Chizma qurollari


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1573256
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot



Chizma qurollari
1. Qalamlar M, TM, T, 2T HB, B (ko’k va qizil)
2. Chizg’ichlar 45
0
, 30
0
, 180
0
, Resshina
3. Sirkul 
4. A3 format qog’oz 
Adabiyotlar 
1. Azimov T.D. Chizma geometriya fanidan ma’ruzalar matni. О’quv
qo’llanma. –Т.: TDTU, 2005.
2. Azimov T.D. Chizmageometriya.О’quvqo’llanma. –Т.:TDTU, 2005. - 228 б. 
3. AzimovТ.D. Chizma geometriyadan amaliy darslar uchun o’quv qo’llanma. 
-Т.: «Iqtisod-moliya», 2008.
4. Sabirova D.U. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi. O’quv qo’llanma.
-Т.:ТDТU, 2011.
1-amaliy mashg’ulot 
Mavzu: KXYaT standartlari. GOST 2.301-97 Formatlar, GOST 2.302-97 
Masshtablar, 2.303-97 Chiziqlar. GOST 2.304-97. Shriftlar. 
Mashq’ulot rejasi:  
1. Chizma formatlari O’zDS 2.301-97
2. Masshtablar O’zDS 2.302-97
3. Chiziqlar O’zDS 2.303-97
4. Shriftlar O’zDS 2.304-97 
Davlat standartlariga muvofiq chizmachilik va grafik ishlarni bajarish qoidalari 
yagona konstruktorlik hujjatlari tizimi (ESKD) asosida amalga oshiriladi. 
Standartlar-sanoatning barcha tarmoqlarida konstruktorlik hujjatlarini bajarish 
va ro‘yxatga olishning yagona qoidalarini belgilovchi normativ hujjatlardir. 
Konstruktorlik hujjatlari turli buyumlarning yakka yoki yig‘ilgan holda, tarkibi 
va tuzilishi, uni tuzish yoki tayyorlash, shuningdek, nazorat, qabul qilish, ishlatish
tuzatish uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. ESKD standartlari chizmalarni 
bajarish uchun barcha amaldagi qoidalarni o‘z ichiga oladi. Normativ texnik hujjat 
sifatida standart obyektga tegishli tashkilot tomonidan tasdiqlangan zarur me’yorlar, 
qoidalar va talablarni qo‘yadi. 


O‘zbekiston Respublikasi Metrologiya va standartlashtirish Davlat markazi 
tomonidan 1996-yilda tasdiqlangan konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi- 
KHYT (ESKD) asos qilib olindi va chizmachilikka oid davlat standartlari haqida 
yetarli ma’lumot berildi. Xususan, formatlar, masshtablar, chiziqlar, shriftlar va 
boshqalar uchun standartlar muayyan talablarni qo‘yadi. Barcha chizmalar muayyan 
o‘lchamdagi varaqlarda (formatlarda) bajarilishi kerak. 
Formatlar. O‘z.DST 2.301-03 standarti tomonidan belgilangan va 
konstruktorlik ishlarini bajarish uchun qog‘oz o‘lchamlariga qo‘yiladigan talablardir. 
Formatni tanlash chizilgan obyekt turlarining hajmiga, murakkabligiga, soniga 
qarab amalga oshiriladi. Standartga ko‘ra, beshta asosiy (A0, A1, A2, A3, A4) va bir 
nechta qo‘shimcha formatlar mavjud. 
Tomonlari 1189 х 841 мм bo‘lgan АO formati asosiy bo‘lib, uning maydoni 
taxminan 1м² ga teng. Qolgan asosiy formatlar tegishli formatni kichik tomonga 
parallel ravishda ikkita teng qismga bo‘lish yo‘li bilan olinadi. Chizilgan har bir 
format tashqi va ichki ramkaga ega. Tashqi ramka ingichka tutash chiziq bilan 
chiziladi va ichki ramka asosiy yo‘g‘on tutash chiziq bilan chiziladi. Ramkalarning 
chap tomonlari orasidagi masofa 20 mm, boshqa tomonlari o‘rtasi esa 5 mm. bo‘ladi. 
(1.1-rasm). 
Asosiy formatlarning belgilari va o‘lchamlari 1.1-jadvalda keltirilgan. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling