Xossasi bilan birbiridan farq qiladigan turli ko’rinishdagi materiyadir


Download 32.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi32.5 Kb.
#1612164
  1   2   3
Bog'liq
Kimyoo akam shpargggggg



1-variant 
1. Kimyo – moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularning bir turdan boshqa turga aylanishi sababi va qonuniyatlarini 
o’rganadigan fandir. Modda – bir turdagi molekula yoki kristallar to’plami bo’lib, o’zining aniq tarkibi, tuzilishi va 
xossasi bilan birbiridan farq qiladigan turli ko’rinishdagi materiyadir. 
Atom – bu musbat zaryadlangan atom yadrosi bilan manfiy zaryadlangan elektronlardan tarkib topgan elektroneytral 
zarrachadir. Molekula – bu berilgan moddaning kimyoviy xossalariga ega bo’lgan eng kichik zarrachasidir. 
Molekulaning kimyoviy xossalari uning tarkibi va kimyoviy tuzilishi bilan aniqlanadi. Kimyoviy element – bu yadrosining 
musbat zaryadi bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turidir. Bitta elementning atomlaridan hosil bo’lgan moddalar 
oddiy moddalar deb yuritiladi. Oddiy moddalarning sifat tarkibi bir xil, tuzilishi va xossalarining har xil bo’lishi 
allatropiya hodisasi deyiladi, har bir holatga to’g’ri keluvchi moddalar allatropik shakllar deyiladi. 
2. Metall buyum sirtini metall bo‘Imagan qatlam bilan qoplab, metallni tash¬qi muhit ta’siridan himoya qilish usuli 
ko‘pgina holatlarda maqsadga muvofiq bo‘ladi. Metallarning yuzasini bo‘yoq, lak, emal, surkov moylar, polimer 
moddalar, solidol, texnik vazelin kabi vositalar bilan qoplash usuli metallni tashqi agressiv muhit ta’siridan saqlash 
choralaridan biridir. Turli amallar vositasida metall buyum sirtida yupqa nitridlar, oksidlar, karbidlar, silitsidlar, 
fosfatlar, xromatlar kabi pardalar hosil qilish yaxshi natijalarga olib keladi. 
2-variant
1. Oksidlar deb – biri kislorod bo’lgan ikki elementdan iborat murakkab moddalar oksidlar deyiladi. Umumiy formulasi 
E
2
O

Bu yerda; “x” element valentligi. Metall atomi va bir yoki bir necha gidroksid guruhi (OH) dan iborat bo‘lgan 
murakkab moddalar asoslar deyiladi. Asoslar suvda erishi va erimasligiga qarab ikkiga bo‘linadi: 1. Suvda eriydigan 
ishqorlar: NaOH, Ca(OH) 2. Suvda erimaydigan asoslar: Cu(OH) Kislotalar bilan ham ishqorlar bilan ham reaksiyaga 
kirishib tuz hosil qiladigan asoslar amfoter asoslar deyiladi. Tuzlar – metall atomlari va kislota qoldiqlaridan tashkil 
topgan birikmalar tuzlar deyiladi. Tuzlarni olish: 
1. Metall va metallmaslarning o’zaro ta’siri: 
2. Metall va tuzlarning o’zaro ta’siridan: 
3. Kislotalarning metallar bilan o’zaro ta’siridan: 
Tuzlar – har xil rangdagi qattiq, kristalli moddalar, asosan yuqori erish nuqtasiga ega. Azot va sirka kislotalarning barcha 
tuzlari suvda eriydi. Xlorid kislotaning barcha tuzlari, AgCl va PbCl2 dan tashqari , suvda eriydi. 1. Elektrokimyoviy 
jarayon paytida har bir metall (gidroksidi va ishqoriy-er metallaridan tashqari) o’ng tomoniga joylashganv metallarni 
o’z tuzlaridan siqib chiqaradi. 
2. Tuzlar ishqorli eritmalar bilan ta’sirlashadi. Ko’p hollarda yangi tuz va yangi erimaydigan asos hosil bo’ladi. 
3. Tuzlar kislotalar bilan ta’rlashadi. 
4. Yaxshi eriydigan tuzlar bir -biri bilan o’zaro ta’sir qiladi. Reaksiya erimaydigan tuzlar hosil bo’ladi. 
5. Ba’zi tuzlar qizdirilganda parchalanadi. 
6. Tuzlar metallmaslar bilan o’zaro ta’sir qiladi. 
7. Tuzlar kislota oksidlari bilan ta’sir qiladi. 
8. Ba’zi tuzlar suv bilan kristallgidratlar hosil qiladi.


2. 

Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling