Xossasi bilan birbiridan farq qiladigan turli ko’rinishdagi materiyadir


Ikki va undan ortiq komponentlardan va ularning o’zaro ta’sir mahsulotlaridan tashkil topgan gomogen


Download 32.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi32.5 Kb.
#1612164
1   2   3
Bog'liq
Kimyoo akam shpargggggg

Ikki va undan ortiq komponentlardan va ularning o’zaro ta’sir mahsulotlaridan tashkil topgan gomogen 
sistemaga eritma deyiladi. Eritmalar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Masalan qon, limfa, va 
so’lak suyuqliklari eritmalardir. Eritmalar kimyoviy birikmalar va oddiy mexanik aralashmalar o’rtasida oraliq 
holatni egallaydilar. 
Suv juda kuchsiz elektrolit bo’lsa ham oz miqdorda dissotsilanadi. Bu jarayon qaytar xususiyatga ega bo’ladi: 
2H
2
 H3O
+
 + OH

yoki sodda ko‘rinishda H
2
⇄ H
+
 + OH
– 
“, shu sababli bu jarayon uchun muvozanat konstantasi 
K
H2O
qiymati 22 °C da 1,8*10
-16
ga teng ekanligi tajribalarda aniqlangan

Aksariyat organizmlar, shu jumladan, odamlar ham tirik qolish uchun pH miqdorini bir xil meʼyorda ushlab turishi kerak. 
Masalan, inson qoni oʻzining 7,4 pH koʻrsatkichini bir xil ushlab turishi, qonga kislotali yoki asosli moddalarning aralashishi 
yoki qondan chiqib ketishidan qatʼi nazar, bu miqdorga sezilarli taʼsir koʻrsatishining oldini olishi kerak. 
Buferlar biologik tizimlarda pH oʻzgarishiga qarshilik qiluvchi eritmalar boʻlib, H 

ionlarining konsentratsiyasini bir 
maromda saqlab qolish uchun muhim omildir. Agar H

ionlari koʻpayib ketsa, buferlar ularning baʼzilarini yutadi 
(biriktiradi) va pH miqdorini meʼyorlashtiradi, ionlar juda kam boʻlganda esa pH ni kamaytirish uchun buferlar oʻz H

ionlarini beradi. Buferlar odatda kislota-asos juftligidan iborat boʻlib, kislota va asos protonning ( biriktiruvchi kislota-asos 
juftligi) mavjud yoki yoʻqligi bilan farq qiladi. 
5-variant 
Kimyo sanoati O'zbekiston iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlar sirasiga kiradi va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni 
jadallashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, mineral o'g'itlar chiqaruvchi korxonalarni qurish orqali tashkil topgan. 
Respublikaning zamonaviy kimyo sanoati tarixi Shorsuv oltingugurt koni 1932-yilda ishga tushirilishi bilan boshlanadi. 


1940-yilda kimyo sanoatining eng yirik korxonasi — Chirchiq elektrkimyo kombinati (bugungi kunda «Maksam-Chirchiq» 
AJ) mahsulot bera boshladi. 
1962-yilda Farg'ona azotli o'g'itlar zavodi (bugungi kunda «Farg'onaazot» AJ) ishga tushirildi. 
1964-iylda Navoiy kimyo kombinati (bugungi kunda «Navoiyazot» AJ) mahsulot bera boshladi. 
1969-yilda Olmaliq kimyo zavodi (bugungi kunda «Ammofos» AJ) ishga tushirildi. 
Hozirgi vaqtda «Maksam-Chirchiq», «Navoiyazot» va «Farg'onaazot» aksiyadorlik jamiyatlari azotli o'g'itlar: ammiakli 
selitra, karbamid, ammoniy sulfati ishlab chiqaradilar. «Ammofos», «Samarqandkimyo» va «Qo'qon superfosfat zavodi» 
ochiq aksiyadorlik jamiyatlari fosforli o'g'itlar: ammofos, suprefos, oddiy ammoniyli superfosfat, ammoniysulfofosfat va 
nitrokaltsiyfosfat ishlab chiqaradilar. Ularni xom ashyo bilan Qizilqum fosforit kombinati ta'minlaydi. «Elektroximzavod» 
AJ QK o'simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalarni ishlab chiqaradi. 
Kompaniya korxonalarini ishlab chiqaradigan mahsulotlar turlaridan kelib chiqib, quyidagi ishlab chiqarish majmualarga 
bo'lish mumkin: 
mineral o'g'itlar, noorganik moddalar va energetika, oltinkon va kimyo sanoatlari uchun kimyo reagentlar ishlab chiqarish 
majmuasi; 
organik kimyo, sun'iy tola va polimer materiallar ishlab chiqarish majmuasi; 
o'simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalari ishlab chiqarish majmuasi; 
kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish majmuasi. 
«O'zkimiyosanoat» AJ korxonalari 170 dan ortiq kimyo mahsulotlari turlari ishlab chiqariladi. 
6-variant 
Ikki va undan ortiq metallardan tashkil topgan sistemalar qotishmalari deyiladi. Qotishmalarning xossalari, tarkibi turlicha 
boʻlib oʻzini tashkil etgan metallardan farq qiladi. Qotishmalarni oʻrganishda Kurnakov I.S katta xissa qoʻshgan. Tajribalar 
orqali kislota va ishqorlarga bardoshli, issiqbardosh, oʻta qattiq va boshqa qorishmalarni olish imkoni bor. Qotishmalar 
suyuqlantirilgan metallarga boshqa metallarni yoki metalmaslarni erishidan hosil boʻlgan eritmalardir. Ular kristall tuzlarga 
ega. Qotishmalar: yumshoq, qattiq, qiyin va oson suyuqlanadigan, kislota va ishqorlarga bardoshli, chidamlilarga boʻlinadi. 
Po`lat, choyan, bronza. 
7-variant 
Elektroliz jarayoni 
Elektr toki manbayi yordamida olib boriladigan 
oksidlanish-qaytarilish jarayoni
 elektr 
energiyasini kimyoviy energiyaga aylanishini amalga oshirib beradi. Bunday 
jarayonni 
elektroliz 
deb ataladi. 
Elektrolitlar 
eritmasiga elektrodlar tushirib, ularni doimiy elektr toki 
manbayi bilan ulanganda musbat zaryadlangan ionlar (kationlar) katod 
(manfiy zaryadli elektrod) tomon, manfiy zaryadga ega bo‘lgan ionlar 
esa anod (musbat zaryadli elektrod) tomon siljishi yuzaga keladi. Katod 
yuzasida kationlar o‘ziga elektronlarni qabul qilib qaytariladi, anionlar 
esa anod yuzasi bilan to‘qnashib o‘zlarining elektronlarini beradi, ya’ni anionlar oksidlanadi. 



Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling