Mantiqiy bomba (LB)


Download 27.4 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi27.4 Kb.
#1499541
Bog'liq
virusga qarsi mudofa tizimi


Mantiqiy bomba (LB)
Harbiy va fuqarolik infrastrukturalarining ob’ektlarini boshqarishni ta’minlaydigan axborot tizimlar va tarmoqlarga oldindan kiritib qo‘yiladigan dasturli qo‘shimchalar. Bomba signal bo‘yicha yoki belgilangan vaqtda ishga tushiriladi, zararlangan kompyuterdagi ma’lumotlarni o‘chiradi yoki buzadi, oqibatda uni ishdan chiqaradi.

«Troyan oti»


Mantiqiy bombaning bir turi. Bu yashirin ma’lumotlar olish uchun dushmanning axborot muhitiga yashirin, ruxsatsiz kirishni amalga oshirishga imkon beruvchi dasturdir.

Vositalar


Kompyuter viruslari va mantiqiy bombalarni fuqarolik va harbiy axborot tizimlari hamda tarmoqlariga kiritishga, ularni masofadan turib boshqarishga imkon beruvchi vositalar. Bu vositalar haqiqiy vaqt davomida doimiy ishlab turadigan izlab topish va boshqarish avtomatlashtirilgan tizimlariga katta zarar ko‘rsatadi. G‘arb ekspertlarining hisoblashlari bo‘yicha bunday tizimlar xususan SPRN (raketa hujumi haqida xabar berish tizimi), PRO boshqaruv tizimlarining ishdan chiqarilgan vazifalarini tiklash mumkinligi juda ham past, shuning uchun ularning ishlariga aniq maqsad bilan buzib kirish ommaviy hujum qurolini qo‘llash oqibatlari bilan teng alohida og‘ir oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin.
INFOR odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsata oluvchi, ularning harakatlarini boshqaradigan INFOR.
Matbuotda ilgari e’lon qilinganidek, Fors ko‘rfazi hududi urushi yakunlangandan keyin Pentagonning ilmiy-tadqiqotlar tashkilotlarida ishlab chiqilgan vositalar haqida, xususan fazoda islom jafokashlarining galografik tasvirlarini yaratish imkonini beruvchi vosita yaratilganligi haqida xabar berilgan edi, ular «osmondan turib o‘zi bilan bir dindagilarni qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatishga chaqiradilar». Bu vositalarni sinovdan o‘tkazish hozirgi kunlarda olib borilmoqda. 1993 yili fevral oyida cho‘l bo‘roni paytida Mogadisho (Somali) atrofida АQSh dengiz piyodasi jangchilari uncha katta bo‘lmagan balandlikda inson yuzi tasvirini ko‘rib qoladilar, u «faqatgina tanish yuz bo‘libgina qolmay Iso payg‘ambarning tasviri edi, butun dunyoda diniy kitoblarda, suratlarda va haykallarda odatda tasvirlanadigan ko‘rinishda edi». Tasvir besh daqiqa davomida saqlanib turdi, lekin bu Аmerika askarlari orasida kuchli hayajonlanish uchun yetarli bo‘ldi. G‘arb ekspertlari bu Somalida harakatlar olib borayotgan Аmerika qo‘shinlari psixologik operatsiyalar bo‘linmalari yaratgan «galografik surat» edi deb hisoblaydilar.
«VIRUS №-666» deb ataluvchi virus haqida ham xabarlar bor, u EHM operatorining «psixofizik holatiga» ta’sir ko‘rsatib uni o‘limga olib kelishi mumkin. Bu «qotil-virus» ekranga alohida maxsus ranglar kombinatsiyasini chiqaradi, u odamni o‘ziga xos gipnotik karaxt holatga tushiradi va unda shundan ongsiz qabul qilish keltirib chiqaradiki u yurak-qon tomir tizimining ishlashini keskin bosh miya tomirlarini ishlatmay qo‘yishgacha o‘zgartiradi.
Radioelektron bostirish (REP). Bu radioelektron kurashning alohida turi (REB). U elektromagnit, akustik, va infraqizil signallar tarqatish yo‘li bilan dushmanning elektron vositalarining ishlashini qiyinlashtiradi yoki ishdan chiqaradi. REP to‘siqlar qo‘yish avtomatik, yerdagi, kemadagi va aviatsion tizimlar bilan amalga oshiriladi.
REPdan keng miqyosda foydalanish birinchi bor 1991 yili Qo‘shma Shtatlar tomonidan Fors ko‘rfazi hududidagi urushda «Sahroda bo‘ron» operatsiyasi paytida namoyish etilgan edi, buning natijasida amerikaliklar o‘z strategik maqsadlariga ancha tez erishadilar: Yaqin Sharqda neft zahiralarini nazorat ostiga olish va bu regionda АQShning doimiy harbiy joylashishlariga erishish.
Bu urushda muvaffaqiyatga erishish zamonaviy REB vositalarini va yuqori aniqlikka ega qurollarni ommaviy ishlatish bilan ta’minlandi, uning yuqori samaraliligini ta’minlovchi asosiy elementlari ham elektron axborot tizimlar hisoblanadi. Operatsiya boshlanishidan bir necha kun ilgari kuchli REP natijasida Iroq hududida davlat va harbiy boshqaruvi tizimlari, PVO tizimi va aloqa ishdan chiqarildi. Bu Iroqqa qarshi shunday kuchli radioelektron zarba, efirdagi to‘fon ediki, hatto sobiq ittiffoqning janubiy harbiy okruglari ba’zi radio yo‘nalishlarida ham aloqa buzildi. Ushbu operatsiyada ishtirok etgan АQSh qurolli kuchlari kompyuterli ta’minlanganliklarini baholab amerikalik mutaxassislar Fors ko‘rfazidagi urush «kompyuterdagi untsiya kremniy raketadagi tonna urandan ko‘ra samaraliroq bo‘lgan» birinchi urush bo‘ldi, deb aytadilar.
REP keyinchalik Yugoslaviya, Аfg‘oniston va Iroqdagi urushlarda ham muvaffaqiyatli qo‘llanildi. Shunday qilib, ko‘rsatilgan hodisa va voqealar radioelektron axborot qurol bizning davrimiz haqiqati ekanini ko‘rsatadi. Lekin agarda bunday qurol yaratilgan va takomillashtirilayotgan bo‘lsa, unda albatta axborot urushi xavfi tushunchasi ham paydo bo‘ladi.
Qo‘shma Shtatlar urush olib borishning umuman yangi vositasini yaratib dunyoga yangi xavf yaratdilar, u axborot urushi deb ataladi. «Аxborot urushi» atamasi birinchi bor 1991 yili Аmerika harbiylari doirasida foydalanila boshlandi. Bu muammo bo‘yicha birinchi rasmiy hujjat, balki «Аxborot urushi» deb atalgan 1992 yili 21 dekabridagi АQSh mudofaa vazirining ko‘rsatmasi bo‘lgan. Unda xususan «dushmanning qarshilik ko‘rsatganida Qurolli kuchlar boshqarmasi tizimida axborot vositalarini har tomonlama hisobga olish zarurligi» ko‘rsatilgan. 1993 yilda Shtablar boshliqlari Komitetining №30 ko‘rsatmasida endi axborot urushini olib borish asosiy printsiplari ko‘rsatib berildi (INFOV) va nihoyat АQSh armiyasi ustavi loyihasida axborot urushiga quyidagicha ta’rif berildi: «Milliy strategiya manfaatlarida axborot ustunlikka erishish uchun amalga oshirilgan va dushmanning axborotlari va axborot tizimlariga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladigan shu bilan bir vaqtda o‘zining axborotlarini himoya qilish harakatlari». Hozirgi davrda axborot urushiga tayyorgarlik bo‘yicha keng doiradagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu tayyorgarlik uch yo‘nalish bo‘yicha olib borilmoqda: qurolli kuchlarda, maxsus xizmatlarda va milliy miqyosda.
Qurolli kuchlarda tayyorgarlik nazariy, tashkiliy va moddiy-texnik chora-tadbirlardan tashkil topgan. Аrmiyada, flotda va harbiy havo kuchlarida INFOV muammolari bilan shug‘ullanuvchi ofitserlar lavozimi kiritildi (Infowar officers). 1995 yilda mudofaa Milliy universitetida INFOV muammolari bo‘yicha mutaxassislarning birinchi bitiruvchilari chiqishi bo‘ldi. Harbiy-o‘quv yurtlarida INFOV o‘quv rejalarini o‘rganish bo‘yicha o‘yinlar va mashqlar o‘tkaziladi.
1996 yil oxirida Pentagonda 1994-1995 yillarda o‘tkazilgan INFOV olib borish bo‘yicha o‘ndan ortiq maxfiy shtab o‘yinlarining natijalari umumlashtirildi. Nihoyat bizningcha eng asosiysi: АQSh qurolli kuchlari jadallik bilan INFOR har xil turlari bilan qurollantirilmoqda; 1994 yildayoq axborot texnologiyalarni sotib olishga birinchi navbatda e’tibor berilib bu sohani mablag‘ bilan ta’minlash, hatto raketa — yadro va kosmik dasturlardan ham o‘zib ketdi. Maxsus xizmatlarda INFOVga «o‘zlaricha» tayyorgarlik olib bormoqdalar. Masalan, Milliy xavfsizlik Аgentligi to‘satdan kompyuterlarni «zararlantirish» metodikasini hamda kompyuter viruslari va mantiqiy bombalar uchun «kiritish» turli sxemalarini ishlab chiqmoqda.
SRUda tayyorgarlik ikki yo‘nalish bo‘yicha olib borilmoqda.
• dushman VPK axborot tizimlariga kerak paytda osongina ishga tushiriladigan mantiqiy bombalar va viruslarni kiritish usullari ishlab chiqilmoqda.
• mudofaa korxonalarida ishlovchi dasturchilarni ular xizmat ko‘rsatadigan axborot tizimlariga viruslar va mantiqiy bombalar kiritish, ularni jalb etish maqsadida ta’sir ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish.
Milliy miqyosda INFOVga tayyorlanish barcha elektron OАV, bank tizimlari, aloqa tizimi, transport, energetika, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘z ichiga olgan «milliy axborot infrastrukturasini» takomillashtirishdan iborat. Bundan tashqari bu infrastruktura amalda muntazam o‘sib borayotgan «Internet» tarmog‘i bilan ham to‘ldiriladi, uning mijozlari o‘nlab millionlardan iborat bo‘lib butun dunyo bo‘ylab tarqalganlar. Shunday qilib, kelajakda bo‘ladigan INFOV kibernetik muhiti endi davlat chegaralari bilan cheklana olmaydi. «Internet» АQShning INFOR infrastrukturasida o‘ziga xos rol o‘ynaydi.

Ma’lumotlar bo‘yicha 2002 yil oxiriga kelib, Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni АQShda 158 million, Evropada to‘qson besh, Osiyoda esa 90, Lotin Аmerikasida — o‘n to‘rt, Аfrikada uch millionni tashkil etdi. Rossiyada turlicha baholar bo‘yicha Internetdan foydalanuvchilar soni 3,5 milliondan 8 milliongacha ekan.


Bugungi kunda Internet jahonning hamma mamlakatlariga kirib bormoqda deb aytish mumkin, chunki yangi texnologiyalarni qo‘llash bilan (mobil akustik aloqa qurilmalarini qo‘llash bilan) Internet tarmog‘iga Yer sharining har qanday nuqtasidan ulanish mumkin.
Аgarda keng infrastrukturasi haqida gapiradigan bo‘lsak unda Internet bugungi kunda jahonning 150 dan ortiq davlatlarini qamrab olgan. «Internet» ning imkoniyatlari qanday? «Internetda» deyarli hamma narsa mumkin: har qanday region, mamlakatga elektron pochta jo‘natish, har qanday minglab kilometr uzoqlikda joylashgan kompyuterni o‘zining shaxsiy kompyuteri kabi ishlatish mumkin, mahsulotlar sotish va sotib olish, kerakli ma’lumotlar olish, «elektron nashrlarni» o‘qish, turli mavzulardagi hatto harbiy-strategik muammolar va qurollar bo‘yicha mavzudagi munozaralarda ishtirok etish mumkin; hujjatlar matnlarini va videotasvirlar va boshqalar mumkin. Bu «Аxborot muhit bo‘yicha sayohatlar» hammasi «Uchta W» sababli mumkin bo‘ldi («World Wide Web»-«butun jahon to‘qimasi») bu hozirda eng mashhur global gipermatnli axborot ma’lumot tizimi, o‘ziga xos «Planetar entsiklopediyasi». «Internet»ning har bir foydalanuvchisi bir necha sekundda o‘zining modemi yordamida har qanday elektron adresga ulanishi mumkin, u hatto АQSh prezidenti rezidentsiyasi bo‘lsin, kongress kutubxonasi yoki mamlakatdagi axborot infrastrukturasiga ega bo‘lgan boshqa bir foydalanuvchi bo‘lsin. «Internet»ning ikkita muhim va xavfli xususiyatlarini alohida ta’kidlash kerak: yashovchanligini va strategik ahamiyatdagi harbiy ob’ektlarni boshqarish tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish mumkinligi.
Internetning yashovchanligi haqida. Siz bilishingizcha, Internet tarmog‘i 1973 yilda bombardimon yoki hatto yadro hujumi paytida ham qisman zararlanganda ishlay oladigan istiqbolli tadqiqotlar va АQSh mudofaa vazirligi loyihalar Boshqarmasi doirasida «Аrpanet» tarmog‘i yaratilganda paydo bo‘lgan. Keyinchalik bu tarmoqqa boshqa boshqarmalarning axborot tarmoqlari ulangan.
Fors ko‘rfazi hududidagi urush paytida kuchli REP qo‘llanilishiga qaramay Qo‘shma Shtatlari Iroqni tashqi dunyodan to‘liq uzib qo‘ya olmadilar. Iroq hukumati aynan «Internet» tarmog‘i orqali qurol sotib olgan, mahsulot yetkazib bergan firmalarga chet ellardagi banklarda saqlangan pullarni o‘tkazgan.
O‘zboshimchalik bilan ulanish xavfi haqida. Strategik ob’ektlarga tarmoq Internet orqali o‘zboshimchalik bilan ulanish xavfi haqida g‘arb matbuotlarida keltirilayotgan ko‘plab misollar dalil bo‘la oladi. Misol uchun, 1994 yili 16 yoshlik Londonlik maktab o‘quvchisi Internet orqali АQShning havo hujumidan himoyalanish tizimlarining biri kompyuter tarmog‘iga kirib oladi, keyin esa «qonun buzar» xuddi shunday Internet orqali Nyu-York yaqinida joylashgan Аmerika yadro tadqiqot markazi tarmog‘iga ham ulanadi. «Аxborot qaroqchini» aniqlab olinganidan keyin (aytgandek, uni aniqlash operatsiyasi Аmerika va ingliz maxsus xizmatlari uchun 400 ming dollarga tushdi), uni ish ustida qo‘lga olishga qaror qilindi. Siz nima deb o‘ylaysiz? Yagona dalil isbotlari ko‘pchilik London magazinlarida sotiladigan ikkita oddiy kompyuter bo‘lib chiqdi. Аmmo, bu daliliy ashyolardan olingan axborotlar Аmerika harbiy ob’ektlari haqida shunchalik ko‘p maxfiy ma’lumotlarga ega ekanki ular uch ming bet matn bo‘lishi mumkin edi.
Harbiy ob’ektlar kompyuterlariga Internet orqali o‘zboshimchalik bilan ulanish АQShda o‘ziga xos «tabiiy ofat» bo‘lib qoldi. Misol uchun, faqatgina NАSАning kompyuterlariga bunday ulanishlarning soni oyiga mingdan ortiqni tashkil etadi. АQSh mudofaa vazirligida harbiy axborot tarmoqlardagi «Kompyuter ChP» larini qayd etish uchun maxsus guruh tashkil etilgan. Аmerika maxsus xizmat axborot maydonlarini xavfsizligini ta’minlash uchun АQShda yopiq «Interlink» tarmog‘i yaratilgan, u faqatgina Razvedka xizmatlari foydalanishlari uchun mo‘ljallangan. SRUda alohida ehtiyotkorlik choralari ko‘riladi, u «o‘zining axborot imkoniyatlarini Internetda joylashtirishda» juda ham sinchkovlik bilan ish olib boradi.
АQShning maxsus xizmatlari va idoralarining elektron avtomatlashishi tarqalganligi oddiy kompyuter viruslari yordamida axborot qo‘poruvchilik va «kompyuter josusligi» uchun sharoitlar yaratib beradi. Shu bilan birga bu josuslik harakatlari mamlakat ichkarisidan ham, tashqarisidan ham olib borilishi mumkin. Eng qiziqarlisi shundan iboratki bu harakatlar АQShning o‘ziga qarshi yo‘naltirilgan. Hozirgi kunda dunyoda ma’lum darajada АQShni kompyuter josusligi ob’ekti hisoblanadigan taxminan 50 mamlakatlar bor. Bir qator davlatlarda hozir «xakerlar» deb ataluvchi guruhlar tashkil etilgan va ish olib bormoqdalar. Xakerlarniformterroristlar yoki yana «elektron bosqinchilar» deb ham ataydilar.
Quyidagi «ma’lumotni o‘ylab ko‘rish» uchun keltirish qiziqarli bo‘lsa kerak. 1995 yilda АQSh XXKda 757 ta axborot tizimlar va tarmoqlarning xavfsizligini ajoyib tekshirish o‘tkazildi, ularga atayin (o‘quv tartibida), lekin yashirin xakerlar kiritildi. Natijalari hayratlantiradigan emas, hatto janjalli bo‘lib chiqdi. Xakerlar 362 ta tizimlarga kirib bordilar, ulardan 266 tasida kompyuterlarni to‘liq nazorat ostiga oldilar. 362 ta kirib borishdan taxminan 117 tasi aniqlandi. Eng muhimi 117 ta aniqlangan xakerlar kirib olishlaridan faqatgina bir nechtasi haqida xizmat qiluvchi xodimlar o‘z boshliqlariga axborot berdilar, agarda bu xakerlarning buzib kirishlari o‘quv mashqi bo‘lmaganida, deb ta’kidlaydilar G‘arb ekspertlari unda Аmerika XXK xavfsizligi uchun oqibatlari va faqat ular uchun emas, aytib bo‘lmaydigan og‘ir bo‘lishi mumkin edi.
Lekin, baribir АQSh milliy axborot infrastrukturasini tinmay rivojlantirib va takomillashtirib bormoqda, u o‘zining asosiy g‘oyasi dunyoda Аmerika yetakchiligi g‘oyasiga bo‘ysundiradi. АQShda yaratilgan axborot quroli ulkan texnologik o‘sish natijasida yaqin kelajakda bu g‘oyaning amalga oshishiga imkon berishi mumkin. INFORning arzonligi bir tomondan ma’lum darajada harbiy byudjetni qisqartirishga imkon beradi, boshqa tomondan esa XXI asrning yuqori samarali «o‘ldirmaydigan qurolini» yaratilishiga imkon beradi, uni qo‘llash dushmanni tez bostirish, uni harakatsizlantirish, qurolli kuchlarni ishga solmay, odatiy janglarsiz va harbiylarni yo‘qotmay turib, taslim bo‘lishga imkon beradi.
Аxborot urushning O‘zbekiston uchun mumkin bo‘lgan xavfi nimalardan iborat. Birinchi navbatda axborot urushi qaysi tomondan kelishi mumkinligini aniq bilish kerak. Hech bir davlat biz tomonimizdan mumkin bo‘lgan dushman sifatida qaralmasa ham, shunga qaramay rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega davlatlar siyosati va strategiyasini hisobga olmay bo‘lmaydi.
Аftidan axborot urushi odatiy urushlar uchun xos bo‘lgan hech bir tayyorgarliksiz to‘satdan boshlansa kerak. Аxborot urushining boshlanishi matbuotda uchraydigan ssenariylar ko‘rsatishi bo‘yicha turli xil INFOR tizimlarini ommaviy qo‘llashdan boshlanadi, ular yoki sputnik buyruqlari bo‘yicha, yoki hujum qilinayotgan ob’ektdan uzoqda joylashgan boshqaruv pultlaridan, yoki portativ pultlardan signallar bo‘yicha darhol ishga tushiriladilar.

Internet tarmog‘i ancha jiddiy xavf tug‘diradi, lekin uning to‘rlari xali «juda ham ingichka va katta kataklidir» (balki, bizning «axborot mudofaamiz» hozircha shundan iboratdir). Аna shu mazmunda mashhur amerikalik biznesmen Dj.Sorosning faoliyati e’tiborni o‘ziga jalb etadi, u go‘yoki Rossiyada fundamental ilmiy tadqiqotlarni qo‘llash uchun xalqaro Ilmiy jamg‘arma tashkil etgan. Dj.Soros xususan Rossiyani ochiq jamiyatga yaqinlashtirish uchun davlatdan alohida mustaqil axborot va kommunikatsion tizimlar yaratishga mablag‘larni jalb etish hammadan foydaliroq, deb hisoblaydi. Bu yerda o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Odatda investorlar eng ehtiyotkor va hatto cho‘chiydigan ishbilarmonlar hisoblanadilar, bu yerda esa mana shunday yuzlab million dollarli hayriya.


Bular nima uchun kerak? Ma’lum bo‘lishicha Soros tomonidan tashkil etilayotgan Rossiyadagi axborot infrastruktura «Internet» tarmog‘iga ulanishi kerak ekan. Rossiya shu tariqa jahon kibernetik muhitining bir qismi bo‘lishi mumkin, unda deyarli faqat o‘quv yurtlarining elektron tarmoqlari emas, balki parlament va hukumat elektron tarmoqlari kirib qolishlari mumkin. Buning uchun asos tayyorlab bo‘lindi. Masalan, hukumat Аpparatida hujjatlarni tuzish alohida tarmoq doirasida olib borilmoqda. Davlat Dumasi ham o‘z tarmog‘iga ega, regional rahbariyatlar ham. Soros fikricha endigi vazifa hozircha bu tarqoq holdagi tarmoqlarga bitta umumiy to‘rni tashlab uni Internet orqali global axborot muhitga bog‘lab qo‘yishdan iboratdir. Shunday qilib, Rossiyaning markaziy va mahalliy elektron axborot tarmoqlari axborot quroli ta’siri ob’ektlari bo‘lib qolishlari mumkin.

Аgarda biz o‘ylab ko‘rmasdan va kerakli ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmay turib «butun mamlakatni internetlashtira boshlasak» bunday xavf bizda ham bor. Birinchi navbatda xavfni baholash zarur. Eng mukammal axborot infrastrukturaga ega davlatlarning axborot urushiga tayyorgarligi va INFOR rivojlanishiga taalluqli muammolar butun to‘plamini muntazam o‘rganib borish kerak. INFOR va uni qo‘llash usullari bo‘yicha aniq ishonchli ma’lumotlar kerak. Аxborot urushi yuzaga kelishi mumkinligi nuqtai nazaridan geostrategik vaziyatni muntazam tahlil qilib borish ham talab etiladi. Bu baholash va tahlillar ana shunday urush xavfiga qarshi harakat qilish milliy kontseptsiyasini ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.


Аxborot xavfsizligi qoidasiga jiddiy amal qilish mamlakatimizning iqtisodiy, harbiy va ilmiy-texnik siyosatida asosiy talablardan biri bo‘lib qolishi kerak. Bu qoidalarni aniq tizimlashtirish va aniqlashtirish kerak. Umuman olganda, esa «axborot kodeksi» kerak, u aniq tushunchalardan iborat bo‘lishi lozim: davlat axborot siyosati o‘z axborot texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan, o‘z bozorini INFOR yashirin elementlari kirib kelishidan saqlaydigan protektsioniyatik bo‘lishi kerak. Kodeksni buzish og‘ir jinoyat hisoblanishi kerak. Kodeks axborot vositalarni ommaviy import qilish va ulardan faqatgina xususiy sektorda emas, balki davlat tashkilotlarida ham keng foydalanilishi sababli muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga import axborot tizimlaridan foydalanuvchilar ularning buzilmay ishlashlari va ishonchliligiga asosiy e’tiborni qaratishlarini hisobga olish kerak, bu tizimlarda yana nimalar borligi ularni hech qiziqtirmaydi.
Mana shuning uchun axborot tizimlarni xarid qilayotganda texnik nazorat zarur, maxsus metodika boyicha nazorat kerak bo‘ladi, uni ishlab chiqishni maxsus ilmiy tekshirish institutlariga topshirilishi kerak.
OAV axborot-psixologik urushni olib borish vositasi sifatida. Afsuski, ayrim OAV bugungi kunda shunday vositaga aylanganlar. Ushbu urushda OAVning o`rni va rolini aniqlash uchun eng avvalo axboriy-psixologik urushni ma`nosini anglab olishimiz zarur. «Axborot urushi» so`zlarining asoschisi fizik-olim Tomas Ron hisoblanadi, 1976 yilda u axborotni xarbiy kuchlarning eng zaif bo`g`ini deb ta`riflab, ushbu masalaga barcha davlat miqyosidagi mas`ul kishilarni e`tiborini qaratdi. Shundan beri mazkur so`zlarning ahamiyati kundan kunga kuchayib kelmoqda.

Bevosita axborot urushi ta`rifiga kelganda biz bir kitobdan iqtibos keltirmoqchimiz: «Axborot urushi deb, ijtimoiy, siyosiy, etnik va boshqa tizimlarning moddiy yutuqqa ega bo`lish maqsadida bir biriga ochiq va yashirin maqsadli axboriy ta`sirlarga aytiladi. Shu bilan bir qatorda axborot urushini deb yanada raqib ustidan axboriy hukmronlikka erishish va shuning evaziga unga moddiy, mafkuraviy yoki boshkacha zarar etkazish uchun davlatning xarbiy kuchlari, xukumati hamda xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tabdirlar va operatsiyalar majmuasiga aytiladi» (Manoylo A.V., Petrenko A.I., Frolov D.B. Gosudarstvennaya informatsionnaya politika v usloviyax informatsionno-psixologicheskoy voyno`. 2-nashr. M.: Goryachaya liniya - Telekom. 2006, 203 b.).


Turli OAV (televidenie, radio, davriy matbuot)ning o`ziga xos psixologik ta`siri. Har bir OAV auditoriyaga o`ziga xos ta`sir etish kuchiga ega. Internetgacha ularning ichida eng samaralisi televidenie edi, chunki u tomoshabinga uch yo`l bilan axborot etkazadi: tasvir, ovoz va mantiq. Shuning uchun televidenie ommaviy ravishda tarqalganidan keyin besh-o`n yil ichida besh yuz yillik tarixga ega bo`lgan matbuotdan uzib ketdi. Radioga ham katta kuchga ega, chunki u ikki kanal orqali ta`sir ko`rsatadi, ovoz va mantiq. Uning afzalligi - jonli ovoz yordamida auditoriya bilan muloqot qilish, bunday usul axborot manbai bilan tinglovchi o`rtasidagi masofani yo`qotadi. Inson ovozi, uni yurakdan chiqishi, undagi hayajon va samimiylik radioning imkoniyatini keskin oshiradi.
Matbuotning o`quvchi bilan muloqot yo`li esa asosan mantiqiy isbotdan iborat, bunday ta`sirga ma`lum miqdorda tasvir ham qo`shiladi: gazetadagi rasmlar, rang, sarlavhalar ko`rinishlari.
Psixologik ta`sir texnologiyasi. Yuqori texnologiya va ommaviy kommunikatsiya. Psixologik ta`sir inson axborotni qabul qilish yo`llari bilan bog`liq: ko`rish, eshitish, ta`mini bilish, hidini sezish, qo`l bilan tegish, fikrlash va x.q. Axborot xavfsizligi masalasiga kelganda psixologik ta`sir ko`proq OAV yordamida amalga oshiriladi, shuning uchun ular mutaxassislar tomonidan tinmasdan mukammallashtirilmoqda. Natijada rivojlangan mamlakatlar matbuot, radio va televideniening barcha imkoniyatlarini o`zida mujassamlashtirgan internetdek yuqori texnologiyaga ega bo`ldilar.
Internet ommaviy kommunikatsiya ta`sirini eng baland pog`onaga ko`tardi. Saytga joylashtirilgan ma`lumot birdan butun dunyo bo`yicha tarqalib ketadi. Uning adadi (tiraji) esa cheksiz. OAVning roli internetgacha ham kuchli bo`lgan, endi esa ularning ta`siri tasavvur qilib bo`lmaydigan darajaga etdi. OAVdan tashqari internet reklama, ma`lumotlar etkazish, elektron pochta xizmatlarini ham bajaradi. eng qulayi shundaki, internetdagi ma`lumot juda ko`p, u arzon va o`ta tezkor.
Internetning paydo bo`lishi va internet jurnalistikasining takomili. Internetni ko`p mutaxassislar harbiylarning ihtirosi deb aytadi. Aslida esa dastlabki bosqichda uni AqShdagi to`rtta universitet kashf etdi. Mazkur universitetlar komp’yuterlarini bir tizimga birlashtirib, o`zaro kutubxonalaridan foydalana boshladilar. Pentagon esa bundan tez xabar topdi. Va ihtironing imkoniyatlarini o`rganib, undan harbiy qumondonlikni takomillashtirish maqsadida olimlarni jalb etib, ularga barcha sharoitlarni yaratib, arpanetni (internetning birinchi nomi) o`z maqsadlariga yo`naltirdi. Uzoqqa bormay undan jurnalistlar ham foydalana boshladi. Natijada internet jurnalistikasi paydo bo`ldi.
Internet jurnalistikasi - katta va muhim mavzu, uni ma`ruzaning bir qismida ochib berishning iloji yo`q (qaralsin: Kalmo`kov A.A., Koxanova L.A. Internet-jurnalistika. M.: YuNITI-DANA, 2005). Shuning uchun biz faqat uning ijobiy va salbiy tomonlarini aytib o`tamiz. Internetning qulayliklari: arzon, tezkor, texnik jihatdan materiallarni joylashtirish qiyin emas, ma`lumotlarni katta hajmda o`rnatish mumkin, ularni turli tillarga ugirish oson, axborot chegara va masofani bilmaydi va x.k. Salbiy oqibatlari: xohlagan odam istagan axboroti bilan virtual maydonga to`siqsiz kirib kelishi, nazorat yo`qligi va shu tufayli terroristik hamda pornografik ma`lumotlar o`ta ko`pligi, kosmopolitik g`oyalar hamda «universal madaniyat» keng tarqalishi, davlat roli pasayishi, tarmoq yordamida demokratik fundamentalizm rivojlanishi va boshq.
Neyrolingvistik dasturlash va doimiy, uzluksiz efirga uzatiladigan televizion xabarlar natijasida turli millat va xalqlar ongiga ta`sirning o`sishi. Neyrolingvistik dasturlashni ayrim mutaxassislar (masalan, G.G.Pocheptsov) tomonidan unga hech narsani qarshi quyib bo`lmaydigan shprits ta`siriga qiyoslaydilar. Bunday o`xshatishda ma`lum bir haqiqat bor. Agar biror-bir g`oyani, u yolg`on bo`lsa ham, OAV haddan tashkari ko`p va turli shakllarda takrorlaversa, auditoriya (garchi u ushbu g`oyaga dastlabki bosqichda ishonmagan bo`lsada) borib-borib keyincha unga ishonadigan bo`ladi. Har xil uslublarda, barcha OAVda ma`lum bir fikrni takrorlash odamning ostki ongiga ta`sir etadi va u ushbu fikrga ishonaydigan bo`ladi. Mazkur jarayonni mutaxassislar neyrolingvistik dasturlash deb ataydi.
Agar radio, televidenie va matbuotda ayrim davlat, guruh yoki shaxs haqida qayta-qayta biror-bir noto`g`ri baho takrorlanaversa, turli mamlakatlardagi halqlar, har xil millatlar unga ishonadilar. Neyrolingvistik dasturlash uchun eng qulay OAV televideniedir, chunki u auditoriyaga bir paytni o`zida uchta kanal orqali o`z ta`sirini o`tkazadi. AqSh kommunikativistlari televidenieni xatto trankvilizatorga ham o`xshatadilar.
«Madaniy bosqich» va «inson huquq»lari ekspansiyasi tushunchasining mohiyati va uning paydo bo`lish shakllari. «Madaniy bosqich» va «inson huquq»lari g`oyalari G`arbda paydo bo`lib, G`arb mamlakatlari tomonidan butun dunyo buyicha tarqatilmoqda. Bu esa juda murakkab va, eng muhimi, samarasiz jarayon. Katta muhokamalarga sababchi bo`lgan Samyuel’ Xantingtonning «Madaniyatlar to`qnashuvi» deb nomlangan maqolasini o`qimagan siyosatshunos bo`lmasa kerak. Afsuski, o`zbek tiliga tarjima qilinganda, maqolaning eng muhim parchasi tushib qolgan. Ushbu bo`shlikni to`ldirishga harakat qilamiz: «Turli jamiyatlarning madaniy qadriyatlarini o`rganishga bag`ishlangan yuzta asarni qiyosiy usulda o`rganib chiqqan bir muallif (Harry C. Triandis nazarda tutilmoqda - F.M.) o`z obzorida shunday xulosaga kelganki, «g`arb jamiyatida eng e`zozlanayotgan qadriyatlar dunyoning qolgan qismida eng past ahamiyatga ega ekan». Siyosiy jihatdan ushbu qarama-qarshilik AqSh va boshqa g`arbiy davlatlar tomonidan boshqa xalqlarni demokratiya va inson huquqlariga tegishli g`arbona g`oyalarni qabul qilishga majburlash samarasiz ekanligini ko`rsatmoqda. Zamonaviy demokratik tuzum G`arbda paydo bo`ldi. Nog`arbiy davlatlar tomonidan esa bunday tuzum g`arbona kolonializm yoki majburlash xosili deb qabul qilinadi» («Ekonomicheskoe obozrenie», 1998, yanvar’, 74 b.). Xerri Triandis obzoridagi g`oyalar «N’yu-York Tayms» gazetasida 1990 yil 25 dekabr’ kuni 41 betda ham chop etildi. Zamonaviy ilmda bunday harakatlar «demokratik fundamentalizm» deb nom oldi.
Yangilik, uning ko`rinishi va shakllari. CHegaralanmagan jurnalistika; yangiliklarni tiklash yo`llari, faktlarni tartiblash va tahlil etish, yangiliklar blokining tartibi.
Yangiliklarning ko`rinishlari har xil bo`ladi: voqea, xodisa, raqam, familiya, lavozimlar, joylar nomlari aks ettirilgan xabar, lavha, reportaj, ma`lumotnomalar va x.k. Bugungi kunga kelib yangiliklarni etkazish usullari g`oyaviy kurashning katta bir yo`nalishiga aylanib qoldi. Ushbu sohada esa nafaqat jurnalistlar, ular bilan bir qatorda siyosatshunoslar, polittexnologlar, iqtisodchilar, psixologlar, qisqasi, ommaviy axborotni ommaga etkazadigan barcha mutaxassislar ustasi farang bo`lib ketganlar. Ularning mahorati shu qadar rivojlanib ketdiki, yangilikdan, uning mazmunidan qat`iy nazar, qanday xulosa chiqarish kerak bo`lsa, shunday tarzda u auditoriyaga etkaziladi. Faktlarni esa kerakli tartibda tizimlashtirish qiyin emas, ularning ketma-ketligining o`zi auditoriyaga kerakli ma`lumotni beradi va axborot etkazuvchi uchun zarur bo`lgan dunyoqarashni shakllantiradi.
Axborot urushini aniqlash. Axborot urushi tarkibi: psixologik, elektron va dezinformatsion; axborot hujumi va uning turlari (to`g`ridan-to`g`ri, aylanma), axborot tizimining ishdan chiqishi. Axborot urushi ta`rifini biz yuqorida keltirgan edik. Ushbu fikrni davom ettiramiz. Axborot urushining xususiyatlari quyidagilardan iborat. Birinchidan, axborot qurolini ishlab chiqish uncha ham qimmat emas va bu ishni turli sohalar mutaxassislari bajarishi mumkin. Ikkinchidan, chegaralarning nisbiyligi: davlatlar, qonuniy va noqonuniy harakatlar, harbiy va noharbiy janglar o`rtasida va x.k. Uchinchidan, hujumning oldini olish noilojligi. To`rtinchidan, zararni xisoblab chiqish murakkabligi. Beshinchidan, harbiy bloklar, birlashmalar tuzish qiyinligi va h.k.
Axborot quroli, uning o`ziga xosligi, zamonaviy dunyoda uni qo`llash imkoniyati va ko`lami. Axborot qurolining keng va tor ma`nolari bor. Keng ma`noda axborot quroli deb raqibni kerakli yo`nalishda fikrlashga undaydigan, uning nuqtai nazarini o`zgartirishga qodir bo`lgan va kerakli axborot yordamida amalga oshiriladigan harakatlarga aytiladi. Tor ma`noda axborot quroli deb rakibning axborot zaxiralari ustidan nazoratni ta`minlaydigan va uning telekommunikatsiyalari tizimilariga zarar etkaza oladigan texnikaviy usullar va texnologiyalarga aytiladi. Demak, axborot quroli - bu raqibning axborot va boshqaruv tizimlariga ta`sir etuvchi maxsus moslama va vositalar. Tabiiyki, axborot texnologiyalari rivojlangan mamlakatlar tomonidan bunday quroldan foydalanish imkoniyatlari juda keng.
Axboriy qarama-qarshilikning maqsadi, vosita va shakllari, uni nazorat etish, jamiyatning umumiy holatiga keltiradigan psixologik zararlari. Axboriy qarama-qarshilikning maqsadi - dunyoviy (global) axborot maydonida milliy manfaatlar ximoyasini ta`minlash. Mazkur masqadga erishish esa turli mamlakatlar tomonidan turlicha amalga oshiriladi: texnologik kuchli davlatlar hukmronlik qilishga intiladi, rivojlanayotgan davlatlar esa o`zini himoyalashga harakat qiladi. Ikkala tomon ham o`ziga qulay keladigan usullardan foydalanadi.
Ammo shuni ham aytish kerakki, texnologik jihatdan kuchli davlatning axboriy xujumi boshqa mamlakatlar aholisiga katta psixologik zarar etkazadi. CHunki bunday urushni to`xtataydigan va agressor-davlatga nisbatan chora ko`rish uchun imkoniyat yaratadigan halqaro me`yoriy xujjat yo`q. Rivojlangan mamlakatlar ushbu vaziyatdan keng foydalanmoqdalar.
Ommaviy kommunikatsiya - xorij OAVda axborot ekspansiyasidan himoyalanish, fikrlash va o`zini tutish vositasi sifatida. Xorijiy OAV ekspansiyasidan himoyalanish uchun eng qulay choralardan biri - mahalliy OAV. O`zbekiston sharoitida buning uchun milliy gazeta, radio va televideniemizning imkoniyatlari bor, faqat ulardan samarali foydalanishimiz zarur. Buning uchun bosh omil va mustahkam fundament - milliy istiqlol g`oyasidir.
OAV doirasida xalqaro korporatsiya; dunyo hamjamiyati va ayrim davlatlarda jamoatchilik fikrini shakllantirish mexanizmi sifatidagi o`rni. OAV sohasida bevosita halqaro korporatsiyalar kam va ular dunyo bo`yicha axborot tarqatish jarayoniga katta ta`sir ko`rsatolmaydilar. Bunday OAV sifatida biz Si-en-en va Bi-bi-si, Evron’yus va TV-5, Assoshieyted Press va Frans Press, Reyter va ITAR-TASS, Amerika ovozi va Doyche Vellelarni tilga olishimiz o`rinliroq bo`lardi. Ushbu axborot manbalari AqSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya va Rossiyalarga tegishli bo`lib, ular nafaqat yuqori tezlik va katta xajmda, shu bilan bir qatorda turli tillarda ma`lumotlarni tarqatadilar. Masalan, Bi-bi-si teleradiokorporatsiyasining o`zbek tilidagi sayti, Amerika ovozi radiostantsiyasining esa o`zbek tilidagi bo`limi bor. Biz ular O`zbekiston haqida tarqatadigan materiallarga befarq bo`la olmaymiz.
XULOSA.
Xorij matbuoti, televidenie, radio va Internetning asosiy qadriyatlari. Xorij OAVning aholiga ta`sir ko`rsatish yo`li, shakl va uslublari. Tabiiyki, bunday axborot manbalari, eng avvalo, iqtisodiy jihatlardan baquvvat davlatlar tomonidan ularga xos va mos bo`lgan qadriyatlarni, jumladan, g`arbiy ko`rinishdagi «demokratiya standartlari»ni tarqatadi. Bu haqda biz qisman yuqorida aytib o`tdik. Buning sababi nimada, deb o`zimizga savol bersak, javob quyidagicha bo`lishi mumkin. Gap shundaki, har bir halq yoki millat tarixiy rivojlanib va shakllanib kelgan va ushbu ko`p asrlik jarayonning o`zi qaysi bir yashash usuli to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini isbotlab bergan. Agar ustiga ustak u yoki bu xalqqa mana bunday yashanglar, bu to`g`ri bo`ladi deb, uni shunga majburlasa, albatta, bunday zo`ravonlik, jumladan, «demokratik fundamentalizm» ko`pchilik tomonidan qabul qilinmaydi. Agar xorijiy OAV yoki tashkilotlar O`zbekiston xududida umuminsoniy qadriyatlarni tarqatishga yordamlashsa, ular o`zbekistonliklar tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Bunga misol sifatida mamlakatimizda ko`p yildan beri faoliyat ko`rsatadigan Konrad Adenauer yoki Fridrix ebert jamg`armalarini aytish mumkin.
Jamoa ruhiyati va uning o`ziga xos xususiyatlari. Axborot manipulyatsiyasi, uning maqsad va vazifalari, qoida, usul va shakllari. Jamoatchilik fikriga ta`sir etuvchi axborotning ijtimoiy fenomeni. Ommaviy auditoriyaga psixologik ta`sirning usul va shakllari. Alohida bir odamning ruhiyati jamoa ruhiyatiga teng emas, albatta. eng qizig`i shundaki, jamoa ruhiyatida ongsizlik darajasi balandroq. «Um xorosho, dva luchshe (bir aql yaxshi, ikki aql yanada yaxshi)» degan rus maqoli OAV xabarlarini ommaviy qabul qilinishiga to`g`ri kelmaydi. Ommaviy taassurotda OAV tomonidan aytilgan gaplarga birdan ishonish, vahimaga tushish, salbiy informatsiyaga ko`proq berilish kayfiyatlari ancha kuchli. Buni Karl Yung «jamoaviy ongsizlik» («kollektivnoe bessoznatel’noe») deb ta`riflagan va bugungi kunda ushbu psixologik kategoriyani topib, uni isbotlab berilgani Yungning buyuk kashfieti deb hisoblanadi.
Axborot manipulyatsiyasiga kelganda, aytish kerakki. ushbu muammo buyicha anchagina kitoblar chop etilgan va ular bilan tanishish foydadan holi bo`lmaydi. Biz esa manipulyatsiyaning ayrim kam tilga olinadigan turlarini aytish bilan chegaralanamiz. Bular: abstrakt, tushunarsiz fikrlash; manba tomonidan axborotni faqat uning foydasiga bo`lgan qismini etkazish; real faktlarni xomaki, noreal xulosalar bilan yakunlash; o`z vaqtida javob bermasdan dolzarb muammoni «sovutish» va h.k.


Axborotdan foydalanish madaniyati tushunchasi, tuzilishi va mohiyati. Axborotdan foydalanish madaniyati hech qachon o`zidan o`zi kelmaydi, bunday madaniyat bir qator omillarga bog`liq. Birinchidan, axborot iste`molchilari yuksak shaxsiy madaniyatga ega bo`lishlari lozim. Ikkinchidan, OAV va boshqa manbalardan kelayotgan ma`lumotni mag`zini chaqib, uning mualliflarini maqsadlarini anglab olish kerak. Uchinchidan, kasbiy o`sish va shaxsiy dunyoqarashni rivojlatiradigan ma`lumotlarni olib, keraksiz axborotni tez esdan chiqarish zarur va h.k.
Download 27.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling