Mantiqiy elementlar. Melarning uzatish xarakteristikalari
Download 496.55 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
t1,0 – mantiqiy 1 holatidan mantiqiy 0 holatiga o‘zgarish vaqti;
t0,1 – mantiqiy 0 holatidan mantiqiy 1 holatiga o‘zgarish vaqti; tkech1,0 – ulanishni kechikish vaqti – kirish impulsining 0,1 va chiqish impulsining 0,9 sathlari bilan aniqlangan vaqt intervali; tkech0,1 – uzilishni kechikish vaqti – kirish impulsining 0,9 va chiqish impulsining 0,1 sathlari bilan aniqlangan vaqt intervali; ttarq.kech1,0 – ulanganda signal tarqalishini kechikish vaqti – kirish va chiqish impulslarining 0,5 sathlari bilan aniqlangan vaqt intervali; ttarq.kech0,1 – uzilganda signal tarqalishini kechikish vaqti – kirish va chiqish impulslarining 0,5 sathlari bilan aniqlangan vaqt intervali. Ketma – ket ulangan MElar signallarini vaqt bo‘yicha kechikishi hisoblanganda signal tarqalishining o‘rtacha kechikishi ishlatiladi (ma’lumotnomalarda keltiriladi) . MElarning integral parametrlar texnologiya va sxemotexnikaning rivojlanish darajasini aks etadi. Asosiy integral parametrlar bo‘lib ulanish ishi AUL va integratsiya darajasi N hisoblanadi. Qayta ulanish ishi o‘rtacha iste’mol quvvatini o‘rtacha qayta ulanish vaqtiga ko‘paytmasi orqali aniqlanadi . Texnologiyaning rivojlanish darajasiga ko‘ra qayta ulanish ishi har o‘n yilda bir yarim darajaga kamayib bormoqda. SHu sababli bu parametrdan IS turlarini solishtirishda foydalanish mumkin. Masalan, bir xil AQU=const da element yoki yuqori iste’mol quvvatida yuqori tezkorlikka, yoki, aksincha, etarlicha kichik tezkorlikda juda kichik iste’mol quvvatiga ega bo‘ladi. Nazorat savollari Mantiq algebrasidagi Bul konstantasi va o‘zgaruvchisi deb nimaga aytiladi ? Bul algebrasining asosiy amallarini sanab bering. Ular haqiqiylik jadvallari va algebraik ifodalar orqali qanday ifodalanadi ? Mantiq algebrasi funksiyalari ishiga so‘z bilan; haqiqiylik jadvali yordamida; algebraik ifodalar yordamida misollar keltiring. Qanday amal funksiya superpozitsiyasi deb ataladi ? Funksional to‘liq majmua deb nimaga aytiladi ? Raqamli tizimlarda qanday fizik kattalik mantiqiy o‘zgaruvchilarning mumkin bo‘lgan qiymatlari bilan namoyon qilinadi ? Diskret kuchlanishni kodlashning ikki usulini aytib bering. Potensial kodlash usulida mantiqiy signalni kodlashning to‘rtta usulini aytib bering. MEning uzatish xarakteristikasi deb nimaga aytiladi ? Uzatish xarakteristikalarining qanday turlarini bilasiz ? Raqamli sxemalarning uzatish xarakteristikalariga qanday talablar qo‘yiladi ? Mantiqiy o‘zgaruvchilarning asosiy parametrlarini aytib bering. Download 496.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling