17 amaliy mashg’ulot
Download 1.74 Mb.
|
17. АМАЛИЙ. TVM va AT. Davlat standartlari. Chizmalarni taxt qilish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Standartlarning klassifikatsiya gruppalari. 1.1-jadval
17 - AMALIY MASHG’ULOTDavlat standartlari. O’lcham qo’yish qoidalari. Zarur jixoz va uskunalar: A4 va A3 format qog’oz, chizgich, o’chirgich, xar xil o’lchamdagi va rangdagi (yumshoq, qattiq) qalamlar, sirkul, transportir, lekalo, uchburchakliklar, trafaret. YESKD standartlarining tarkibi. YeSKD kiruvchi standartlarning tarkibi Davlat standartlar komiteti tomonidan belgilangan tartibda e’lon qilinadigan ruyxatlarda ko’rsatiladi. YeSKD standartlarining klassifikatsiya gruppalari bo’yicha bo’linishi 1.1-jadvalda keltirilgan. YeSKD standartlari klassifikatsiyalash gruppasi asosida belgilanadi. YeSKD stanadartlari 2-klassga kiritilgan bo’lib, standartlarning nomeri nuqtali 2.raqami bilan boshlanadi; GOST 2.303-68 GOST - davlat standarti 2. - YeSKD standartlari klassi. 3. - Standartlarning klassifikatsiya guruhi. 03 - Guruhdagi standartning tartib raqami 68 - Standartning tasdiqlangan yili. Standartlarning klassifikatsiya gruppalari. 1.1-jadval
Formatlar.(O’zbekiston Davlat standarti)O’z.Dav.St. 2.301-96. Grafik ishlarni chizishda qog’ozdan to’g’ri va samarali foydalanish hamda grafik ishlarni qulay saqlash uchun O’z.Dav.St.2.301-96 da belgilangan formatlardan foydalaniladi. Tomonlarining o’lchami 841x1189 mm, yuzasi 1 m2 ga teng bo’lgan format, asosiy format deb qabul qilinadi va A0 bilan belgilanadi. Har bir keyingi asosiy format undan oldingi formatning uzun tomonini teng ikkiga bo’lishdan kelib chiqadi. Jadvaldagi A harfidan keyingi raqam asos qilib olingan formatni necha marta bo’linganini bildiradi. Asosiy formatlardan foydalanish noqulay bo’lganida qo’shimcha formatlardan ham foydalaniladi. Qo’shimcha formatlar, formatlarning qisqa tomonlarini karrali ko’paytirish bilan hosil qilinadi. Chizma formatlariga chap tomondan 20 mm va qolgan tomonlardan 5 mm dan qoldirib hoshiya chiziladi. Formatning pastki o’ng qismiga asosiy yozuv uchun 185x55mm o’lchamda ramka chiziladi. Grafik ishlar bajariladigan asosiy formatlarni va ularning o’lchamlarini quyidagicha keltiramiz:
Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling