Mavzu: Qotishmalar


Download 1.46 Mb.
bet1/2
Sana07.04.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1336856
  1   2
Bog'liq
Qotishmalar

Mavzu: Qotishmalar

Qotishmalar haqida va ularning ishlatilishi


Ikki va undan ortiq metallardan tashkil topgan sistemalar qotishmalari deyiladi. Qotishmalarning xossalari, tarkibi turlicha boʻlib oʻzini tashkil etgan metallardan farq qiladi. Qotishmalarni oʻrganishda Kurnakov I.S katta xissa qoʻshgan. Tajribalar orqali kislota va ishqorlarga bardoshli, issiqbardosh, oʻta qattiq va boshqa qorishmalarni olish imkoni bor. Qotishmalar suyuqlantirilgan metallarga boshqa metallarni yoki metalmaslarni erishidan hosil boʻlgan eritmalardir. Ular kristall tuzlarga ega. Qotishmalar: yumshoq, qattiq, qiyin va oson suyuqlanadigan, kislota va ishqorlarga bardoshli, chidamlilarga boʻlinadi.
Qotishmalar tarkibiga koʻra: gemogen, geterogen, intermetal qotishmalarga boʻlinadi. Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi bilan sanoatda va maishiy turmushda keng qoʻllaniladi. Qotishmalarni tarkibiga koʻra quyidagilarga ajratish mumkin:
Qotishmalar tarkibiga koʻra: gemogen, geterogen, intermetal qotishmalarga boʻlinadi. Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi bilan sanoatda va maishiy turmushda keng qoʻllaniladi. Qotishmalarni tarkibiga koʻra quyidagilarga ajratish mumkin:
  • Poʻlat. Таrkibi 1,7% gаchа С vа qoʻshimchalardan Mn, Si, S, P bor boʻlgan qotishma hisoblanadi. Ular sof temirga qaraganda ancha qattiq hisoblanadi. Таrkibidagi moddalarga qarab quyidagilarga ajratish mumkin: marganesli poʻlat; Fe 83%, Mn 12%, C1% – sisternalar tayyorlashda va maydalashda; xrom poʻlati -Fe83,7%, Cr 12%, C 0,3% – zanglamaydigan poʻlat sifatida; volframli poʻlat Fe 70-85%, W 12-23%, Cr 2-6%, C 0,5-0,6% – tez kesar asboblar tayyorlashda ishlatiladi. 
  • Choʻyan. С 2% dаn yuqori, Si, P, S, Mn bilan hosil qilgan qorishmalar kiradi. Bu qotishma temirga nisbatan ancha qattiq lekin moʻrt. Undan turli uskunalar, stanok va dvigatellarning kompuslari, kanalizatsiyalari va vodoprovod trubinalari, qozonlar, tovalar, plitalar tayyorlashda ishlatiladi. 

  • Bronza – misning metallar bilan qotishmasi kiradi. Tarkibiga koʻra qalayli bronza, alyuminiy bronza, kremniy bronza, qoʻrgʻoshinli bronzalarga boʻlinadi. Bulardan badiiy quyma buyumlar tayyorlanadi. 
  • Latun – mis va ruxning 30-35% gacha rux boʻladi qotishmasidan tayyorlanadi. U nihoyatda katta plastik xususiyatga ega. Undan uy-roʻzgʻor ashyolari, asboblari, mashinalarni detallari tayyorlanadi. 
  • Babbit – qoʻrgʻoshinli babbit tarkibi Pb 80-82%, Sn 16-18%; qalayli babbit tarkibi Sn 82-84% surma 10-12%, mis 6% boshqa metallar qoʻshib tayyorlanadi. Podshibniklar, mashinasozlikda, turli quymalar tayyorlashda ishlatiladi.
  • Nixrom. Таrkibi nikel 67,5%, xrom 15%, temir 16% va marganes 45% dan iborat boʻlgan qotishma. Bu qotishma elektr qarshiligi katta va issiqqa bordoshli boʻlganligi sababli elektr asboblari tayyorlashda ishlatiladi.
  • Каvshar ‖Тretnik‖ qalay 50% va indiydan 50% iborat boʻlib, shisha va metallarni kavsharlashda ishlatiladi. 
  • Pobidit. U qattiqligi jihatdan olmos yaqin turadi. Tarkibi; uglerod, volfram va kobaltdan iborat. Metallurgiyada togʻ-kon sanoatida togʻ jinslarini burgʻulashda ishlatiladi.
  • Duraluyminiy – аlyuminiy 95%, magniymis, marganes qotishmasidan iborat. U juda yengil va mustahkam, poʻlatdan 3 marta yengil, mustahkamligi jihatidan poʻlatga teng. Samaliyotsozlikda ishlatiladi.
  • Тitanik. Тitan asosida olingan qotishmalar yuqori bosim va temperaturaga, korroziyaga chidamli boʻlganligi sababli reaktiv dvigatellarning alohida qismlari tayyorlanadi. Техnikada 5000dan ortiq qotishmalar tayyorlanadi va ishlatiladi. 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling