asosiy sababidir. Tashqi 3. — narsa va hodisalar oʻrtasidagi munosabatlarning
ifodasidir. Maye, tabiat bilan jamiyat, organizm bilan muhit oʻrtasidagi 3. tashqi 3. dir. Ichki va
tashki 3. lar rivojlanish jarayonida bir xil rol oʻynamaydi. Rivojlanishning mohiyati, asosan,
ichki 3. larning hal qilinishi bilan belgilanadi. Ammo tashki 3. larni ham eʼtibordan chetda
krldirish mumkin emas. Tashqi 3. lar rivojlanishga bilvosita, yaʼni ichki 3. larni hal qilishga
ijobiy yoki salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Narsa va hodisaning mohiyatini, holatini, kelib
chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilovchi 3. lar asosiy 3. lar deb ataladi. Asosiy 3.
taraqqiyotda hal qiluvchi rol oʻynaydi va barcha boshqa 3. larga taʼsir koʻrsatadi. Asosiy
boʻlmagan 3. lar ham mavjud. Bosh 3. deb rivojlanishning u yoki bu bosqichining mohiyatini
belgilab beradigan asosiy 3. ga aytiladi. Narsa va hodisalar rivojlanishining muayyan
bosqichidagi bosh 3. asosiy 3. ning aniq koʻrinishi yoki ifodasidir. Antagonistik 3. lar
jamiyatdagi manfaatlari birbiriga tubdan zid boʻlgan kuchlar, ijtimoiy guruhlar va tabaqalar
oʻrtasidagi 3. lardir. Antagonistik boʻlmagan 3. lar jamiyatdagi manfaatlari birbiriga moye
keladigan yoki manfaatlarini oʻzaro kelishtirish mumkin boʻlgan ijtimoiy guruhlar va tabaqalar
oʻrtasidagi 3. lardir. Shoʻrolar davrida sotsialistik jamiyatda antagonistik 3. lar yoʻq, unga faqat


antagonistik boʻlmagan 3. lar xos degan mafkuraviy fikr targʻib qilingan. Aslida bunday 3. lar
mavjud boʻlsada, shoʻrolar saltanati zoʻrlik bilan bu 3. larning namoyon boʻlishiga yoʻl
qoʻymagan. Sobiq shoʻrolar davlatining baʼzi mintaqalarida sodir boʻlayotgan qonli
toʻqnashuvlar, fuqarolar urushi oʻsha hal qilinmay qolgan 3. larning oqibatidir.
Jamiyatdagi 3. lar turli shakl va usullar bilan bartaraf qilinadi. Ulardan baʼzilari eskining
yemirilishi va yangining qaror topishi asosida hal qilib borilsa, boshqalari shu 3. ni tashkil
qilgan qaramaqarshi tomonlarni oʻzaro kelishtirish, murosayu madoraga keltirish, hamjihatlik
va hamkorlikka erishish yoʻli bilan bartaraf etilishi mumkin. Keyingi vaqtda jamiyatdagi 3. larni
hal qilishda qoʻllanilayotgan samarali usullardan biri konsensus (oʻzaro kelishuv) dir. Ilgari 3.
larni hal qilishning bu usuliga yetarli eʼtibor berilmagan. Yangicha tafakkurning karor topishi
bilan jamiyatdagi 3. larni xal qilishda Gegel qayd qilib oʻtgan konsensus usulidan foydalanish
maqsadga muvofiq boʻlib chikdi. Uzoq yillar davomida birbiriga qaramaqarshi boʻlib kelgan
davlatlar, jamiyatdagi qaramaqarshi tomonlar, kuchlar, ijtimoiy guruhlar, harakatlar va
partiyalar oʻrtasidagi 3. larni jamiyatning umumiy manfaatlaridan kelib chiqib hal qilishda
konsensus usuli juda qoʻl kelmoqda. 3. larni bartaraf etishdagi bu usul jahon xalqlarining
milliy totuvlikka, oʻzaro hamkorlikka va birdamlikka, barqarorlikka erishishida muhim
ahamiyatga ega boʻlmoqda. Yuqorida tilga olingan 3. ning turlarini birbiridan farq qilish zarur,
lekin ular oʻrtasida mutlaq chegara yoʻq. Voqelikda ular oʻzaro chirmashib ketadi, birbiriga
oʻtadi va taraqqiyotda xilmaxil rol oʻynaydi. Shuning uchun, 3. larning har biriga aniq
yondashish, 3. namoyon boʻladigan sharoitni, muhitni, vaziyatni, u oʻynaydigan rolni toʻgʻri
hisobga olish lozim.
Abdulla Aktov.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ziddiya
t&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 7 kun avval
 
Kagansky
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Ziddiyat&oldid=3532181

dan olindi 

Download 61.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling